Barkamol avlod



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə22/28
tarix10.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#142452
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Folklor-qo\'llanmasi-2023

«O‘rog‘im olmos»
(Mehnat qo‘shiqlari turkumidan)

O‘rog‘im olmos ,


O‘rishdan qolmas,
Sira ham tolmas,
O‘rmasam bo‘lmas.

G‘ujmoqi bug‘doy,


Donginang to‘q –ay.
To‘p bo‘l, o‘raylik,
Xo‘pda ko‘raylik.

O‘rog‘im chaqqon,


Sen menga yoqqan,
Qo‘lginam chaqqon,
Mehnat-da boqqan.


«Xa dursa, dursa, dursa.»
(Erkalanma qo‘shiqlar turkumidan)

Ha dursa, dursa, dursa,


Otim bozorga borsa.
Sabzi, piyoz keltirsa,
Onasi pazanda bo‘lsa.

Ha dursa, dursa, dursa


Otasi bozorga borsa.
Shirmoyi non keltirsa,
Bolasi xo‘randa bo‘lsa.


21. Laparlarni yod olish va ijro etish qoidalari.


O‘zbek to‘y-marosim qo‘shiqlarida lapar muhim o‘rin egallaydi. Laparlar boshqa qo‘shiqlardan voqeabandligi, raqsbop kuyga ega bo‘lishi hamda dialog shaklida ikki qo‘shiqchi tomonidan ijro etilishi bilan ajralib turadi. Laparlar asosan ishq-muhabbat, hazil, ro‘zg‘ordagi totuvsizlik, ota-onalarning farzandlari bilan bo‘lgan munosabatlari kabilar ba’zan yengil, ba’zan achchiq kulgu orqali aks ettiriladi. Lapar qo‘shiq sifatida asosan kichik diapazonli, shakli tuzilish jihatidan ikki qismli bo‘ladi.


Katta ashula- og‘zaki an’anadagi professional musiqaning yirik shaklidagi ashula janridir. Patnis yoki tarelkani rezonator kabi ishlatilgani uchun uni xalq orasida “Patnusaki ashula” deb ham atashadi. Katta ashula, asosan, ikki ba’zan uch-to‘rt o‘quvchi tomonidan sozlar jo‘risiz ijro etiladi. Katta ashula janri asosan Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatida keng tarqalgan.
Ashula- lirik xarakterdagi janr bo‘lib, metodik-intonatsion rivoji, metro-ritmik, shakli va hajmi murakkabdir. Ashulada qo‘shiqlarga nisbatan ritmik shakl erkin kuy rivojlanishi va diapazoni kengdir. Ashulalar lirik g‘azal yoki xalq so‘zlaridan tashkil topadi. Falsafiy ma’noli fikrga ega bo‘lgan, shuningdek, alam va hasratni ifodalovchi mazmun ko‘proq ashula mvzusi uchun xosdir.



Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin