Benzoyetil efir. C6H5cooh c2H5-oh ⇆ C6H5cooc2H5 + H2o reaktivlar


Ammiakning suvdagi eritmasi yordamida olinishi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə17/34
tarix27.04.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#103489
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
100-150 бетлар лотин 10.04.23

2. Ammiakning suvdagi eritmasi yordamida olinishi
Cl-CH2-COOH +2NH3 → NH2 – CH2 – COOH + NH4Cl
Reaktivlar. 14,3 g monoxlorsirka kislota, 500 ml ammiak (suvdagi eritmasi d=0,90), metil spirt.
Ish moʻrili shkafda oʻtkaziladi!
14,3 g monoxlorsirka kislota 750 ml sigʻimli konussimon kolbada 500 ml ammiakning suvdagi eritmasida eritiladi va 40 soat qoldiriladi. Soʻngra eritma Vyurs kolbasnga quyiladi va suyuqlikning asosiy massasi haydaladi. Ajralib chiqayotgan ammiak yigʻgich-kolbaga quyilgan 10-15 protsentli xlorid kislotaga yuttiriladi (alonjning uchi kislota eritmasining yuqori qismida boʻlishi kerak). Kolbada solgan eritma chinni kosachaga quyiladi va qurigunicha suv hammomida bugʻlatiladi. Quruq massa aminosirka kislota bilan ammoniy xlorid aralashmasidan iborat. Glikokolni ammoniy xloriddan ajratish uchun ularning metil1 spirtdagi eruvchanligi har xilligidan foydalaniladi. Glikokol bilan ammoniy xloridning quruq aralashmasi Sokslet apparatida metil spirt bilan 6 soat davomida ekstraksiya qilinadi. (15-rasm). Bunda ammoniy xlorid eritmaga oʻtadi, glikokol esa asbobning gil- zasida qoladi. Glikokolni gilzadan olib, havoda quritiladi. Uning miqdori 4,5 g, suyuqlanish temperaturasi 232-236°C (suyuqlanganda parchalanadi).
Agar olingan mahsulot kumush nitrat bilan choʻkma hosil qilsa, uni suvda qayta kristallantirish mumkin.
Sifat reaksiyasi va xarakteristikasi yuqorida berilgan (1-usul).
47. Benzilamin


Reaktivlar. 20 g ftalimid, 10 g suvsiz kaliy karbonat, 18,2 ml benzil xlorid, kaliy gidroksid, dietil efir, natriy xlorid.
Ish moʻrili shkafda bajariladi! Benzil xlorid shiliq pardalarga taʼsir qiladi.
200 ml sigʻimli tubi yumaloq uzun boʻyinli kolbaga maydalangan 20 g ftalimid va 10 g suvsizlantirilgan kaliy karbonat hamda 18,2 ml benzil xlorid solinadi. Kolbaga qaytarma sovitgich ulanadi va 3 soat moy hammomda 180°С temperaturada (termometr hammomdagi moyga tegib turishi kerak) qizdiriladi. Reaksiya nihoyasiga yetgach reaksiyaga kirishmay qolgan benzil xlorid suv bugʻi bilan haydaladi. Kolba sovitiladi va undagi aralashmaga ehtiyotlik bilan 27 g kaliy gidroksid qoʻshiladi va kolbaning 3/4 sigʻimigacha suv quyiladi. Soʻng kolbadagi suyuqlik quruq massa hosil boʻlguncha haydaladi. Kolbani sovitib, unga suv quyib, yana quruq massa hosil boʻlguncha haydaladi. Distillatlarni yigʻib, osh tuzi bilan toʻyintiriladi va aralashmadagi benzilamin ajratib olinadi (4 marta 15 ml dan). Efir eksktraktlarni qoʻshib 12 soat davomida quritiladi, soʻngra efir Vyurs kolbasida suv hammomida haydaladi. Ekstraktni haydash davomida tomizgich voronka orqali kolbaga uning yangi porsiyasidan quyib turiladi. Efir haydab boʻlingandan keynn, tomizgich voronka oʻrniga termometr, suvli sovitgich oʻrniga xavo sovitgichi oʻrnatib, qoldiq asbest toʻr ustida qizdirib haydaladi, 182-186°C da qaynaydigan fraksiya yigʻiladi. Benzilaminning miqdori 8,5 g.
Benzilamin (a-aminotoluol)-rangsiz suyuqlik, efir va etanol bilan aralashadi, suvda eriydi. Molekulyar massasi 107,16; qaynash temperaturasi 185°C; znchligi 0,9826.
Sifat reaksiyalari. (“Etilendiamin”ga qarang.)

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin