Foto: Varzobdagi markaziy tuman kasalxonasi oldida bemorlar va tashrif buyuruvchilar,
Tojikiston (Jahon banki)
Gruziyada COVID
-19 ga favqulodda javob choralari loyihasi shuningdek inqirozdan
kelib
chiqqan iqtisodiy oqibatlarn
i engishga yordam berdi. 750 mingga yaqin eng kambag'al va
o’ta himoyasiz fuqarolar har xil turdagi ijtimoiy ko’mak va ishsizlik nafaqalari ko'rinishidagi
pul yordamidan foydalandilar. 2021-yilning oktabr oyiga qadar aholining ijtimoiy himoyaga
eng muhtoj qatlamlari uchun vaqtinchalik favqulodda
nafaqalar, shuningdek, vaqtinchalik
ishsizlik nafaqalari va o'zini o'zi band qilgan fuqarolarga bir martalik nafaqalar uchun 72
million dollarga yaqin mablag‘ taqdim etildi.
Pandemiya G‘arbiy Bolqonda bandlikka, ayniqsa yoshlar va ayollar orasidagi bandlikka
misli ko‘rilmagan ta’sir ko‘rsatdi. Ishini yoki boshqa daromad manbayini yo'qotgan
odamlarni qo'llab-quvvatlash va favqulodda vaziyatlarda qo'llab-quvvatlash dasturlarining
mavjud benefitsiarlarini himoya qilish uchun mintaqa davlatlari zudlik bilan
choralar
ko'rdilar.
Misol tariqasida,
Shimoliy Makedoniyada
hukumat pandemiya yaratgan sharoitlarga
qaramay, ijtimoiy yordam toʻlovlarini davom ettirishni taʼminladi. Hukumat, shuningdek,
pandemiyadan zarar ko'rgan kambag'al odamlarni qamrab olish
uchun oxirgi chora
sifatida daromadni qo'llab-quvvatlash dasturi (kafolatlangan minimal yordam - KMY) ga
muvofiqlik mezonlarini tezkor o'zgartirdi, aks holda bu odamlar ushbu yordamni olishga
haqli bo'lolmasdilar. Bu ishlar dasturning qamrovini moslashuvchan ravishda kengaytirish
imkonini berdi.
Jahon banki «
Shimoliy Make
doniyada COVID
-19 tufayli favqulodda vaziyat» loyihasi
orqali inqirozga javoban ijtimoiy himoya tizimlarini modifikatsiya
qilishda hukumatga
yordam berdi, shuningdek KMYni kengaytirishda qo’llab-quvvatlashni moliyalashtirdi.
Ukrainada
Ijtimoiy himoya tarmoqlarini modernizatsiya qilish loyihasi bo'yicha COVID
-
19ga javob choralarini ikkinchi qo'shimcha moliyalashtirish
doirasida
Ukrainaning kam
ta'minlangan uy xo'jaliklari uchun ijtimoiy yordam va ijtimoiy xizmatlar tizimini
takomillashtirish va pandemiyaning iqtisodiy oqibatlaridan jabrlangan uy xo'jaliklarining
daromadlarini qo'llab-quvvatlash uchun 300 million dollar ajratildi.