Vaktsinalarni xarid qilish va emlashni yo'lga qo'yish
Samarali va xavfsiz COVID
-19
vaktsinalarini adolatli, keng va tezkor olish imkoniyati
hayotni saqlab qolish va iqtisodiy tiklanishni tezlashtirish uchun juda muhimdir. Jahon
banki rivojlanayotgan mamlak
atlarga COVID
-19 vaktsinalarini xarid qilish va qo’llashni
moliyalashtirishga yordam berish uchun 20 milliard dollar ajratmoqda.
Moldovada Jahon banki 2021-yilning aprel oyida aholining uchdan bir qismiga vaktsinalar
sotib olish va aholining yarmini emlashni yo’lga qo’yish bo’yicha texnik va moliyaviy
yordam ko‘rsatish
uchun
o’zining COVID
-19ga dastlabki javob choralarini 30 million
dollarga to’ldirdi
. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil noyabr
oyi o‘rtalariga kelib, qariyb 2,7 million aholisi bo‘lgan mamlakatda
1,5 millio
ndan ortiq
odam emlangan.
2021-
yilning fevral oyida Jahon banki Tojikistonda COVID
-19 bilan bog’liq favqulodda
vaziyat loyihasini
qo‘shimcha
moliyalashtirishni
tasdiqladi. Shundan 8,63 million dollarni
tegishli vaksinalarni xarid qilish va yetkazib berishga yo’naltirish ko’zda tutilgan.
Rivojlanish bo’yicha boshqa hamkorlar koʻmagida va COVAX orqali noyabr oyi oʻrtalariga
kelib Tojikistonga
5 million dozadan ortiq vaksina olib kirildi.
Ukrainada Jahon banki mablag'lari hukumatga 2 milliondan ortiq odam uchun vaktsina
sotib olishga yordam berdi va hozirda Bank 20 million doza
vaktsina sotib olish uchun
150 million dollar miqdorida qo'shimcha moliyalashtirishni rejalashtirmoqda, bu esa 10
milliondan ortiq kishini, ya’ni, Ukraina aholisining deyarli to'rtdan bir qismini emlash
imkonini beradi. Noyabr oyi o‘rtalariga kelib mamlakatda
21
millionga yaqin odam
emlangan edi.
Evropa va Marka
ziy Osiyo mintaqasining ko'plab mamlakatlarida bo'lgani kabi Ukrainada
ham emlashga nisbatan ishonchsizlik saqlanib qolmoqda. Aholining eng zaif qatlamlari,
shu jumladan 60 yoshdan oshgan odamlar orasida emlash darajasini oshirish ayniqsa
qiyin masala. Bu borada mutasaddi idoralar tomonidan kommunukatsiya va targ‘ibot-
tashviqot ishlaridan tortib, moddiy rag‘batlantirishlr va «yashil ruxsatnoma» taqdim etish
kabi turli choralar ko’rilmoqda.
Bank Ukraina hukumatini ushbu sa'y-harakatlarda, jumladan,
COVID
-19 bilan bog'liq
barcha masalalar bo'yicha ma'lumot beruvchi ishonch telefonini moliyalashtirish orqali
qo'llab-
quvvatladi. Bugungi kunga kelib, COVID
-19 bilan bog'liq muammolar bo'yicha
Milliy aloqa liniyasiga kelgan 1,3 milliondan ortiq qo'ng'iroqlar, shu
jumladan emlash
bo’yicha 410 mingdan ortiq qo'ng'iroqlar ko'rib chiqildi.
Bundan tashqari, Bank hozirda Ukrainaga kommunikatsiya va axborot-ma'rifiy
kampaniyalarni kuchaytirish va ularning emlash haqidagi noto'g'ri tushunchalarni yo'q
qilish bo’yicha salohiyatini oshirish uchun qo'shimcha resurslarni taqdim etishga
tayyorlanmoqda.
Gruziyada Bank tezkor ravishda aholini emlash kampaniyasini qo'llab-quvvatladi,
jumladan vaktsinalar sotib olish va ulardan foydalanishga, shuningdek, sovutish-
muzlatish
tizimlari, xizmatlar ko'rsatish, tibbiy chiqindilarni utilizatsiya qilish va raqamli
sog'liqni saqlash tizimlariga 34,5 million dollar investitsiya ajratdi. Bank retroaktiv tarzda 1
million dozadan ortiq vaktsinalarni moliyalashtirmoqda, bu vaktsina olish huquqiga ega
aholining qariyb 30 foizini qamrab olish uchun etarli. Noyabr oyi o'rtalariga kelib,
mamlakatda
1,9 million dozadan ortiq vaktsina tarqatildi.
Gruziyada ham vaktsinalarga ishonchsizlik mamlakatning pandemiyaga qarshi kurashida
muammoga aylandi. Ushbu muammoni hal qilishda Bank hukumatning milliy
kommunikatsiya kampaniyasini, jumladan, yangi brending, videoroliklar va
fuqarolar bilan
mintaqaviy uchrashuvlarini qo'llab-quvvatladi. Texnik yordam va bilim almashish orqali
Bank, shuningdek, nafaqaxo'rlar uchun yashil ruxsatnomalar va moddiy rag'batlantirishni
joriy etish kabi bir qator hukumat tashabbuslarini qo'llab-quvvatladi.
Pandemiya, butun dunyoda bo’lgani kabi, Yevropa va Markaziy O
siyo mintaqasidagi
odamlarga va jamoalarga jiddiy tibbiy-sanitar, ijtimoiy va iqtisodiy ta’sir ko‘rsatdi. Jahon
banki barcha odamlar barqaror va keng qamrovli tiklanishning
afzalliklaridan foydalana
olishlarini ta'minlash uchun mamlakatlarni qo'llab-quvvatlashda davom etadi.
Foto: tibbiyot xodimlari, O‘zbekiston (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi)