Tez aytishlar.
Xalq og‘zaki ijodi turlaridan biri bo‘lmish tez aytish ayrim nutq tovushlarining ko‘p qaytarilishi yoki tovushlarning so‘z va iboralar tarkibida talaffuzni qiyinlashtiradigan darajada murakkab joylashishiga asoslanadi. Ayniqsa, bu iboralar tez aytilayotgan paytda, aytuvchi bu murakkab tovushlarni talaffuz qila olmasdan adashib ketishi bilan qiziqarlidir.
Ko‘kchaning ko‘chasi kechgacha gavjum.
|
Bobo, bobo qorbobo,
Bobo, bobo qorbobo, bog‘-rog‘larga boq bobo.
|
Belbog‘ini belga bog‘lab, bog‘bon bobo boqqa bordi.
|
Qiziq, qizil chiziq chizdik, qiziq, qizil chiziq chizdik.
|
Do‘mboqqina durdona, Nuronaga dugona.
|
Kakku kaklikka ko‘k ko‘ylak tikdi.
|
Qumrining qo‘g‘irchog‘i qimirlasa qiqirlar.
|
Savatdagi sariq sabzi sarg‘ayibdi so‘libdi
Saodatchi sabzilarni suvga solib qo‘yibdi.
|
Gulnor gulzor oralab, gullarni saraladi.
Tez aytishlar yoki so‘z uyinlari o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodi turlaridan biri bo‘lib, ayrim nutq tovushlarining ko‘p qaytarilishi yoki tovushlarning so‘z va iboralar tarkibida murakkab joylashishiga asoslanadi.
Tez aytish bolalarda aqliy o‘tkirlikni, sezgirlikni tarbiyalaydi.
Xalq og‘zaki ijodida muayyan tovushlar takrori asosiga qurilgan tez aytish namunalari she’riy shaklda ham yaratiladi.
Sora allalaydi,
Lola arralaydi.
Non yasashasizmi,
Sholi sanashasizmi?
Bolalarni biyron so‘zlashga o‘rgatib, ularga estetik zavq beradigan, fikr va qobiliyatini o‘stiradigan, xotirasini mustahkamlaydigan bunday o‘yinlarning bolalar adabiyotidagi roli kattadir.
Bolalardan ona - Vatanga sadoqat, mehnatga ishtiyoq, qahramonlik, do‘stlik, kabi oliyjanob insoniy fazilatlarni tarbiyalashda buloqdek qaynab toshgan xalq og‘zaki ijodining roli beqiyosdir. Ayni choqda u, bolalar yozuvchilarning g‘oyaviy-estetik tomondan yuksalishga ham katta ko‘mak beradi, so‘z san’atkorlarini yosh avlodga munosib badiiy asarlar yaratishga undaydi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotida tez aytishlar, kichik va katta yoshdagi bolalarning nutq va xotira xususiyatlariga qarab, qisqa va uzun jumlalar shaklida yaratiladi. Tez aytishlar kichik va maktab yoshidagi bolalar nutqidagi ayrim tovushlarni buzib talaffuz etish hollarini tuzatishga, to‘g‘ri so‘zlaydigan bolalarda esa adabiy talaffuz normalarini mustahkamlashga, nihoyatda bolalarni jumlalardagi mantiqiy urg‘uni topib olishga yodam beradi.
|
Dostları ilə paylaş: |