Benzoyetil efir. C6H5cooh c2H5-oh ⇆ C6H5cooc2H5 + H2o reaktivlar



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə18/34
tarix27.04.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#103489
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
100-150 бетлар лотин 10.04.23

47. Benzamid.


1. Ammoniy karbonat ishlatish usuli bilan olinishi

Reaktivlar. 1,1 ml benzoil xlorid, 2,5 g ammoniy karbonat.
Ish moʻrili shkafda oʻtkaziladi! Benzoil xlorid shiliq pardalarga taʼsir diladi.
Chinni kosachaga 2,5 g yaxshilab maydalangan ammoniy karbonat solinadi va unga asta-sekin shisha tayoqcha yordamida aralashtirib turib, 1,1 ml benzoil xlorid qoʻshiladi. Hosil qilingan aralashma quruq massa hosil boʻlguncha (30 minutdan kam boʻlmaslign kerak) suv hammomida qizdiriladi. Soʻngra unga ozroq suv quyiladi va benzoil xlorid hidi tamom boʻlguncha qaynab turgan suv hammomnda qizdiriladi. Aralashma sovitilganda hosil boʻlgan benzamid kristallari filtrlab olinadi, shisha probka yordamida filtrda siqiladi va suvda qaytadan kristallantirib olinadi. Benzamidning miqdori 0,8 g.
Benzamid (benzolkarbonamid)-rangsiz kristall modda, dietil efirda va qaynoq benzolda eriydi, etanolda kam, suvda qiyin eriydi. Molekulyar massasi 121,15; suyuqlanish temperaturasi 125-126°C; 130°C; qaynash temperaturasi 290°C; 1,341.
2. Ammiakning 25 protsentli eritmasi yordamida olinishi.

Reaktivlar. 1,2 ml benzoil xlorid, 10 ml ammiak (25 protsentli).
Ish murili shkafda oʻtkaziladi! Qichkina konussimon kolbaga 10 ml 25 protsentli ammiak erntmasidan suyiladi va tuzli muzda sovitiladi. Soʻngra tomchilatib, aralashtirib turib 1,2 ml benzoil xlorid quyiladi va bir necha soatga qoldirnladi. Choʻkmaga tushgan benzamid kristallari filtrlanadi, shisha probka yordamida siqiladi va suvda qaytadan kristallantiriladi. Miqdori 0,8 g ga yaqin.
Xarakteristikasi yuqorida berilgan (1-usul).
48. Gippur kislota.
C6H5-COCl + NH2-CH2-COOH → C6H5-CO-NH-CH2-COOH + HCl
Reaktivlar. 1,87 g glikokol, 3,2 ml benzoil xlorid, natriy gidroksid, xlorid kislota (d-1,18), dietil efir.
Ish murili shkafda bajariladi! Benzoil xlorid shiliq pardalarga taʼsir qiladi.
50 ml sigʻimli konussimon kolbada 1,87 g glikokolning suvdagi toʻyingan eritmasi tayyorlanadi, soʻngra unga juda oz miqdor suvda eritilgan 2,6 g natriy gidroksid oʻshiladi. Hosil qilingan eritmaga kuchli chayqatib turgan holda 3,2 ml benzoil xlorid qoʻshiladi. Reaksiya vaqtida muhit ishqoriy boʻlishi kerak (fenolftalein bilan sinaladi). Benzoil xloridning xidi ketgandan keyin reaksion aralashmaga kislotali muhit xosil boʻlguncha konsentrlangan xlorid kislota qoʻshiladi. Qislotali muhit qizil kongo indikatori yordamida aniqlanadi. Ikki soatdan soʻng choʻkmaga tushgan gippur kislota kristallarini Byuxner voronkasida filtrlab olib, havoda quritiladi va benzoy kislota aralashmalarini yoʻqotish uchun efir bilan yuviladi. Kristallarni efir bilan yuvishdan avval vakuum-nasos yuli berkitiladi, kristallar shisha tayoqcha yordamida yaxshilab aralashtnriladi va soʻngra filtrlab olinadi. Gippur kislotani tozalash uchun qaynoq suvda qaytadan kristallantiriladi. Gippur kislotaning middori 3 g.
Gippur kislota (N-benzoilglisin, benzamidsirka kislota) - rangsiz kristall modda, etanolda va xloroformda eriydi, efprda qiyin eriydi, 100 g suvda 0,33 g gippur kislota eriydi. Molekulyar massasi 179,18; suyuqlanish temperaturasi 187°C; zichligi 1,371.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin