Barkamol avlod


Surxon folklor qo‘shiqlari



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə14/28
tarix10.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#142452
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Folklor-qo\'llanmasi-2023

11. Surxon folklor qo‘shiqlari.

Surxondaryo kushonlar Baqteriyasi davriga xos qadimiy madaniyat unsurlarini o‘zida saqlab kelayotgan etnofolklor hudud hisoblanadi. Bu vohada turkiy va eroniy xalqlar tarixi hamda madaniyati chatishib ketgan.


Shuning uchun aholisining asosiy qismi o‘zbek va tojik tillarida bemalol gaplashadi. Bu esa xalq ijodiyotida ham ma’lum darajada aks etadi. Surxondaryo san’ati, urf odatlari va moddiy madaniyatida qadimiy so‘g‘d, turkiy va sharqiy eron xalqlari etno-madaniyatini o‘zaro chatishuvi seziladi. Bu an’ana va odatlar, folklor janrlari va ularning ijrosi, musiqa, raqs, tasviriy va amaliy san’at kabilarda ko‘rinadi.
Surxondaryoning xalq musiqiy ijodiyoti etnosning ijtimoiy-maishiy, ijtimoiy ruhiy xususiyatlarga bog‘liq holda asrlar osha shakllanib kelgan. Ko‘pgina xalq qo‘shiqlari, aytishuvlari, laparlari, motam qo‘shiqlari va cholg‘u kuylari xalq urf odatlariga bog‘liqdir.
Musiqiy ijod vohaning barcha tumanlarida keng tarqalgan urf odatlar (mavsum, to‘y, motam, diniy) beshikka solish, mehnat, ba’zan tarixiy va maishiy mavzular bilan bog‘liq qo‘shiqlar ijod qilingan. Terma, qo‘shiq, lapar, yalla va ashula kabi maxsus qo‘shiq janrlari ham keng tarqalgan.
Vohaning o‘ziga xos etnik tarkibi musiqiy folklorning ayrim tur va janrlariga ma’lum darajada ta’sir qilgan. Ko‘pchilik tumanlar va ayrim qishloqlarda marosim va mehnat qo‘shiqlari asosiy o‘rin tutadi. Ularda to‘y tantanalarida surnay va doira jo‘rligida musiqalar yangraydi. Ayrim tumanlarda esa o‘zigagina xos qo‘shiq turlari va janrlari mavjud. Xususan, Boysun tumani qishloqlarida kasallikni haydash bilan bog‘liq so‘fiylar urf odatlariga xos “jahr” qo‘shiqlari saqlanib keladi. Jahr qo‘shiqlari kuchli hissiyot –jazava bilan, cholg‘u asboblar jo‘rligisiz Qur’on suralari va Ahmad Yassaviy she’rlari aytilgan holda ijro qilinadi.
Muayyan mehnat jarayonlari bilan bog‘liq ko‘plab mehnat qo‘shiqlari yaratilgan. Boysunda hozir ham omoch bilan yer haydaladi. Qo‘l tegirmon, yorg‘ichoq, suv tegirmoni, moyjuvoz ishlatib kelinadi. Ayollar sigir, echki, qo‘y sog‘ish chog‘ida ijro etadigan “Xo‘sh-xo‘sh”, “Turey-turey”, ”Churey-churey” kabi jozibali ohangli qo‘shiqlar juda qadimiyligi bilan ajralib turadi. To‘qish, junga ishlov berish va qo‘l tegirmoni ishlatish paytida ijro etiladigan “Charx”, ”Yorg‘ichoq”, ”O‘rmak” kabilar ham ayollar qo‘shig‘i hisoblanadi. Bir qator mehnat va mavsum qo‘shiqlarini o‘z yo‘nalishiga ko‘ra totemizm va shamanizm bilan bog‘liq, otashparastlik, animistik afsun, sehr-jodu qo‘shiqlari qatoriga kiritish mumkin. Ular Surxondaryo vohasining qadim tarixi bilan bog‘liqdir. Bu qo‘shiqlarda tabiat qudrati, afsonaviy mavjudotlar madh etiladi.
“Jahr”, “Sadr” kabi turli yig‘inlarda ijro etiladigan qo‘shiqlar baxshiyona ohangda kuchli hayajon bilan kuylanadi. Qat’iy ohang mazkur qo‘shiqlarning musiqiy jihat o‘ziga xosligini belgilaydi. Muayyan bir kasb va hunar bilan bog‘liq “Novvoylar qo‘shig‘i”, “Zan-zan”, “Xavor-xavor”, “Tegirmon qo‘shig‘i” kabi mehnat qo‘shiqlari ham qadimiy ildizga ega. Ayrim tumanlarda “Bahor keldi”, “Turnalar keldi”, “Qor yog‘di” kabi lirik mavsumiy qo‘shiqlar ham keng tarqalgan.
“Yig‘i”, “Yo‘qlov”, “Ovoz solish”, ”Ovoz barovardi”, “Nola” kabi motam qo‘shiqlari hudud aholisi orasida hozir ham qo‘llanib kelinadi.
Ularni odatda, ayollar faqat motam marosimlarida emas, balki boshqa qayg‘uli voqealar munosabati bilan ham alamli ohangda ijro etadi.
