Reaktivlar. 27 ml formalin (40 protsentli), 29,5 ml chumoli kislota (80 protsentli), 5,35 g ammoniy xlorid, natriy gidroksid, xlorid kislota (d=1,18).
200 ml sigʻimli tubi yumaloq kolbaga 27 ml 40 protsentli formalin va 29,5 ml 80 protsentli chumoli kislota solinadi, soʻngra 5,35 g quruq ammoniy xlorid qoʻshiladi. Ammoniy xloridning erishi natijasida eritma soviydi. Kolba qaytarma (yaxshisi sharsimon) sovitgichga ulanadi va reaksiya boshlanguniga qadar asbest toʻr ustida ehtiyotlik bilan qizdiriladi.
53-rasm. Trimetilammoniy xlorid olinadigan asbob.
1-Tubi yumaloq kolba, 2-tomizgich voronka, 3-qaytarma sovitgich, 4-shisha nay, 5 pipetka, 6-xlorid kislotali kolba.
Karbonat angidrid pufakchalari hosil boʻlishi bilan qizdirish sekinlashtiriladi. Quchli qizdirilganda reaksiya shiddatli borgani uchun reaksion aralashma kolbadan otilib chiqishi mumkin. Zarur hollarda kolbani sovitib, reaksiya tezligi kamaytiriladi. Reaksiya tezligi toʻgʻri moslashtirilganda (karbonat angidridning tezlik bilan ajralib chiqishi hisobiga) reaksiya tinch boradi. Reaksiya nihoyasiga yetishi oldidan aralashma 4,5 soat davomida sekin qaynatiladi. Soʻngra suyuqlik sovitiladi. Qaytarma sovitgich oʻrniga oqimi pastga yoʻnaltirilgan sovitgich qoʻyiladi va reaksiyaga kirishmay kolgan chumoli kislota haydaladi (20-30 ml distillat yigʻiladi). Kerak boʻlgan hollarda kolbaga suv qoʻshiladi (suyuqlikning umumiy hajmi 25-30 ml dan kam boʻlmasligi kerak).
Chumoli kislota haydalib boʻlgandan soʻng qolgan eritma 200 ml sigʻimli, katta ogʻizli, tubi yumaloq kolbaga quyiladi. Kolbaga naychasi kolbaning tubigacha boradigan tomizgich voronka va pipetka bilan tutashtirilgan qaytarma sovitgich ulanadi (53-rasm). Yigʻgich-kolbaga 38 ml 10 protsentli xlorid kislota eritmasi, tomizgich voronkaga esa 6 ml natriy gidroksidning 15 protsentli eritmasidan quyiladi. Kolbadagi suyuqlik qaynagunicha qizdiriladi, soʻngra yana tomizgich voronka orqali oz-ozdan natriy gidroksid eritmasi tomiziladi. Suv bugʻi qaytarma sovitgichda toʻla suyuqlikka aylanadi, gaz holidagi trimetilamin esa yigʻgich-kolbadagi xlorid kislotaga yutiladi. Pipetka uchiga yaqinlashtirilgan qizil nam lakmus qogʻoz koʻkarmay qolguncha aminni haydash davom ettiriladi. Hosil qilingan trimetilamin xloridning ortiqcha miqdor xlorid kislotadagi eritmasi quruq holga kelguncha suv hammomida bugʻlatiladi. Soʻngra mahsulot quritish shkafida 115°C da 10-15 minut quritiladi. Quritish shkafi uzoq vaqt turish natijasida trimetilamin xlorid tuzi qisman bugʻlanib ketadi. Trimetilamin xlorid gigroskopik modda boʻlgani uchun uni toʻla quritish qiyin. Shuning uchun trimetilamin xlorid germetik berkiladigan sklyankalarda saqlanadi. Bu usul bilan olingan trimetilammoniy xloridning tozaligi 99 protsentdan yuqori. Uning miqdori 9,5 g (nazariy hisoblaganda). Trimetilammoniy xlorid (trimetilamin xlorid, trimetilamin xlorgidrat)-rangsiz, havoda suyuqlanadigan kristall modda, suvda yaxshi eriydi,
xloroformda qiyin eriydi, efirda erimaydi. Molekulyar massasi 95,57; suyuqlanish temperaturasi 275-278°C (suyuqlanganda parchalanadi); 200°C da sublimatlanadi.
Sifatreaksiyalari (119-betdagi2-va 3-punktlarga qarang Dietilanilin”)