Reaktivlar. 5 g suvsiz glyukoza, 23 ml sirka angidrid, suvsiz natriy atsetat etil spirt.
Kukun qilib maydalangan 5 g glyukoza 2,5 g suvsiz natriy atsetat bilan yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma 100 ml sigimli tubi yumalod kolbaga solinadi va ustiga 23 ml sirka angidrid quyiladi. Kolbaga xlor kalsiyli qaytarma sovitgich ulanadi. Kolbadagi aralashmani aralashtirib turgan holda qaynayotgan suv hammomida 2,5 soat qizdiriladi. Reaksiya nihoyasiga yetgach, aralashmani jildiratib stakandagi 200 ml suv va muz aralashmasi ustiga (aralashtirib turib) quyiladi. Xosil boʻlgan oq massa shisha tayoqcha yordamida aralashtiriladi va 1,5 soat qoldiriladi. Bu vaqtda reaksiyaga kirishmay qolgan sirka angidrid gidrolizlanadi. Soʻngra β-pentaatsetilglyukoza (oq kristall massa) filtrlanadi, filtrda shisha probka bilan yaxshilab siqiladi va etil spirtda qayta kristallantiriladi (16-rasm). Qayta kristallantirish uchun taxminan 40-50 ml etanol sarflanadi. β-pentaasetilglyukoza miqdori 9 g.
Uning suyuqlanish temperaturasi aniqlanadi (131°C).
Pentaatsetat β-R-glyukoza (pentaatsetil-β-D-glyukopiranoza) - rangsiz kristall modda. Eruvchanligi 18°C da 100 g suvda 0,09 g; 19°C da 100 g etanolda 0,82 g; 15°C da 100 g dietil efirda 2,1 g. Molekulyar massasi 390, 35; suyuqlanish temperaturasi 131°C.
33. Glitserintribenzoat.
Reaktivlar. 1,8 g glitserin, 7 ml benzoil xlorid, piridin, sulfat kislota (d=1,84), etil spirt.
Ish moʻrili shkafda olib boriladi! Piridin zaharli, benzoil xlorid shiliq pardalarga taʼsir qiladi.
50 ml sig’mli konussimon kolbada 1,8 g gilitserin 9 ml piridinda eritiladi. Eritma muzli suvda sovitiladi, soʻngra ustiga oz-ozdan, aralashtirib turib benzoil xlorid qoʻshiladi. Eritma qizil rangga kiradi, undan koʻp miqdorda piridin xlorid choʻkadi. Aralashma bir necha soatga qoldiriladi, keyin unga 10 protsentli sulfat kislotaning sovitilgan eritmasi qoʻshiladi, bunda piridin xlorid eriydi, glitserintribenzoat esa choʻkmaga tushadi. U filtrlanadi, sovuq suv bilan yuviladi, havoda quritiladi va etil spirtda qayta kristallantiriladi (16-rasm). Glitserintribenzoatning miqdori 6 g.
Suyuqlanish temperaturasi (76,5°C) aniqlanadi.
Glitserintribenzoat (tribenzoin)-kristall modda, spirtdan ignasimon kristallanadi. Efirda, qaynoq etanolda eriydi, suvda erimaydi. Molekulyar massasi 404,42; suyuqlanish temperaturasi 76,5°C; qaynash temperaturasida parchalanadi; 1, 228.