Barkamol avlod


“Folklor” to‘garagi o‘tilishining dolzarbligi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə2/28
tarix10.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#142452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Folklor-qo\'llanmasi-2023

“Folklor” to‘garagi o‘tilishining dolzarbligi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning umumiy qoidalari bo‘limida ko‘rsatib o‘tilgan “Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim sharti” ekanligi bilan belgilanadi.
Ota-bobolarimizdan qolgan, saqlanib kelayotgan urf-odatlar, milliy qadriyatlarimizni bizgacha yetib kelishida albatta turli xil manbalar, kitoblar, turli xil video tasmalar, kino, jurnal va gazetalar orqali biz o‘tmishimiz haqida bilimlarga ega bo‘lib kelmoqdamiz. Hozirgi kunda fan, texnika jadal rivojlanayotgan vaqtda barcha yoshlarimiz o‘z bilimini yanada boyitishda yangi va zamonaviy axborot-texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.
Qariyb har kuni axborot portallarida joylashgan yangiliklardan boxabar bo‘lishga odatlanmagan, kundalik faoliyatida ish “quroli”day bo‘lib qolgan kompyuterlardan foydalanmagan kishini topish qiyin. Bu o‘rinda barchamiz iste’molchilarmiz. Xoh kundalik hayotda bo‘lsin, xoh o‘qish va ish faoliyatida bo‘lsin insonni har doim qiziqtiradigan savollar yuzaga kelaveradi. Bu savollarga javobni esa, internet tarmog‘i orqali bemalol topish imkoni bor.
Rus ziyolilaridan biri “Internet bu - tarvaqaylagan jungli” unda faqat kompas bilan najot topish mumkin. Kompas esa “Mafkuraviy imunitetdir” degan edi. Internetga hamma kirishi mumkin, uning eshiklari doimo ochiq turadi. Butunjahon o‘rgimchak to‘ri”ning qidiruv sistemasi har bir zamonaviy inson uchun zarur bo‘lgan aqlbovar qilmas va juda ko‘p axborotlarni qamrab oladi. Uning qulaylik jihati shundaki inson istagan mavzudagi axborotni hech qanday qiyinchiliksiz topishi mumkin. Buning uchun internetga ulanish, qidiruv sistemasini tanlash va uning satriga kerakli ma’lumot nomini yozish kifoya. Internet orqali odam har kuni turli mafkuraviy (fikrni o‘zgartiruvchi) ta’sirlarga duch keladi.
To‘garakning ahamiyati. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi milliy qadriyatlarning tarkibiy qismi ekanini tasdiqlash, o‘zbek mentalitetining shakllanishi bevosita xalq dostonlari, ertaklari, qo‘shiqlari, maqollari, musiqa va raqslari kabi janrlarda aks etgan hayot ifodasi bilan bog‘liqligiga ishonch hosil qilish, milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishida xalqimizning intellektual merosiga hurmat tuyg‘usini shakllantirishdan iborat.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin