Basketbol o’yini rivojlanish tarixi hamda o’yin qoidalari (maydoni, shiti va koptok o’lchamlari) haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə1/3
tarix26.11.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#70647
  1   2   3
Basketbol o’yini rivojlanish tarixi hamda o’yin qoidalari Umidjon

Basketbol o’yini rivojlanish tarixi hamda o’yin qoidalari (maydoni , shiti va koptok o’lchamlari) haqida umumiy ma’lumot

O’qituvchi : Jabborov.U

REJA :

Basketbol o’yinining kelib chiqishi , va rivojlanish tarixi

  • Hozirgi zamon basketbol o’yinining rivojlanish tarixi 1891 yilning dekabr oyidan boshlangan. Sprigfild shahridagi (AQSh, Massachusest shtati) xristian - ishchilar maktabi (hozirgi Springfild kolledji)ning anatomiya va fiziologiya o’qituvchisi doktor Jeyms A.Neysmit talabalarning qish faslidagi jismoniy mashg’ulotlarini bir qator jonlantirishga qaror qildi. Neysmit tomonidan ijro qilingan o’yinning dastlabki varianti beshta asosiy shartdan va 13 ta asosiy qoidalardan iborat bo’lgan o’sha o’yinning dastlabki qoidalari 1892 yil 15 yanvarda “Uchburchak” (“Triugolnik”) degan gazeta sahifalarida bosilib chiqadi. Neysmit yangi o’yin uchun futbol to’pini tanlaydi, chunki bu to’pni qo’l bilan ilib olish oson bo’lib, uni oshirish qiyin hamda erga urilgan vaqtda to’p erdan doimo yuqoriga otilib o’ynashi unga ma’qul bo’lgan.
  • Bunday o’yinning avj olishi hozirgi zamon basketbol ishqibozlarini hayron qoldirishi mumkin (aytmoqchi, o’sha zamonlarda ham o’yinning nomi xuddi hozirgi singari: “basketbol” deb yozilgan). Neysmit shaftoli terishga mo’ljallangan savatchani zal ichidagi balkonga o’rnatib qo’ygan, savatchaning yonidagi narvon ustida farrosh o’tirgan. Uning vazifasi muvvafaqiyatli tashlangan va savatchaga tushirilgan to’pni savatcha ichidan olib, pastga o’yinchilarga uzatib turishdan iborat bo’lgan.

1891 yil 21 dekabrda Springfild kolledjining gimnastika zalida basketbol bo’yicha birinchi match o’tkaziladi. Matbaa manbalari bu o’yinning uch xil tug’ilish sanasini qayd etadilar: 1891 yil 21 dekabr, 1892 yilning 15 va 20 yanvari. “O’yin yaratuvchi”ning ta’kidlanishiga esa birinchi uchrashuv 1891 yilning “rojdestvo” bayrami oldidan o’tkazilgan ekan.

  • 1891 yil 21 dekabrda Springfild kolledjining gimnastika zalida basketbol bo’yicha birinchi match o’tkaziladi. Matbaa manbalari bu o’yinning uch xil tug’ilish sanasini qayd etadilar: 1891 yil 21 dekabr, 1892 yilning 15 va 20 yanvari. “O’yin yaratuvchi”ning ta’kidlanishiga esa birinchi uchrashuv 1891 yilning “rojdestvo” bayrami oldidan o’tkazilgan ekan.
  • Guruhda 18 kishi bor edi. Shuning uchun o’yinda har biri 9 kishidan iborat 2 jamoa ishtirok etdi. O’yin ko’pchilikka shu qadar ma’qul bo’ldiki, tez orada o’yin qoidasidan nusxa ko’chirib berishni so’rab Neysmitni xoli-joniga qo’yishmadi. Keyinroq, 1892 yilda u o’z o’yinining birinchi “Qoidalar kitobi”ni nashr ettirdi. Unda 13 ta asosiy band bo’lib, ularning ko’pchiligi bizning hozirgi kunlarimizda ham amal qilmoqda. Tamoyil jihatdan u “Qoidalar”ning hozirgilaridan farqi to’pni “olib yurish” qoidalari deb hisoblash mumkin.
  • Neysmit o’yinda ishtirok etuvchilar sonini qat’iy ravishda cheklab qo’ymagan. Uning ta’rificha, o’yinda uch kishidan boshlab 40 kishigacha qatnashishiga ruxsat berilgan. Holbuki, eng maqbul mezon har jamoada 9 kishi bo’lishi edi. Futbol o’yinidan nusxa ko’chirib o’yinchilarni uchta xujumchiga uchta ximoyachiga ajratib qo’yilgan edi. Ularga faqat o’z “zonalarida” o’ynashga ruxsat berilgan edi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin