23. Yakuniy konsert dasturi.
Yakuniy konsert dasturini namoyish etish tartibi. To‘garak a’zolarining yil davomida o‘rgangan qo‘shiq, yalla, raqs, laparlardan tuzilgan yakuniy konsert dasturi namoyish etish.
Toy-toy ukajon.
(Erkalama qo‘shiqlar turkumidan)
Toy-toy ukajon toy-toy,
Shirin erkatoy ukam.
Toy-toy ukajon, toy-toy,
Yumshoq sari moy ukam.
O‘zimning shu oy ukam
Toy-toy ukajon toy toy
Naqorat
Andi bora, andi bor,
Labida shakar qandi bor.
Toy – toy ukajon toy-toy .
Shunday asal bolaning,
Menday jigar bandi bor.
Toy-toy ukajon toy-toy.
Naqorot.
Har bir bosgan izingdan,
Gullar unsin jon ukam.
Toy-toy ukajon toy - toy
Har bir bosgan qadaming.
Baxt keltirsin jon ukam,
Jonim ukajonim, ukam.
Desam-chi hoy desamchi.
(Erkalanma qo‘shiqlar turkumidan)
Desamchi, ho desamchi,
Chorboqqa gul eksamchi.
Sedanali nonni,
Qaymoq bilan yesamchi.
Gul ekdimo, gul ekdim,
Gulim g‘unchalab qoldi.
Buncha shirin bo‘larkan-e
Meni achomlab oldi.
Naqorot.
Sadqa bo‘lay so‘zingga,
Parvonaman o‘zingga.
Yeru-ko‘kka ishonmayman,
Xas tushmasin ko‘zingga.
Naqorot.
Laylak keldi yoz bo‘ldi
(Fasliy qo‘shiqlar turkumidan).
Taqir-taqir, taqir-taqir.
Qo‘shiq aytadi laylak.
Laylak keldi, yoz bo‘ldi.
Qanoti qog‘oz bo‘ldi.
Laylak boradi toqqa,
Quloqlarida halqa.
Naqorot.
Halqani ob qochaylik,
El boshiga sochaylik.
Naqorat.
Laylak balandroq uchsin,
Xalqim murodga yetsin.
Chitti gul-a,chitti gul.
Dostları ilə paylaş: |