Benzoyetil efir. C6H5cooh c2H5-oh ⇆ C6H5cooc2H5 + H2o reaktivlar


-jadval Aromatik birikmalardagi elektrofil almashinish reaksiyalari



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə27/34
tarix27.04.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#103489
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
100-150 бетлар лотин 10.04.23

12-jadval
Aromatik birikmalardagi elektrofil almashinish reaksiyalari.



Sintez


Sintez qiligan moddani nomi

Maxsulot unimi (g)

Sintezni vaqti soat

Tajriba usullari

Nitrolash

57

Nitrobenzol

11

6

Haydash, konsentrlangan kislotalar bilan ishlash

58

J-Dinitrobenzol

12,5

8

Konsentrlangan kislota­lar bilan ishlash, spirtdan saytadan krist all antirish

59

o- va p- Nitrofenol

9,4

12

Suv bug‘i bilan haydash, spirtdan va suyultirilgan xlorid kislotadan sayta kristallantirish

60

p- Nitroatseta nilid va
p- nitroanilin

16
10-12,5

7

Konsentrlangan kislota­lar bilan ishlash, spirtdan sayta kristallantirish

61

Pikrin kislota

13

8

Bug‘ bilan haydash, suvdan
qayta kristallantirish

62

m- Nitrobenzoy kislota

4,5

8

Sulfolash

63

p- Toluolsulfokislota

8

10


Moy hammom, suvda qaytadan kristallantirish

64

Sulfanil kislota

10

6




65

Naftion kislota

10

6

Moy hammom

66

Benzosulfoxlorid

16


8


Aralashtirgich, uglerod te­traxlo-rid bilan ekstraksiya qilish, vakuumda haydash

67

o~ va p- Toluol
sulfoxloridlar



8
9



12

Aralashtirgich, vakuumda haydash, efirdan sayta kris­tallantirish

Galogenlash

68

Brombenzol

14

6

Brom bilan ishlash, suv bug‘i bilan haydash, haydash

69

p-Bromtoluol

13

6

Dioksandibromid ishtiro­kida bromlash, efir bilan ekstraksiya qilish, haydash

70

p-Bromanizol

10,5

8

Dioksandibromid yordamida bromlash, efir bilan ekst­raksiya qilish, vakuumda hay- dash

71

l-Bromatsetanilid

3,2

6

Brom bilan ishlash, spirt* dan sayta kristallantirish

72

p-Bromanilin

10

6

Muz sirka kislotada brom­lash, bug‘ bilan haydash

73

p-Brom-N-N-dimetil anilin

15

6

Dioksanda bromlash, ara­lashtirgich, vakuumda haydash, spirtda sayta kristallanti­rish

Fridel—Krafts usuli bilan alkillash

74

Izopropilbenzol

8

8

Haydash

75

Difenilmetai

5

8

Aralashtirgich, vakuumda haydash

76

Trifenilxlormetan

8

12

Aralashtirgich, benzol bi­lan xaydash
Ekstraksiya qilish, benzol bilan benzinda qayta kristallantirish

Fridel-Krafts usuli bilan atsillash

77

Atsetofenon

8

8

Aralashtirgich, efir bilan ekstraksiya qilish, haydash

78

Benzofenon

6,5

8

Bug‘ bilan xaydash, efir bilan ekstraksiya qilish, xaydash

79

p-Atsetilanizol

12

6

Aralashtirgich, vakuumda haydash


NITROLASH

  1. Nitrobenzol


Reaktivlar. 9 ml benzol, 10 ml nitrat kislota (d=1,41), 12,5 ml sulfat kislota (d=1,84), natriy gidroksid, kalsiy xlorid.
Ish murila shkafda bajariladi!
Konsentrlangan kislotalar bilan ishlash qoidasi 6- betdan qaralsin,
Havo sovitgich (40-50 sm uzunlikdagi) ulangan 100 ml sig’imi yubi yumaloq kolbaga 12,5 ml konsentrlangan sulfat kislota solinadi va asta-sekin kolbani chayqatib turib unga 10 ml konsentrlangan nitrat kislota qoʻshiladi. Xona temperaturasigacha sovitilgan aralashmaga chayqatib turgan holda oz- ozdan 9 ml benzol quyiladi (bunda kolbadagi suyuqlik emulsiyaga aylanadi). Nitrolash davomida reaksion aralashmaning temperaturasi 50°C dan koʻtarilmasligi va 25°C dan pasaymasligi kerak. Buning uchun reaksion aralashmaga benzol qoʻshish tezligini boshqarib va kolba suv hammomida sovitib turiladi. Koʻrsatilgan miqdordagi benzol quyib boʻlingandan soʻng suv hammomining temperaturasi 60°C ga koʻtarilib (termometr hammomga tushiriladi) aralashma 45 minut davomida qizdiriladi. Soʻngra reaksion aralashma sovuq suvda sovitilib, ajratgich voronkaga quyiladi va kislotali pastki nitrobenzol qavatidan ajratib olinadi. Nitrobenzol suv, natriy gidroksidning suyultirilgan eritmasi va yana suv bilan yuviladi. Yuvilgan nitrobenzol 50 ml sigʻimli konussimon kolbaga quyiladi, qizdirilgan kalsiy xlorid solib, kichikroq havo sovitgich oʻrnatilgan probka bilan berkitiladi va suyuqlik tiniq holga kelguncha suv hammomida qizdiriladi. Agar kolba tubida kalsiy xlorid eritmasining suvli qavati hosil boʻlsa, nitrobenzol ehtiyotlik bilan boshqa quruq kolbaga quyilib, qaytadan unga qizdirilgan kalsiy xlorid qoʻshiladi va yuqorida koʻrsatilgan usul boʻyicha quritiladi. Quritilgan nitrobenzol Vyurs kolbasiga quyilib, havo sovitgich orqali haydaladi va 207-211°C da haydaladigan fraksiya yigʻiladi. Nitrobenzol miqdori 11 g. Nitrobenzolni quriguncha haydash xavfli, chunki u dinitrobenzol bilan aralashgan boʻlsa portlashi mumkin.
Nitrobenzol-achchiq bodom hidli, och sarik, rangli moysimon suyug’lik, spirtda, benzolda, efirda eriydi, suvda deyarli erimaydi. Molekulyar massasi 123,11; qaynash temperaturasi 210,9 oC; 1,205; 1,5525.
Nitrobenzol markaziy nerv sistemasini zaharlaydi, modda almashinuvini buzadi, buning natijasida jigar kasallanadi. Nitrobenzol bugʻi bilan uzoq vaqt nafas olinsa bosh ogʻriydi, teriga tegsa kuydiradi. Terining nitrobenzol tekkan joyini spirt bilan artib, soʻngra sovun bilan yuvish kerak.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin