Benzoyetil efir. C6H5cooh c2H5-oh ⇆ C6H5cooc2H5 + H2o reaktivlar



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə14/34
tarix27.04.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#103489
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
100-150 бетлар лотин 10.04.23

AMINLASH REAKSIYALARI
Aminlash reaksiyalari 116-betdagi 11-jadvalda berilgan.
43. Etilendiamin

Br-CH2-CH2-Br + 2NH3 + 2KOH → NH2 – CH2-CH2 – NH2 + KBr + H2O




Reaktivlar. 12,9 ml 1.2- dibrometan, 230 ml 25 pronentli ammiak, mis sulfat, kaliy gidroksid, xlorid kislota (d-1,18), etil spirt, natriy gidroksid, natron oxak.
Sigʻimi 500 ml li qalin devorli sklyankaga 12,9 ml dibrometan, 230 ml 25 protsentli ammiak eritmasi va 3 g mis sulfat (katalizator) solinadi. Sklyaikaning ogʻzi zich qilib rezina probka bilan berkitiladi, probka kolbaga yoni bilan bogʻlab quyiladi. Soʻngra sklyanka sochiq bilan oʻraladi, suv hammomiga quyib 75-80°C gacha qizdiriladi va dibrometanning hammasi erigunicha shu temperaturada saqlanadi. Agar aralashma har 5 minutda qattiq aralashtirib turilsa, reaksiya taxminan 2 soatdan keyin tugaydi. Aralashmani chayqatayotgaida dimoya koʻzoyiagi taqish kerak. Reaksion aralashma soviganidan keyingina kolba oʻralgan sochiqni olib, sklyankani ochish mumkin. Aralashma chinni kosaga agʻdariladi va quruq massa qolgunicha suv hammomida bugʻlatiladi. Qurud massa 85 ml suvda eritiladi, unga 25 g. kaliy gidroksidning 85 ml suvdagi eritmasi quyiladi va aralashma ammiak hidi yoʻqolguncha yana suv hammomida bug'latiladi. Bugʻlatilayotgan aralashmadan 60 ml qolganda 100 ml sigʻimli tubi yumaloq kolbaga quyiladi va kolbani asbest toʻr ustida dizdirib turgan holda etilendiamin (quruq boʻlguncha) haydaladi. Kolba sovigach unga 25 ml suv quyiladi va yana quruq boʻlguncha haydaladi. Hosil boʻlgan distillatga kuchsiz kislotali muhit hosil boʻlguncha suyultirilgan (1:1) xlorid kislota quyiladi (kislotali muhit hosil boʻlgan-boʻlmaganligi lakmus yordamida tekshiriladi). Aralashma filtrlanadi, soʻng chinni kosachada suv hammomida kristallga tusha boshlaguncha bugʻlatiladi. Sovtish natnjasida etilendiamin xloridning ignasimon kristallari hosil boʻladi. Bu kristallarni filtrlab, ozroq etil spirt bilan yuviladi, filtrat esa kristall hosil boʻlguncha yana buglatiladi. Keyin sovitib filtrlanadi, choʻkma filtrda etil spirt bilan yuviladi va olingan kristallar oldingi porsiyaga qoʻshiladi, filtrat yana qiyomga oʻxshash mahsulot hosil boʻlguncha bugʻlatiladi va unga barobar hajm etil spirt quyiladi, sovitiladi. Hosil boʻlgan kristallar filtrlanadi, yana spirt bilan yuviladi va havoda quritiladi. Etilendiaminning miqdori 10 g.
Etilendiaminni erkin holda ajratib olish uchun uning 10 g tuzi 10 g kaliy gidroksid bilan aralashtiriladi. Hosil boʻlgan massa 10-12 g natriy ohak bilan birga qoʻshib ezib retortaga solinadi. Retortani olovda qizdirib etilendiamin haydaladi, kaliy gidroksid bilan quritiladi. Haydalgan modda yana kichiroq Vyurs kolbasiga solib haydaladi. Qaynash temperaturasi 117°C. Uning miqdori 5g.
Etilendiamin (1,2-etandiamin)-rangsiz suyuqlik, suvda va etanolda eriydi. 100 g efirda 0,236 g etilendiamin eriydi. Molekulyar massasi 60,09; suyuqlanish temperaturasi 8,5° С; qaynash temperaturasi 117°C; 0,8994.
Sifat reaksiyasi. 1. Etilendiamin pikratining olinishi. 0,5 g etilendiamin xlorid 2 ml suvda eritilib, unga 10 ml pikrin kislotaning suvdagi toʻyingan eritmasi qoʻshiladi va bir yana dona natriy atsetat kristallaridan qoʻshiladi. Hosil boʻlgan eritma muzda sovitiladi. qiyip eruvchan choʻkma filtrlanadi, suv bilan yaxshilab yuviladi va etil spirtda qayta kristallantiriladi. Etilendiamin pikratining suyuqlanish temperaturasi 233-235°C (suyuklanganda parchalanadi).
2. Xingidron bilan reaksiyasi. Birlamchi aminlar xingidron bilan toʻq qizil, ikkilamchi aminlar qizil, uchlamchi aminlar esa toʻk, sariq rang hosil qiladi.
Etilendiamin tuzi kristallaridan bir nechtasi 0,5 ml 50 protsentli spirtda eritiladi va unga xingidronning 2,5 prosentli 1 ml metil spirtdagi eritmasidan qoʻshiladi. 1-2 minutdan kepin aralashmani 2 ml 50 protsentli spirt bilan suyultirib, ustiga 0,1 n ishkor eritmasidan 1-2 tomchi qoʻshiladi. Toʻq qizil rang hosil boʻladi.
3. Nitrat kislota bilan reaksiyasi., Birlamchi alifatik aminlarga nitrit kislota taʼsir ettirilgapda azot ajralib chiqib, tegishli spirtlar hosil boʻladi.
0,2 g etilendiamin xlorid 1 ml suvda eritiladi, unga 10 protsentli natriy nitrit eritmasidan 2 ml konsentrlangan sirka kislotadan ozgina qoʻshiladi. Azot pufakchalari ajralib chiqadi.
4. Izonitril reaksiya. Bu reaksiya birlamchi aminlar uchun xosdir. Probirkaga 0,5 g etilendiamin xlorid solib, unga 2-3 tomchi xloroform va kaliy gidroksidning spirtdagi 15 protsentli eritmasidan 1 ml quyiladi. Aralashma (moʻrili shkafda!) kizdirilganda izonitril hosil boʻladi, uni yoqimsiz hididan bilish mumkin (Ehtiyot boʻlib hidlash kerak!). Reaksiya nihoyasiga yetgach, izonitril 3-4 ml konsentrlangan xlorid kislota yoki suyultirilgan sulfat kislota qoʻshish bilan parchalanadi.
44. Dietilanilin.

C6H5NH2 + C2H5Br + NaOH → C6H5N(C2H5)2 + NaBr + H2O




Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin