Barkamol avlod


Buxoro folklor qo‘shiqlari



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə20/28
tarix10.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#142452
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Folklor-qo\'llanmasi-2023

19. Buxoro folklor qo‘shiqlari.

Buxoro folklor yo‘nalishi musiqa uslubida sozandachilik san’ati ham shakllangan bo‘lib, u ayollar ijodi bilan bog‘liqdir. Sozanda-bu yakkaxon aytimchi bo‘lib, u qo‘lida qayroq hamda doira bilan kuylaydi. Mazkur uslubning o‘ziga xos jihatlaridan biri-ikki tillilik, ya’ni o‘zbek va tojik tillari an’anasining namoyon bo‘lishidir. Faqat bir tilda–yo o‘zbek, yo tojik tilida kuylash uchun ijod etilgan xalq qo‘shiqlari ham uchraydi.


Bu qadimiy shahar Buxoroda cholg‘u asboblari turlarining boyligi bilan ajralib turadi. Buxoro musiqa folklori ko‘p jihatdan tojik musiqasi ma’lum darajada umumiylikka ega bo‘lib, tarixiy taqdiri deyarli o‘xshashdir.

Buxoro mavrigisi”ning
o‘zbekcha varianti

Dilbarim uyg‘onmadi deb shubhalanma ko‘zlarim,


Uyg‘onib yupqa tomoqqa
boqsa marjondan.

Sen ey Laylidek, Ra’nodek


Ajoyib dilravo derlar.
Mani Majnuni shaydodek
Ko‘yingda bir gado derlar.

Kecha-kunduz eshigingda,


Firoqu nolalar qilsam.
Ki har chi ne navo qilsam,
Hanuzam be navo derlar.

Yurib so‘rdim tabiblardin,


Bu dardimga davo bormi
Tabib ayturki, ey nodon,
Bu dardni bedavo derlar.

Qani Layli, qani Majnun,


Qani Shirin bilan Farhod,
Ular o‘tdi bu olamdin,
Bu olamni bedavo derlar.

Hey, yoring mani yoring mani,


Yori vafodoring mani ey.
Xasta g‘uloming bo‘layin,
Sochingga bandi bo‘layin.

Soching belingga tushgan ey,


Belbog‘ing yerga tushgan ey.
Qoshing kamonga tushgan ey,
Jonim nishonga tushgan ey.

Chaq chaqi dandonat zanad,


Baq baqi dandonat zanad.
Hamto‘ ravam da peshaton,
Chaq chaqi dandonat zanad.
Az g‘amaton muram mani,
Baq baqi dandonat zanad...

(Buxoro. G‘ijduvon shahri, folklor shaydolari Baqoev Nasriddin va Baqoeva Istat opa yordamida yozib olindi)






Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin