Benzoyetil efir. C6H5cooh c2H5-oh ⇆ C6H5cooc2H5 + H2o reaktivlar



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə10/34
tarix27.04.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#103489
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
100-150 бетлар лотин 10.04.23

37. Salitsil kislotaning fenil efiri.



Reaktivlar. 5,7 g salitsil kislota, 4 g fenol, fosfor (V)-xloroksid, natriy gidroksid, metil spirt.
Ish moʻrili shkafda bajariladi! Fenol bilan ishlashda qoʻlqop va himoya koʻzoynagi kiyish kerak!
Tubi yasi ikki ogʻizli 50 ml sigʻimli kolbaga qaytarma sovitgich va tomizgich voronka oʻrpatnladi. Sovitgich va voronka kalsiy xloridli nay bilan berkntiladi va kolba moy hammomiga quyiladi. Kolbaga 4 g yangi haydalgan fenol, 5,7 g salitsil kislota solib 135°C da suyuqlantiriladi (hammomga termometr qoʻyilgan). Keyin aralashmaga asta-sekin tomizgich voronkadan 1,3 ml fosfor (V)-xloroksid tomiziladi. Soʻngra tomizgich voronka oʻrniga termometr qoʻyiladi (u reaksion aralashmaga tu- shpb turishi kerak) va kolbadagi aralashma 120°C da vodorod chiqmay qolguncha (taxminan 1,5 soat) sizdiriladi. Reaksiya tamom boʻlgandan keyin hammom olib qoʻyiladi va reaksion massa 60°C gacha sovitiladi. Reaksion massa ikki qatlamdan iborat: pastki qatlamda (qizil binafsha rang) fosfat kislota va smolaga oʻxshash qushilmalar, yuqori qatlamdatiniq, sargʻish reaksiya mahsuloti boʻladi. Yuqorngi qatlam sekin 35 ml suvi bor chinni kosachaga quyib olinadi. Shunda mahsulot pushti rangli massa holatida qotadi. Olingan suyuqlanmani tozalash uchun u 5 ml 3 protsentli natriy gidroksid eritmasi bilan aralashtirib turib maydalanadi. Soʻngra 5 ml shu erit- madan qoʻshiladi, yaxshilab aralashtiriladi va Byuxner voronkasida filtrlanadi. Choʻkma filtrda suv bilan yuviladi, soʻngra choʻkma chinni kosachaga olinadi va 30 ml suv bilan aralashtiriladi, yana filtrlanadi. Filtr qogʻozi orasiga olib havoda quritiladi.
Salitsil kislotaning fenil efiri (salol) metil spirtdan qayta kristallantirib tozalanadi. Buning uchun havoda yaxshi quritilgan mahsulot metil spirtda qaynatib eritiladi (16- rasm). Spirtning miqdori salolning yarmicha bulishp kerak (salolin eritish uchun qaytarma sovitgichli konussimon kolba ishlatiladi). Salolning hammasi erib boʻlgach, kolba sovitiladi va ichidagi moddaning hammasi qotgunicha chayqatiladi. Ajralib chiqqan kristallarni filtrlab, choʻkma filtrda ozroq metil spirt bilan yuviladi va havoda quritiladi. Uning miqdori 6 g ga yaqin.
Suyuqlanish temleraturasi aniqlanadi (43°C). Salitsil kislotaning fenil efiri (salol, fenilsalitsilat) bir oz xidli rangsiz, kristall modda. Spirtda rombik tabletka koʻrinishida kristallanadi. Efirda, benzolda, xloroformda yaxshi eriydi. 25°C da 100 g etanolda 21,5 g, 25°C da 100 g suvda 0,015 g fenilsalitsilat eriydi. Molekulyar massasi 214,23; suyuqlanish temperaturasi 43°C; qaynash temperaturasi 173°C (12 mm sim. ust. da); 1,1553.
Sifat reaksiyasi (fenolning gidroksil gruppasiga reaksiya). Salolning bir necha kristallchasi etil spirtda eritiladi va unga bir necha tomchi 2 protsentli temir (III)-xlorid eritmasidan qoʻshiladi. Binafsha rang hosil boʻladi.
38. Benzoy kislotaning fenil efiri.
C6H5OH + C6H5COCl + NaOH → C6H5COOC6H5 + NaCl + H2O

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin