Benzoyetil efir. C6H5cooh c2H5-oh ⇆ C6H5cooc2H5 + H2o reaktivlar



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə28/34
tarix27.04.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#103489
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
100-150 бетлар лотин 10.04.23

58. m- Dinitrobenzol

Reaktivlar. 8,3 ml nitrobenzol, 25 ml sulfat kislota (p=1,84), 12,5 g natriy nitrat, natriy karbonat, etil spirt.
Ish moʻrili shkafda bajariladi!
m-Dinitrobenzol juda zaharli. Nitrobenzol bugʻlari bilan nafas olmaslik choralarini koʻrish lozim. Agar bu holda qoʻlga toʻkilsa, darhol qoʻlni yuvib, spirt bilan artish kerak.
100 ml sigʻimli, tubi yumaloq kolbada 83 ml nitrobenzol bilan 25 ml konsentrlangan sulfat kislota aralashtiriladi, soʻngra suyuqlikka termometr tushirib, 80-90°C gacha qizdiriladi. Keyin temperatura 130°C dan yuqori koʻtarilmasligini
kuzatib turgan holda 12,5 g maydalangan natriy nitrat oz-ozdai qoʻshiladi. Natriy nitrat eriydi, sulfat kislota loyqalanadi va bir oz azot oksid ajralib chiqishi kuzatiladi. Hosil boʻlgan m- dinitrobenzol moysimon qavat holida ajralib chiqadi. Reaksion aralashmaning hammasi batamom eritmaga oʻtguncha yana 30 minut qizdiriladi. Shundan keyin kolbadagi aralashma 70°C gacha sovitiladi va kuchli aralashtirib turgan holda stakandagi 200 g maydalangan tuz ustiga suyiladi. m- dinitrobenzol sariq amorf massa holida choʻkadi. Sovitilgan kislotali eritma dekantatsiya usuli bilan choʻkmadan ajratiladi, soʻnggi mahsulotga 50 ml suv qoʻshiladi va qaynaguncha qizdiriladi. Bunda m- dinitrobenzol suyuqlanadi. Soʻngra eritmaning suv sismi dekantatsiya usuli bilan boshqa idishga quyiladi. Suvga ishqoriy muhit hosil boʻlguncha natriy karbonat qoʻshib, stakandagi qoldiq yana yuqoridagi usul bilan ishlanadi. Eritmani sovitib, suv filtr orqali oʻtkaziladi, stakan tubida qolgan m- dinitrobenzol (qattiq kulcha shaklida) yana ikki marta toza (har gal 50 ml dan) suvda eritiladi va sovigan eritma oʻsha filtr orqali filtrlanadi. Filtrda tutilib qolgan oz miqdordagi kristallar sovuq suv bilan yuviladi, filtr qogʻozi orasiga olib siqiladi va stakandan olingan dinitrobenzolning asosiy massasiga qoʻshib, havoda quritiladi. Nam mahsulotning miqdori 12-12,5 g. Toza dinitrobenzol olish uchun u etil spirtda qaytadan kristallantiriladi.
m- dinitrobenzol kristall modda, suvda deyarli erimaydi, spirtda, benzolda, toluolda yaxshi eriydi. Molekulyar massasi 168,10; suyuqlanish temperaturasi 89,8°C; qaynash temperaturasi 297°C.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin