Harakat vositalari uning natijalari bilan qo‘shilib ketadi. O. BALZAK
...Nohalol vositalarni talab qiladigan maqsad halol maqsad emas... K. MARKS
Nomunosib vositalarni oqlovchi maqsad hech qachon yuksak maqsad bo‘lolmaydi. A. E. EYNSHTEYN
Vosita maqsadning jon-taniga singib ketgan taqdirdagina maqsadga erishish mumkin. F. LASSAL
Ulug‘ g‘oya ham yaramas muhitda buzilib, qator bema’niliklarga aylanib ketadi. V.O. KLUCHEVSKIY
Odamlar vositani maqsad deb bilib, o‘zlarini ham, boshqalarni ham yanglishtiradilar, natijada ularning butun urinishlaridan hech narsa chiqmaydi, chiqqanda ham o‘zlari intilgan narsaning aks natijasi chiqadi. I. GYOTE
Mo‘ljaldan o‘tib ketgan odam ham mo‘ljalga tegolmagan odamdek dog‘da qoladi. M.MONTEN
Me’yordan oshirib yuborish — maqsadga yetish emas. O. BALZAK
Faqat maqsadga yetolmagannigina emas, balki besh qo‘lni og‘izga tiqqanni ham maqsadsiz deya hisoblash kerak. V. O. KLUCHEVSKIY
Hayotimiz — sayohat, g‘oya esa — yo‘lchi yulduz. Yo‘lchi yulduz bo‘lmasa hammasi to‘xtaydi-qoladi. Maqsad boy berilsa, kuch go‘yo mutlaqo bo‘lmagandek. V. GYUGO
Inson qaysi manzilga ketayotganini bilmasa, uning yelkaniga hech bir shamol ham duch kelmaydi. SENEKA HAYOT HIKMATLARI ******* 1) ENG YAXSHI INSON QALBLI INSON, QALBSIZLARI VAHSHIY INSON ******* 2) OTA-ONANGGA HASSA OLIB BERMA ULARGA O'ZING SUYANCHIQ BO'L ******* 3) DUNYO BOYLIGI O'LIMGACHA YAXSHI AMOL TOABATDIR