Benzoyetil efir. C6H5cooh c2H5-oh ⇆ C6H5cooc2H5 + H2o reaktivlar



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə29/34
tarix27.04.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#103489
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
100-150 бетлар лотин 10.04.23

59. Nitrofenol

Reaktivlar : 28,2 gr fenol , 185 ml nitrat kislota (d-1,11) natriy gidroksid, xlorid kislota, aktivlangan ko’mir etil spirti.
Ish murili shkafda bajariladi!
Fenol bilan ishlashda ehtiyot boʻlish kerak. Fenol bilan ishlash qoidalarini 8-bet, 12-punktdan karang. 100 ml sigimli konussimon kolbada 28,2 g fenol, 5 ml suv solib fenol suyuqlanguncha kolba sekin qizdiriladi. Suyuqlangan fenolni chayqatib turib, suv bilan sovitilayotgan 500 ml sigʻimli- tubi yumaloq kolbadagi 185 ml suyultirilgan nitrat kislotaga (d=1,11) oz-ozdan suyiladi. Fenol qoʻshilayotganda reaksiyon aralashmaning temperaturasi 20°C dan oshib ketmasligiga qarab turish kerak. Fenolning hammasi kolbaga solingandan keyin, qoramtir reaksiyon aralashma muzli suvda 2-3 soat qoldiriladi va vaqt-vaqti bilan chayqatib turiladi. Sung aralashmaning kislotali qismi asta-sekin toʻkiladi, moysimon qismi esa bir necha marta suv bilan yuviladi (dekantatsiya usuli) va suv bugʻi bilan haydaladi (33-rasm). o- Nitrofenol sariq tusli, tez kristallanuvchan moy holida yig’gichda yig’iladi. Agar o- nitrofenol sovitgichda kristallina boshlasa, unga beriladigan suv oqimi vaqtincha toʻxtatiladi. o- nitrofenol suyuqlanib, yigʻgich-kolbaga oʻtadi. Haydash nihoyasiga yetgach, o- nitrofenol Byuxner voronkasi yordamida soʻrib olinadi va havoda quritiladi (o- nitrofenol uchuvchan boʻlgani uchun uni quritish shkafida quritib boʻlmaydi), o-Nitrofenol miqdori 9 g. Agar hosil qilingan o- nitrofenol yetarli darajada toza boʻlmasa, u suyultirilgan spirtdan qayta kristal lantiriladi. o- Nitrofenol haydalib boʻlgandan keyin qolgan o-nitrofenol suvdan ajratiladi, stakaidagi 170 ml natriy gidroksidning 10 protsentli eritmasiga quyiladi, unga ozroq miqdor aktivlangan koʻmir qoʻshib qaynatiladi va filtrlanadi. Filtrat eritma tomchisi sovitilganda qotib qolmaguncha suv hammomida bugʻlatiladi. Soʻngra unga 30 protsentli natriy gidroksid eritmasidan 15 ml qoʻshiladi va muzli suvda sovitiladi. Ajralib chiqqan o-nitrofenolning natriyli tuzi filtrlanadi, voronkada bir necha marta 10 protsentli natriy gidroksid eritmasining oz miqdordagi porsiyalari bilan yuviladi va shisha probka bilan siqiladi. Hosil boʻlgan tuzli stakanga solib 10 protsentli xlorid kislota eritmasi bilan qizdirilib parchalanadi. Ajralib chiqqan moysimon o-nitrofenol sovitilganda Suvli qavat toʻkiladi va o-nitrofenol suyultirilgan xlorid kislotaning (1-2 protsentli) qaynoq eritmasidan kristallantiriladi. Eritma sovnganda o-nitrofenol uzun rangsiz ignasimon kristallar holida ajraladi. o-Nitrofenol miqdori 4-5 g. o-Nitrofenol oʻtkirxidli sariq kristall modda, sovuq suvda kam eriydi, qaynoq suvda, spirtda, efirda yaxshi eriydi. Molekulyar massasi 139,11; suyuqlanish temperaturasi 45°C; qaynash temperaturasi 217°C; 1,2712. o-Nitrofenol tuzlari tillarang boʻladi. o-Nitrofenol - hidsiz, rangsiz kristall modda, qaynoq suvda, spirtda va efirda yaxshi eriydi. Suyuqlanish temperaturasi 114°C; qaynash temperaturasi 279°C (qaynaganda parchalanadi; 1,480. o-Nitrofenol tuzlari sariq rangli boʻladi.
Sifat reaksiyasi. Rangli nitrofenolyatlar hosil qilish. Probirkalarga o- va o-nitrofenollar kristallaridan bir nechta solib, spirtda eritiladi va 1-2 tomchi suyultirilgan kaliy gidroksid eritmasidan toʻq sariq yoki sariq rang paydo boʻlguncha qoʻshiladi. o- Nitrofenol uchun rangni sariqdan toʻq sariq va o-nitrofenol uchun rangsizdan sariq rangga oʻzgarnshi hosil boʻlgan tuzlarning ionlanishi natijasida sodir boʻladi:


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin