Vaqti 2 soat
|
Talabalar soni: 25-30 nafar
|
O‘quv mashg‘ulotining shakli
|
Kirish, aqliy xujum.
|
Ma’ruza mashg‘ulotining rejasi
|
1.Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi.
2.Jamiyat va davlat sotsiologiyasi.
3.Zamonaviy jamiyat turlari.
4.Sharq olimlarining jamiyat to‘g‘risidagi qarashlari.
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi,Veber konsepsiyasi,jamiyat va davlat tushunchasi, jamiyat turlari,Parsons nazariyasida jamiyat tushunchasi haqida talabalarda bilimlarni to‘liq tasavvurini shakllanganligini aniqlash.
|
Pedagogik vazifalar:
-ijtimoiy munosabatlar to‘g‘risida talabalarda bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish;
- sharq mutafakkirlarining ijtimoiy qarashlarini tushuntirish;
-jamiyat sotsiologiyasi haqidagi olimlarning fikrlarini izohlash;
-jamiyat turlari haqida tushuntirish;
-ijtimoiy munosabatlarning jamiyat xayotiga ta’siri haqida bilimlarni hosil qilish.
|
O‘quv faoliyatini natijalari:
Talaba:
-jamiyat turlari to‘g‘risida talabalar bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi;
-g‘arb olimlarining jamiyat to‘g‘risidagi nazariyalarni izohlaydi;
-ijtimoiy munosabatlarning jamiyat ijtimoiy hayotiga ta’siri haqida aytib beradi;
-sotsial qonunlarga misollar keltiradi;
-jamiyat va uning turlarini aytib beradi.
|
O‘qitish uslubi va texnikasi
|
Aqliy xujum.
|
O‘qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, proektor, tarqatma materiallar
|
O‘qitish shakli
|
Jamoa, guruh bilan ishlash.
|
O‘qitish shart-sharoiti
|
Proektor, kompyuter bilan jihozlangan auditoriya.
|