Benzoyetil efir. C6H5cooh c2H5-oh ⇆ C6H5cooc2H5 + H2o reaktivlar


Ammoniy karbonat qoʻllash bilan olinishi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə16/34
tarix27.04.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#103489
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
100-150 бетлар лотин 10.04.23

Ammoniy karbonat qoʻllash bilan olinishi.


  • Cl-CH2-COOH+(NH4)2CO3-H2N-CH2COOH+NH4C1+CO2 + H2O
    Reaktivlar. 55 g ammoniy karbonat, 12,5 g monoxlorsirka kislota, ammiak (25 protseitli eritmasi), metil spirt, aktivlangan koʻmir.
    Ish muriln shkafda oʻtkaziladi!
    250 ml sigimli Klyayzen kolbasiga qaytarma sovitgich, tomizgich voronka va termometr oʻrnatiladi. Termometr kolba tubigacha tushib turishi kerak (51-rasm). Shu kolbaga 25 prosentli ammiak eritmasidan 25 ml, 12 ml suv va 55 g ammoniy karbonat solinadi. Eritma ehtiyotlik bilan suv hammomida 58oC gacha qizdiriladi. Kolbani chayqatib turib, 15 minut davomida tomizgich voronkadan 12,5 g monoxlorsirka kislotaning 10 ml suvdagi eritmasidan tomchilatib qoʻshiladi (reaksiyon aralashmaning temperaturasi 60°C dan oshmasligi kerak). Soʻngra aralashma 60°C da 4 soat davomida qizdiriladi, shundan keyin temperatura 80°C gacha asta-sekin koʻtariladi va ammiak hamda karbonat kislota ichida suvi bor yigʻgichga haydaladi. Ammiak hidi tamom boʻlgach, kolba qurigunicha artiladi va temperatura 112oC ga yetguncha gaz alangasida qizdiriladi. Olingan konseitrlangan eritmaga xona temneraturasidagi 10 ml suv quyiladi. Aralashma 70°C gacha soviganidan keyin, unga 0,75 g aktivlangan kumir qoʻshiladi. Issiq eritma 150 ml sigimli konussimon1 kolbaga filtrlanadi, issiq filtratga 88 ml metil spirt qoʻshiladi. Eritma kristallanish uchun 24 soat xolodilnikda saqlanadi. Hosil boʻlgan ignasimon aminosirka kislota Byuxner voronkasida filtrlanadi va quritish shkafida 50°C da quritiladi. Miqdori 6 g.


    51-rasm. Aminosirka kislota (glikokol) olinadigan asbob.

    1. Klyayzen kolbasi, 2- termometr, 3-tomizgich voronka, 4-sovitkich, 5-alonj, 6-yig‘gich kolba.

    Aminosirka kislotani tozalash uchun kislotadan ozroq olib 12 ml qaynoq suvda eritiladi, unga 25 ml metil spirt qoʻshib kristallanishga qoldiriladi. Eritma soviganidan keyin xosil boʻlgan kristallar filtrlanadi. 5,5 g aminosirka kislota hosil boʻladi. Filtratga yana 25 ml metil spirt qoʻshnlsa ikki va uch asosli kislotalar hosil boʻladi:

    Aminosirka kislota (glitsin, glikokol)-shirin taʼmli, rangsiz kristall modda. Efirda erimaydi, 25°C da 100 g etanolda 0,043 g eriydi. 25oC da 100 g suvda 25,3 g, 75°C da 57,5 g modda eriydi. Molekulyar massasi 75,07; suyuqlanish temperaturasi 232-236°C (suyuqlanganda parchalapadi).
    Sifatreaksiyalari. 1. Xelat birikmalarning hosil boʻlishi. 5 protsentli glikokol eritmasiga 2 protsentli temir (III)-xlorid eritmasidan bir necha tomchi qoʻshiladi, tuq qoramtir-qizil rang hosil boʻladi. Glikokol eritmasiga 2 prosentli sulfat eritmasidan bir necha tomchi qoʻshilganda toʻk zangori rang hosil boʻladi.

    • Ningidrin bilan reaksiya. Glikokolning suvdagi 1 prosentli 2 ml eritmasidan probirkaga quyib, ustiga bir necha tomchi 1 protsentli ningidrin (atsetondagi 95 protsentli eritmasi) qoʻshiladi. Eritma asta-sekin binafsha koʻk rangga boʻyaladi. Eritma 70°C gacha suv hammomida qizdirilganda rang hosil boʻlishi tezlashadi.

    • Nitrit kislota bilan reaksiya. (117-bet. “Etilendiamin” ga qarang). Aminokislotalar birlamchi aminlarga oʻxshab nitrit kislota bilan reaksiyaga kirishganda azot ajralib chiqib oksikislotalar hosil boʻladi.


    Yüklə 1,03 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin