Lingvistik manbalar . Lingvistik m anbalar deb tilimizdagi, aniqrog'i uning leksik — so'z boyligi tarkibidagi uzoq o'tmishdan qolgan, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’muriy va yuridik atam alarga aytiladi. Masalan, xiroj — o'rta asrlarda aholidan. asosan dehqonlardan olinadigan asosiy soliq; daromad solig'i; ushr — darom adning o‘ndan bir qismini tashkil etgan soliq; zakot — chorva va m ulkdan kam bag'allar uchun yiliga bir marta olinadigan soliq; suyurg'ol - shahzodalar va amirlarga toj-u taxt oldida ko'rsatgan katta xizmatlari uchun beriladigan yer-suv; tansuqot — kamyob, e’tiborga molik buyum, mato; podshohlar, xonlar va nufuzli kishilarga qilinadigan tortiq; cherik — qo'shin; qorovul — qo'shinning oldi va yon tomonlarida boradigan maxsus harbiy bo'linma; xalifa - Muhammad payg'ambaming o'rinbosari, o'rta asrlarda arab musulmon feodal davlatining boshlig'i; mirishkor — to 'g 'risi — miri shikor, podshoh va xonlarning ov qushlari va ov hayvonlarini tasarruf etuvchi mansabdor; mirob — suv taqsimoti bilan shug'ullanuvchi mansabdor; qozi — shariat asosida ish yurituvchi sudya; yorlig' — o'rta asrlarda hukmdor tarafidan beriladigan rasmiy hujjat; vaqfnoma - masjid, madrasa, xonaqoh va mozorlarga in’om etilgan yersuv haqida tuzilgan maxsus hujjat va boshqa atamalar juda ko‘p uchraydi. Bu va shunga o‘xshash atamalar, shubhasiz qimmatli tarixiy material bo'lib, ajdodlarimizning ijtimoiy - siyosiy hayotini o'njanishga yordam beradi. Ulaming kelib chiqishi va etimologiyasini lingvistika fani (lotin. Lingua — til) o'rganadi.
Xalq og‘zaki adabiyoti . Og'zaki adabiyot madaniyatning eng qadimgi qismi bo'lib, uning ildizi ibtidoiy jamoa va ilk feodalizm tuzumiga borib taqaladi. Og'zaki adabiyotning ayrim namunalari qadimgi yunon tarixchilari, shuningdek, Tabariy, Mas’udiy, Beruniy, Firdavsiy, Ibn al-Asirkabi Sharq olimlarining asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. Kayumars, Jamshid va Siyovush haqidagi afsonalar, Amort va Sparetra, To'maris va Shiroq haqidagi qissalar shular jumlasidandir. Urug'chilik davri tarixini, ayniqsa, patriarxal munosabatlarini o‘rganishda “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li” kabi dostonlar, shuningdek, xalq ertaklari, marosim qo'shiqlari, matal va topishmoqlaming roli ham benihoyat kattadir. Bu xalq durdonalari turli ijtimoiy tabaqaga mansub kishilaming turish-turmushi, ma’naviy qiyofasi, urf-odati, ayniqsa, uzoq o‘tmishda hukm surgan ijtimoiy munosabatlar haqida qimmatli ma’lumot beradi. Tarixiy manbalaming bu turi bilan folklor fani (nem. Folk - xalq, lore — bilim; donishmandlik, xalq donoligi) shug'ullanadi.