Barqaror tiklanish yo’lida – Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida pandemiyaga qarshi kurash



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#167044
1   2   3   4   5   6
Toward-a-Resilient-Recovery-Battling-the-Pandemic-in-ECA-UZ

"Mintaqani COVID-
19 bilan kurash dasturi doirasida qoʻllab
-
quvvatlashimiz toʻrtta 
asosiy maqsadni koʻzlaydi: sogʻliqni saqlash tizimlarining salohiyatini ko’tarish, 
aholining qashshoq va eng zaif qatlamlarini 
qoʻllab
-
quvvatlash, tadbirkorlik 
faoliyatini ragʻbatlantirish, vaktsinalarni xarid qilish va tarqatish. Hukumatlar va 
rivojlanish boʻyicha boshqa hamkorlar bilan yaqindan hamkorlik qilish barobarida, 
yanada barqaror va inklyuziv kelajak uchun poydevor qo‘y
ishda mamlakatlarga 
yordam bermoqdamiz”.

Anna Byerde
 
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse
-prezidenti 
 
 
Sog'liqni saqlash tizimini mustahkamlash 
Kasallik avj olishining boshlanishidanoq hukumatlarning birinchi navbatdagi vazifasi inson 
salomatligini saqlash bo'lib kelgan. Shu munosabat bilan Jahon banki mintaqaning 
ko‘plab mamlakatlarida loyihalarni amalga oshirib, COVID
-19 tarqalishiga qarshi 
kurashish maqsadida mintaqadagi davlatlarning hukumatlarini tezkor qo’llab quvvatladi. 


Video:
 
kutish 
rejimidagi
 to'y: Gruziyadan koronavirus hikoyalari 
Ushbu loyihalar yangi reanimatsiya yotoqlari, o’pkani sun’iy ventilyatsiyalash apparatlari 
va shaxsiy himoya vositalari (ShHV) kabi hayotiy zarur jihozlarni sotib olishni, 
shuningdek, yangi shifoxonalar qurish va mavjud sog'liqni saqlash muassasalarining 
imkoniyatlarini kengaytirishni moliyalashtirishga yordam berdi. 
Misol tariqasida, Armanistonda 2020-
yilning aprel oyida Sogʻliqni saqlash vazirligining 
iltimosiga koʻra COVID
-19 tashxisi tasdiqlangan bemorlarning intensiv terapiyasi uchun 
asbob-
uskunalar va jihozlarga boʻlgan favqulodda ehtiyojni qondirish uchun 
Bank
 
mamlakatga
 
3
 
million dollar ajratdi.
 2021-yil fevral oyida Armaniston sog‘liqni saqlash 
tizimi 
yana 7,4 million dollar
 
miqdorida qo‘shimcha moliyalashtirish
 ko‘rinishida ko’mak 
oldi, bu esa ikki kam ta’minlangan Gegharkunik va Vayots Dzor h
ududlaridagi 137 
mingdan ortiq kishining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishlariga imkon berdi. 
Video: Arman tibbiyot qahramonlari COVID-
19 ga qarshi kurash frontida
 
Bank Evropaning eng qashshoq davlatlaridan biri bo'lgan 
Moldovada
 
COVID
-19 
epidemiyasi sharoitida Favqulodda vaziyatlarga tayyor bo’lish va javob choralari ko’rishni 
ta’minlash loyihasini ishga tushirish orqali pandemiyaga qarshi kurashishda sog'liqni 
saqlash tizimini qo'llab-quvvatladi, qaysiki, ma’lum bir 19 kasalxonada intensiv terapiya 
yotoqlari sonini 430 tagacha ko'paytirishga yordam berdi, bu esa Yevropa 
mamlakatlaridagi intensiv terapiya yotoqlarining o'rtacha soniga to'g'ri keladi. 
Shuningdek, M
oldovadagi COVID
-
19 ning eng ogʻir holatlari davolanayotgan 55 ta 
shifoxona uchun zarur tibbiy asbob-uskunalar, jumladan, 400 ta kislorod kontsentratori, 
292 ta o’pkani sun’iy ventilyatsiyalash apparatlari, 20 ta kislorod generatori, 1 mln. 


