Barqaror tiklanish yo’lida – Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida
pandemiyaga qarshi kurash
Iqtisodiyotlari
shakllanayotgan va rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi
mamlakatlari COVID-19 pandemiyasining tibbiy-sanitar, ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlaridan
ancha zarar koʻrdilar. Shu kungacha mintaqada 978 mingdan ortiq odam vafot etdi,
koronavirus bilan kasallanganlar soni esa 48 milliondan oshdi. Kam sonli uy xo'jaliklari
yoki kam sonli korxonalargina katta qiyinchiliklarga duch kelmadilar. Jahon banki
pandemiyaga qarshi kurashda yordam berish va barcha uchun inklyuziv va barqaror
tiklanishni ta'minlashda mamlakatlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Tojikistonlik
62 yoshli momo Niyozmoh Mirzoeva so‘nggi bir yarim yil ichida o’ta og‘ir
qiyinchiliklarga duch keldi. 2020-yilning boshida Niyozmohning kasbi elektromontyor
bo’lgan turmush o’rtog’i ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi va ko‘p
o‘tmay uning o‘g‘li Rossiyaga ish izlab ketdi. Uzoq muddatli nogironligi bois ish topa
olmagan Nyozmoh o’z oilasining
qolgan qismini, jumladan, yosh nevaralarini ta’minlash
uchun bor kuchi bilan harakat qildi.
Foto: Niyozmoh Mirzoeva va nabirasi o’z uylari yonida (Jahon banki)
Niyozmoh duch kelgan og’ir qiyinchiliklar 2020-
yilning oʻrtalarida COVID
-19 pandemiyasi
Tojikiston boʻylab tez tarqalib ketgani bilan yanada ogʻirlashdi. Uning oilasi singari, butun
mamlakat bo'ylab eng kambag'al uy xo'jaliklari omon qolish
uchun asosiy ehtiyojlarga
bo’lgan xarajatlarni anchagina kamaytirishga majbur bo'lishdi. Har o‘n tojikistonlik uy
xo'jaliklaridan to‘rttasi oziq-ovqat iste’molini qisqartirishga majbur bo‘lganini, har besh uy
xo'jaliklaridan biri esa tibbiy yordam ololmaganini aytdi.
Yevropa va Markaziy Osiyo
mintaqasining eng qashshoq davlatlaridan biri bo‘lgan
Tojikiston pandemiyaga javob choralarini ko’rish maqsadida Jahon bankidan shoshilinch
yordam olgan birinchi davlatlar qatorida bo‘ldi. 2020-yilning aprel oyida Bank sog‘liqni
saqlash tizimining mavjud
imkoniyatlarini mustahkamlash, eng kam ta’minlangan uy
xo‘jaliklariga shoshilinch pul yordamini ko‘rsatish va koronavirus tarqalishining oldini olish
bo‘yicha aholini samarali xabarlash uchun 11,3 million dollar miqdoridagi moliyaviy
yordamni tasdiqladi. COVID
-
19 ga qarshi kurashni qoʻllab
-quvvatlashni yanada
kuchaytirish, bolalari bor bo’lgan eng kam himoyalangan uy xo‘jaliklariga yordam
koʻrsatish, COVID
-19 vaktsinalarini xarid qilishni ta’minlash
va ularni tarqatish, hamda
oldingi tadbirlar ko’lamini kengaytirish uchun Bank 21,2 million dollar miqdorida
qoʻshimcha mablagʻ
taqdim qildi.
Tojikiston singari Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasining barcha mamlaka
tlari ham
COVID
-19 dan jiddiy zarar ko‘rdilar. Mamlakatlarga
pandemiyaning tibbiy-sanitar, ijtimoiy
va iqtisodiy oqibatlarini engib o’tishda yordam berish uchun Jahon banki bugungi kunga
qadar mintaqaga umumiy ko’mak sifatida 1,8 milliard dollardan ortiq mablag' ajratdi.