Badiha tarzida, cholg‘u asbobisiz, faqat ayollar ijro etadigan “Alla” qo‘shig‘i alohida qatlamni tashkil etadi.
Musiqa to‘y tantanalari jarayonlarida ham muhim o‘rin tutadi. “Yor-yor”, “O‘lan”, “Al muborak”, “To‘y muborak”, “Kelin salom” yoki “Hazor ali” kabi qo‘shiqlar shular jumlasidandir. Surxondaryoning ayrim tumanlarida o‘tkaziladigan tantanalar changqovuz yoki doira ohanglari jo‘rligida o‘tkaziladi. Baxshilar tomonidan ijro etiladigan dostonlar to‘y tantanalarida muhim o‘rin tutadi. Xalq sayillari yoki mavsumiy tantanalar chog‘ida dorbozlar masxarobozlar chiqishlari kurash ko‘pkari yoki uloq musobaqalari o‘tkaziladi. Shuningdek vohadagi sayil va tantanali marosimlarda ovchilik udumlari chorvachilik xalq hunarmandchiligi bilan bog‘liq bolalar va kattalar turli o‘yinlari ommalashib ketgan.
Surxon raqsiga xos harakatlardan tashkil topgan erkaklar va ayollar raqslari ham alohida e’tiborni tortadi. Boysun raqslari ayniqsa keng tarqalgan. Ayniqsa “Qo‘shiq o‘yin” “Qayroq o‘yin” kabi ayollar raqslari o‘zining jozibasi bilan diqqatni jalb etadi. “Sarbozcha”, “Qilich o‘yin” kabi erkaklar raqslari o‘zining jangovar xususiyati bilan ajralib turadi.
Surxondaryo epik xalq ijodiyoti rang barang janri mavzusi tasvir imkoniyatlari va ijro usullari kengligi bilan o‘ziga xosdir. Voha epik xalq ijodiyoti o‘ziga xos mahalliy uslubga egaligi bilan ham ajralib turadi. Xalq og‘zaki ijodining umrboqiyligi uning xalq tomonidan doimiy e’zozlanishi bilan belgilanadi.
Insoniyatning asriy orzusi ayniqsa qahramonlik eposida yorqin aks etadi. “Alpomish” dostoni xuddi shunday o‘lmas adabiy obidadir. “Alpomish” dostoni aynan Surxondaryoda 1926-1929 yillardan Abdukarim baxshidan yozib olingan. Uning ommaviyligi va qadrliligi shundaki bu asarda ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi haqiqat va insonparvarlik kabi azaliy mavzular aks etgan.
Surxondaryo epik baxshilar maktabi qator mahalliy maktablarga bo‘linadi. Doston va termalar baxshilar tomonidan do‘mbira jo‘rligida aytiladi. Dostonlar ijrosi sohasida Sherobod-Boysun, Denov, Qumqo‘rg‘on kabi baxshichilik maktablari alohida ajralib turadi. Hozirgi paytda O‘zbekiston xalq baxshilardan Shoberdi Boltayev, Xushvaqt Mardonqulov kabilar ijrochilik an’analarini davom ettirib kelmoqda.
Surxondaryo musiqasida torli puflab chalinadigan va zarbli cholg‘u asboblarining deyarli barcha turlari mavjud. Arxeologik qazilmalar chog‘ida topilgan cholg‘u asboblari orqali bu cholg‘u asboblarining qadimiy ko‘rinishlari to‘g‘risida ham tasavvur hosil qilish mumkin. Surxondaryo janubidagi Ayritom qishlog‘idan topilgan uch jussali haykalchaning har birining qo‘lida uch xil cholg‘u asbobi aks ettirilgan. Surxondaryoda do‘mbira dutor, kalta dutor, chiltor, rubob, qobuz va g‘ijjak-changqobuz kabi torli surnay, cho‘pon nay, gajir nay, nay, nay shuvullak, sibizg‘a, qamish nay kabi puflab chalinadigan, doira, nog‘ora, zilbom, do‘l yoki dovul kabi zarbli musiqa asboblari keng tarqalgan. Bu asboblardan ham yakka ham jamoa ijrolarida keng foydalaniladi. Bu yerda do‘mbira baxshilar cholg‘usi sifatida changqobuz va doira ayollar cholg‘usi sifatida keng ommalashgan.
Qadimiy qo‘shiq va kuy raqs dostonlar faqat xalq yodidagina yashamayapti. Ular “Shalola” xalq ansambli “Boysun”, “Qo‘ng‘irot” folklor ansambllari “Quralay” bolalar folklor-estrada ansambli kabi jamolar repertuariga ham kiritilgan.
Qo‘shiq-kishilar tarixi hayoti va maishiy turmushi ularning orzu va umidlari dunyoqarashi va ruhiyati ifodasidir. Hozirgi paytda vohadagi ansambllar respublika milliy qo‘shiqchilik an’analarini xususan Surxondaryo musiqa folklorini asrash yuzasidan katta ishlarni amalga oshirmoqda.



Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin