2.Asetamidning gidrozlizlanishi. Probirkada taxminan 0,5 g atsetamid 3-4 ml natriy gidroksidning 2 n. eritmasi bilan qizdiriladi. Reaksiya natijasida ammiak ajralib chiqadi, uni hididan yoki probirka ogʻziga yaqinlashtirilgan qizil lakmus qogʻozning koʻkarishidan bilish mumkin.
Sirka kislotaning borligini aniqlash uchun tarkibida natriy atsetat boʻlgan gidrolizatga sulfat kislota taʼsir ettirilib, qizil lakmus bilan kislotali muhit hosil qilinadi. Suyuqlik chayqatiladi va qaypaguncha qizdiriladi. Probirka ogʻziga namlangan koʻk lakmus qogʻoz tutilganda u qizaradi.
Gidroksam namuna (96-bet, “Etilatsetat”ga qarang).
Alifatik qatordagi amidlar uchun gidroksilamin tuzlarining eritmasi bilan qizdirilganda NH2 aminogruppaning NH-ON gruppaga almashinishi (gidroksam kislotalar xosil boʻlishi) xarakterlidir:
R-CONH2 + NH2-OH → NH3 + R-CONH-OH
Gidroksam kislotalar uch valentli temir ionlari bilan intensiv boʻyalgan tuzlar hosil qiladi. Ozroq atsetamid suvda eritilib, unga 1 ml gidroksilamin xloridning toʻyingan eritmasidan qoʻshiladi, ehtiyotlik bilan 2-3 minut qaynatiladi. Sovitilgan eritmaga temir (III)- xloridning 3 protsentli eritmasidan bir necha tomchi tomiziladi. Aaralashma toʻq qizil rangga boʻyaladi.
50. Asetamid (sirka kislota va ammoniy karbonat yordamida olish).
Reaktivlar. 28,5 ml muz sirka kislota, 15 g ammoniy karbonat.
Ish moʻrili shkafda utkazilada! 100 ml sigʻimli tubi yumaloq kolbaga 28,5 ml muz sirka kislota solib, unga asta-sekin chayqatib turgan holda 15 g kukun holidagi ammoniy karbonat qoʻshiladi (ehtiyotlik bilan!). Bunda karbonat angidrid ajralib chiqnshi natijasida aralashma koʻpiradi. Soʻngra kolbaga bir nechta qaynatgich solinadi, kolbaning og’zi termometr va havoli kalta sovitgich tutashtirilgan deflegmatorli probka bilan berkitiladi. Aralashma asbest toʻr ustida 30-40 minut davomida sekin, kuchsiz qaynagunicha qizdiriladi (suyuqlik haydalmasligi kerak!). Keyin kolbani shunday qizdirish kerak, suv bilan sirka kislotaning haydalish tezligi 10 minutda 5 ml atrofida suyuqlik hosil boʻladigan darajada boʻlsin (yigʻgich kolba oʻrnida oʻlchov silindridan foydalaniladi). Bugʻning temperaturasi 160°C ga koʻtarilgandan sung havoli sovitgichni olib, deflegmatorning naychasi sovuq suvli idishda turgan quruq yigʻgichga ulanadi. Temperatura 210°C ga yetganda yigʻgich (oldindan tortib qoʻyilgan 25-50 ml sigʻimli konussimon kolbaga) almashtiriladi va toza atsetamid haydaladi. 210-220°C da qaynaydigan fraksiya yigʻiladi. Yigʻgichda atsetamid qotib qoladi. Uning miqdori 11 g.
Toza preparat olish uchun atsetamid dietil efirdan yoki 10 ml benzol bilan 3 ml etilatsetat aralashmasidan qayta kris tallantiriladi.
Uning xarakteristikasi va sifat reaksiyalarini yuqoridan koʻring (49-ish).