shaxsiy himoya 
vositalari to’plamlari, 8 ta tez tibbiy yordam mashinalari va koʻplab 
boshqa noyob jihozlar xarid qilindi 
Video: Floreshti tuman kasalxonasida shifokorlar va bemorlar, Moldova
 
Tojikistonda pandemiya davri boshida, 
«COVID
-19 bilan bog'liq favqulodda vaziyat» 
loyihasi
 
tufayli tibbiyot muassasalarining intensiv terapiya boʻlimlarida (ITB) 100 ga yaqin 
yangi toʻliq jihozlangan yotoqlar paydo boʻldi va COVID
-19 bilan kasallangan odamlarni 
davolash bo’yicha sogʻliqni saqlash tizimining umumiy salohiyati oshdi. Bundan tashqari, 
COVID
-
19 ni aniqlash va uning oldini olish uchun o’ta zarur boʻlgan materiallar, jumladan

test toʻplamlari, laboratoriya reagentlari va tibbiyot xodimlari uchun shaxsiy himoya 
vositalari xarid qilindi. 
Jahon banki pandemiya boshida 
Gruziyada 
hukumatni qo'llab-quvvatlagan birinchi 
donorlardan bo’ldi. Hukumat bilan va Osiyo infratuzilma
investisiya banki bilan yaqindan 
hamkorlik qilib, Jahon banki 2020-
yilning may oyida kuchga kirgan COVID
-19 ga 
favqulodda javob choralari ko’rish loyihasini ishlab chiqdi. Loyihaning asosiy maqsadi 
kishilar hayotini saqlab qolish va tibbiyot xodimlarini himoya qilishdan iborat edi. Ko'plab 
tibbiy asbob-uskunalar, jihozlar, diagnostika uskunalari va testlar sotib olindi va Gruziya 
shifoxonalariga tarqatildi. 
O‘zbekistonda
 
Jahon banki hukumatning milliy sog‘liqni saqlash tizimi COVID
-19 bilan 
kasallangan bemorlarni davolash salohiyatini mustahkamlash borasidagi sa’y-
harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Loyiha doirasida bugungi kunga qadar qiymati 
qariyb 21,5 million dollarlik 1115 dona zamonaviy tibbiy uskunalar xarid qilindi. Bu 
uskunalar o’pkani sun’iy ventilyatsiya qilish apparatlari, kompyuter tomograflari, bemor 
monitorlari, PZR-testlari uchun apparatlar, ultratovush va rentgen apparatlarini o’z ichiga 
oladi. Bu asbob-
uskunalar mamlakat bo’ylab 35 ta kasalxonaga etkazib berildi.


Foto: loyiha doirasida xarid qilingan tibbiy usku
nalarni yetkazib berish, O‘zbekiston 
(Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston)
Bundan tashqari, loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 
qiymati qariyb 20 million dollarlik qo‘shimcha asbob-uskunalar xarid qilishni 
rejalashtir
ayapti. Bu tibbiyot xodimlariga COVID
-19 bilan kasallangan bemorlarni yanada 
samarali tashxislash va davolash imkonini beradi. 
Ukrainada
 sog'liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatga tezkor javob choralarini 
ko’rish uchun qayta tuzilgan 
«Odamlarga xizmat qilish, sog'liqni yaxshilash»
 loyihasi 
doirasida
hukumat 25 million dollar oldi. Ushbu moliyalashtirish qo'shimcha 135 million 
dollar bilan kuchaytirildi va eng muhim shifoxonalarni modernizatsiya qilish va qayta 
jihozlashga, shuningdek, minglab ukrainalik shifokorlarni o’ta zarur bo’lgan qo’shimcha 
o’qitishga yo’naltirildi. 
Foto: Ukrainadagi tibbiyot xodimlari (suratchi: Evgeniy Maloletka) 
Jahon banki, shuningdek, Ukraina sog'liqni saqlash sektorining pandemiyaga qarshi 
choralarini kengaytirish, aholining ustivor guruhlari orasida emlashni qo'llab-quvvatlash, 
vaktsinalarni xarid qilish, vaktsinalarni saqlash infratuzilmasi va logistikasini yaxshilash 
uchun yangi «
Favqulodda holatga javob choralari ko’rish va COVID
-19 ga qarshi 
emlash»
 loyihasi doirasida 90 million dollar ajratdi. 



Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin