Reaktivlar. 9,8 ml yangi haydalgan anilin, 21 ml etil bromid, 13,3 g natriy gidroksid.
Tubi yumaloq 50-100 ml sigʻimli qaytarma sovitgnch ulangan kolbaga 9,8 ml anilin va 10,5 ml etil bromid solib, aralashma qotgunicha (taxminan 2 soat) asbest toʻr ustida qizdiriladi, yaʼni tarkibida etilfenilammoniy bromid bor sovitilgan reaksion massaga aralashtirib turib oz-ozdan 6,65 g natriy gidroksidning 20 ml suvdagi eritmasi qoʻshiladi (kolba qattiq qizib ketmasligi uchun tashqarisidan sovitiladi). Hosil boʻlgan etilanilin ajratgich voronkada ajratib olinib, yana reaksion kolbaga qaytarib quyiladi va ustiga 10,5 ml etil bromid qoʻshib, qattiq massa hosil boʻlguncha qizdiriladi. Dietilfenilammoniy bromid soviganidan keyin suvda eritiladi, eritma stakanga quyiladi va reaksiyaga kirishmay qolgan etilbromidni bugʻlatish maqsadida bir necha minut davomida qaynatiladi (moʻrili shkafda!). Soʻngra eritma sovitiladi va unga oz-ozdan aralashtirib turgan holda 6,65 g natriy gidroksidning 20 ml suvdagi eritmasi qoʻshiladi. Ajralib chiqqan dietilanilin ajratgich voronka yordamida ajratilib, qizdirilgan kaliy gidroksid bilan quritiladi, kichik filtr orqali 25 ml sigʻimli Vyurs kolbasiga filtrlanadi va haydaladi. 214-216°C da qaynaydigan fraksiya yigʻiladi. Dietilanilinning miqdori 10 g.
Dietilanilin (N- fenildietilamin)-sarg’ish moysimon suyuqlik, etanolda va efirda oson eriydi, suvda qiyin eriydi. Molekulyar massasi 149,24; suyuqlanish temperaturasi -34,4°C va -38,8°C; qaynash temperaturasi 215,5°C; 0,9351.
Sifat reaksiyalari. 1. Nitrat kislota bilan reaksiyami Yangiaromatik uchlamchi aminlar nitrit kislota bilan S- nitrozobirikmalar hosil qiladi. Probkali probirkaga 1 tomchi dietilanilin solinadi va unga 2 tomchi konsentrlangan xlorid kislota qoʻshib chayqatiladi. Probirka ichidagi aralashma sovuq suvda sovutiladi. Soʻngra unga 30 protsentli natriy nitrit eritmasidan 2 tomchi qoʻshiladi. Har tomchi qoʻshilganda probirka probka bilan berkitilib, kuchli chayqatiladi va sovuq suvda sovitiladi. Aralashma sariq-qo’ngʻir tusga kiradi (o-nitrozodietilanilin tuzi hosil boʻladi). Erkin p-nitrozodietilanilin ajratib olish uchun probirkaga tomchilab 5 protsentli natriy karbonat eritmasidan zangori rang hosil boʻlguncha solinadi, soʻngra 2 ml efir qoʻshiladi va aralashma chaykatiladi. Efir qatlami och yashil rangga boʻyaladi.
Xingidron bilan reaksiya. (118-betdagi “Etilendiamin” ga qarang). Uchlamchi aminlar xingidron bilan toʻq sariq rang hosil qiladi.
Kaliy ferrotsianid bilan kislota ishtirokida reaksiya. Uchlamchi aminlar uchun kompleks ionlar bilan, ayniqsa, kislota ishtirokida kaliy ferrotsianid bilan reaksiyaga kirishish xarakterlidir:
3R3N+K4[Fe(CN)6]+4HCl - [R3NH]2H2[Fe(CN)6]+4Q
Ikki tomchi dietilanilinga 2 ml suv quyiladi, aralashma chayqatiladi va unga 1-2 ml konsentrlangan «sariq qon tuzi» eritmasi va ozroq xlorid kislota qoʻshiladi, arilammoniy ferrotsianidning kislotali choʻkmasi hosil boʻladi.
45. Aminosirka kislota (glikokol).