Reaktivlar. 15 g atsetamid, 15 ml brom, 65 g kaliy gidroksid, xlorid kislota (d=1,18), absolyut etil spirt.
Ish murili shkafda o`tkaziladi! 250 ml sigʻimli konussimon kolbada 15 g atsetamid bilan 13 ml brom aralashtiriladi. Kolbani sovuq suv bilan sovitib turgan holda, unta asta-sekin 20 g kaliy gidroksidning 175 ml suvdagi eritmasidan (aralashma qizil qoʻigʻir rangdan och sariq rangga kirguncha) quyiladi. Hosil qilingan bromatsetamid eritmasi tomizgich voronkadan yarim litrli kolbadagi 70-75°C gacha qizdirilgan 40 g kaliy gidroksidning 75 ml suvdagi erit- masiga bir necha minut davomida tomiziladi. Soʻngra eritma toʻla rangsizlanguncha (taxminan 15-30 min davomida) suv ham- momida 70-75°C temperaturada sizdiriladi. Temperaturaga qarab turish kerak: agar u 75°C dan oshib ketsa. kolba suv bilan sovitiladi. Hosil boʻlgan metilamin suv bugʻi bilan haydaladi (33- rasm) va yigʻgich-kolbadagi muzli suvda sovitilgan 50 ml xlorid kislotada yuttiriladi. Metilaminning hammasi yutilishi uchun alonjning uchi yig’gichdagi 25 ml konsentrlangan xlorid kislota bilan 25 ml suvni aralashtirib tayyorlangan eritma ichiga 1 sm botirib qoʻynladi. Sovitgichdan haydalib kelayottan kondensat lakmus qogʻoz tutib koʻrilganda ishqoriy reaksiya bermasa, haydash toʻxtatiladi. Probirkadagi aralashma chinni kosachaga quyiladi va qurigunicha suv hammomida bugʻlatiladi. Metilamin xlorid juda gigroskopik, havoda suyuqlanadi shuning uchun u vakuum eksikatorda yoki quritgich shkafda 100°C da bir oz vaqt quritiladi. Metilamin xloridni ammoniy xlorid qoʻshilmasidan tozalash uchun juda quruq modda kukun holiga kelgupcha mandala chadi va kalsiy xlorid naychasi bor qaytarma sovitgich ulangan. tubi yumaloq kolbaga solinadi, unga absolyut etil spirt quyib. suv hammomida qaynatiladi. Qaynoq eritma filtrlanadi va tarkibida metilammoniy xlorid bor filtrat quyuq holga kelgunicha suv xammomida buglatiladi. Sovitish natijasida xosil boʻlgan metilamin xlorid krpstallari Byuxner voronkasida filtrlanib, ozroq miqdor absolyut spirt bilan yuviladi va vakuum-eksikatorda quritiladi. Metilamin xloridning mikdori 8-9 g. Metilamin xlorid (metilamin xlorgidrati) - yaproqchalar koʻrinishidagi rangsiz, kristall modda, suvda yaxshi eriydi. 78°C da 100 ml etanolda 23 g metilamin xlorid eriydi, efirda eri- maydi. Molekulyar massasi 67,52; suyuqlanish temperaturasi 226°C; qaynash temperaturasi 15 mm sim. ust. da 230°C. Metilamin (aminometan) -oʻtkir hidli gaz holidagi rangsiz modda, yonuvchan, suvda, spirtda, benzolda yaxshi eriydi, efir bilan aralashadi. Molekulyar massasi 31,06; suyuqlanish temperaturasi -92,5°C; qaynash temperaturasi -6,5 dan -7,5°C gacha; ; 0,699.
Sifat reaksiyalari.
1. Erkin metilamin ajratib olish. Probirkaga taxminan 0,5 g metilamin xlorid solib, unga 5-6 ml 50 protsentli natriy gidroksid eritmasidan quyiladi va aralashma (eqtiyotlik bilan!) qizdiriladi. Ajralib chiqayotgan metilaminni hididan va probirka ogʻziga tutilgan qizil lakmus qogʻozining koʻkarishidan bilish mumkin.
Metilammoniy pikratning olinishi (118- betdagi, 1- punkt “Etilendiamin”ga qarang). Metilammoniy pikrat choʻkmasini filtrlab, 2 ml muzli suvda yuviladi, oz miqdordagi suvda qaytadan kristallantirilib filtrlanadi va quritiladi. Metilammoniy pikratning suyuklanish temperaturasi aniqlanadi (207°C). Bu reaksiya aminlarni identifikatsiyalashda ham qoʻllaniladi.