Benzoyetil efir. C6H5cooh c2H5-oh ⇆ C6H5cooc2H5 + H2o reaktivlar


Benzilamin (fenilsirka kislota amididan olish)



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə24/34
tarix27.04.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#103489
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
100-150 бетлар лотин 10.04.23

54. Benzilamin (fenilsirka kislota amididan olish).

C6H5-CH2-CONH2 + Br2 + 4KOH → C6H5-CH2-NH2 + 2KBr + 2H2O + K2CO3




Reaktivlar. 27 g fenilsirka kislota amidi, 12,5 ml brom, 78 g kaliy gidroksid, natriy gidroksid, natriy xlorid, dietil efir.
Ish murili shkafda bajariladi!
Demanik aralashtirgich, termometr va tomizgich voronka oʻrnatilgan 600 ml sigʻimli uch ogʻizli tubi yumaloq kolbaga 78 g kaliy gidroksidning 360 ml suvdagi eritmasi quyiladi. Kolba tuz bilan muz aralashmasida 0°C gacha sovitiladi va aralashtirib turib 12,5 ml brom eritmasi quyiladi. Brom qoʻshayotganda reaksion aralashmaning temperaturasi 0°C dan oshmasligi kerak. Soʻngra eritmaga 15 minut davomida oz-ozdan 27 g yaxshilab maydalangan fenilsirka kislota amidi qoʻshiladi. Reaksiyon aralashma amid batamom eriguncha aralashtiriladi (taxminan 1 soat), soʻngra sovituvchi aralashmali hammom oʻrniga suv hammomi qoʻyib, kolba 60-75°C gacha sizdiriladi. Bunda aralashmaning rangi och yashildan toʻq jigar ranggacha oʻzgaradi va suyuqlikning ustki yuzasida benzilamin tomchilari paydo boʻladi. Aralashma 15°C gacha sovitiladi va ajratgich voronka yordamida benzilamin qavati ajratib olinadi. Suvli qavat natriy xlorid bilan toʻyintiriladi (taxminan 50 g tuz kerak buladi) va uch marta dietil efir (20 ml li porsiya) bilan ekstraksiya qilinadi. yigʻilgan ekstraktlarni oldingi ajratib olingan benzilaminga qoʻshib, 4 g kaliy gidroksid bilan chayqatalib quritiladi va kaliy gidroksid solingan eksikatorda bir kecha qoldiriladi. Ekstraktdagi efir suv hammomida, benzilamin esa vakuumda haydab olinadi. Qaynash temperaturasi 72- 78°C (10 mm sim. ust. da), 86-90°C (25 mm sim. ust.da) yoki 93- 98°C (40 mm sim.ust.da) boʻlgan fraksiya yigiladi. Benzilamin miqdori 14-15 g.
Benzilamin havodagi uglerod (IV)- oksidni oson biriktirib oladi, shuning uchuy uni germetik berkiladigan idishlarda saqlash kerak. Hosil boʻladigan benzilammoniy karbonat kristallari suvda juda yaxshi eriydi.
Benzilaminning xarakteristikasi (123-betga qaralsin, 46- ish).
Sifat reaksiyalari. 117- betdagi «Etilendiaminga qarang.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin