Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti biologiya fakulteti umumiy biologiya va fiziologiya kafedrasi



Yüklə 26,77 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü26,77 Kb.
#196631
1-mavzu


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INNOVATSION TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI


UMUMIY BIOLOGIYA VA FIZIOLOGIYA KAFEDRASI
Biologiya ta’lim yo’nalishi
4-bosqich 4 “B” -guruhi
Talabasi O’rozboyeva Kamolaning
Biologiya o’qitish metodikasi fanidan
tayyorlagan


MUSTAQIL ISHI


Tayyorladi: O’rozboyeva Kamola
Qabul qildi: Allaniyazova Muazzam


NUKUS-2023


Mavzu: Maktab oʻquv rejasidagi biologik taʼlimning oʻziga xos tomonlari
Reja:
1. Biologiya o’qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari
2. Biologik ta’lim yutuqlari
3. Biologik ta’limning politexnik roli
4. Biologik ta’limning tarbiyaviy roli


Biologiya o’qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari
Biologiya o`qitish metodikasi biologiya o`quv fanlarining mazmuni, uning o`qitish shakllari, metodlari, vositalarini o`zaro bog`liq holda joriy etishni maqsad qilib qo`yadi.
Biologiya o`qitish metodikasining asosiy vazifasi o`quvchilarga biologik o`quv fanlar bo`yicha chuqur atroflicha bilim berish, ularning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida kamol topishga ko`mak beruvchi o`quv fanlar mazmunini, o`qitish shakllari, vositalari va metodlarini ishlab chiqishdan iborat.
Biologiya o`qitish metodikasi fan sifatida. Har qanday fan insonning tadqiqot faoliyati bilan aloqador bo`lib, u narsa va xodisalar to`g`risida bilimlar to`plashga yo`nalgan, hamda tadqiqot qilinayotgan narsa xodisalar to`g`risida to`liq va chuqur bilim olishga qaratilgan. Fanning asosiy funksiyasi tadqiqot hisoblanadi.
Biologiya o`qitish metodikasi fan sifatida mazkur fan bilan bog`liq o`quvchilarning bilim olish, tarbiyalanish va rivojlanishini nazariy va amaliy jihatidan tadqiq qilishni maksad qilib qo`yadi. Fanning asosiy belgisi bo`lib, maqsadning aniqligi, o`rganish predmeti, bilimlarni bilish usullari va shakllari hisoblanadi. Shu bilan birga fanning rivojlanish tarixi, uning boyishiga sababchi bo`lgan kashfiyotlarni bilish ham muhim sanaladi.
Biologiya o`qitish metodikasi pedagogik fanlar tarkibiga kiradi. Shu sababli uning oldida turgan maqsad va vazifalar ham umumpedagogik maqsad va vazifalardan kelib chiqadi.
Biologiya o`qitish metodikasi barcha o`quv fanlarga taaluqli bo`lgan pedagogik qoidalarni, biologik o`quv materialini tadbiq yetishga yo`nalgan. Shu bilan bir qatorda biologiya o`qitish metodikasi tabiiy, ilmiy, biologik, psixologik, pedagogik bilimlarni o`zida mujassamlashtiradi. Biologiya o`qitish metodikasi biologiya o`quv fanining o`qitish maqsadini, mazmunini, biologik bilimlarning tanlash prinsipini belgilab beradi.
Biologiya o`qitishning hozirgi davrda samarali bo`lishi o`quvchilarga o`quv, mehnat va jamoat faoliyatlarida qatnashishi uchun zarur bo`lgan biologik bilimlar, ko`nikmalar, malakalarni egallaganliklari bilan belgilanadi. Ular yesa o`z navbatida o`quvchilarning tarbiyalanganlik natijasida, dunyoqarashi, e`tiqodi, tabiat, jamiyat va shaxsga bo`lgan munosabatida namoyon bo`ladi. O`quvchilarning rivojlanish darajasi, qobiliyati, jismoniy va aqliy jihatdan takomillashtirishga bo`lgan yextiyoji bilan ifodalanadi.
Fan sifatida biologiya o`qitish metodikasining vazifalari quyidagilardan iborat:
1.O`quvchilarning o`qitish va tarbiyalash, kamolga yetkazishda o`quv fanining o`rnini aniqlash;
2.Maktab o`quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqish va uni maktab amaliyotiga tadbiq yetish;
3.O`quvchilarning yoshiga mos ravishda o`quv fanlarining mazmuni, undagi mavzularning o`rganish izchilligini belgilash;
4.Biologik o`quv fanlarining o`ziga xos tomonlarini e`tiborga olgan holda, o`qitish usullarini, tashkiliy shakllarini ishlab chiqish;
5.O`qitish jarayonida qo`llash uchun zarur jihozlarni aniqlash.
6. Biologiya xonasi tirik burchak, tajriba yer maydoning tashkil yetish, tabiiy, tasviriy, audio, video vositalarni belgilash.
7. Biologiya o`qitish metodikasining ob`yekti bo`lib, mazkur o`quv fani bilan aloqador bo`lgan o`quv tarbiyaviy jarayon hisoblanadi,
8.Biologiya o`qitish metodikasining predmeti bo`lib biologik bilimlarning maqsadi, mazmuni, o`qitish usullari, shakllari, o`quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishidir.
Biologiya o`qitish metodikasining ilmiy tadqiqot metodlari:
1.Maktab o`qituvchilarining ish tajribasini kuzatish va faoliyatdagi ijobiy, salbiy tomonlarini aniqlash;
2.Bu sohada to`plangan ma`lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va hal yetilmagan muammolarni aniqlashtirish va ularni hal yetish uchun zarur ishchi farazlarni ilgari surish;
3.Ilgari surilgan farazlarning qanchalik haqiqatga yaqin yekanliklarini aniqlash maqsadida maktablarda pedagogik tajribalar o`tkazish hamda, nazorat sinflardan olingan ma`lumotlarni o`zaro taqqoslash;
4.Kuzatish va pedagogik yeksperimentlardan olingan ma`lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va xulosalash;
5.Olingan ma`lumotlarga asoslanib, metodik maqolalar, qo`llanmalar yaratish va ishlab chiqilgan fikr mulohazalarning ommaviy maktablarda tekshirishdan o`tkazish va tasdig`ini olish.
6.O'quvchilarni har tomonlama etuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o'zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko'p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarining samarali ishlashiga bog'liqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o'quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini to'ldiradi. Ularning dunyoqarashi, to'g'ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko'maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan bog'lanishiga zamin yaratadi.
Biologik ta’limning roli insoniyat hayotida katta ahamiyatga ega. Biologiya o’qituvchi biologik bilimlarning har bir inson hayoti va mehnatidagi rolini chuqur anglashi, bunga ishonch hosil qilishi lozim, bu shunday ishonchni o’quvchilarda tarbiyalash uchun zarurdir. Maktabda o’qituvchining muvaffakiyatli ish olib borishining birinchi sharti ana shudir, chunki tarbiyalovchi talim jarayoni ishonchga asoslanadi.
Biologiya o’qituvchisining kasbi, o’quvchilarga nega har bir odam biologiyani o’rganish zarurligini singdirishi uchun yuqori saviyadagi bilim va mustahkam idorani talab etadi.
XX-XXI asrda fan va texnika rivojlanib ketdi, natijada insoniyat o’zi yashayotgan muhit bilan qarama-qarshilikka duch kelmoqda, muhit uning sog’ligiga va hayotiga havf solmokda. Sababi ishlab chiqarish va transport chiqindilari, o’rmonlarni kamayishi, azon qavatida teshiklar hosil bo’lishidir.
Butun dunyoda tabiatni muhofaza qilish, uning resurslarini qayta tiklash va ulardan unumli foydalanish, barcha insoniyat oldida turgan muhim vazifalardan bo’lib kelmokda. Har bir kishi, davlat va butun insoniyat uchun biologik bilimlarning keng yoyilishi va ahamiyati misli ko’rilmagan darajada oshdi.
Biologiya fanining yutuqlari ishonchli tarzda insoniyat yangi asrga -biologiya asriga kirib borganligi haqida dalolat bermokda.
Biologiya fanining yutuqlari ko’p jihatidan tabiiy fanlar fizika, kimiya, matematika, astronomiya sohasida erishilgan yutuqlardan foydalanish natijasida yuz bermoqda. Bu fanlarning yutuqlari va metodlari asosida elektron mikroskopiya, spektroskopiya, rentgenostruktura tahlili, hujayraning molekulyar va submoyaekulyar darajada o’rganish imkonini beradi. Bioximiya va biofizika metodlari asosida tajribalar o’tkazish natijasida moddalar almashinuvi ayniqsa oqsil biosintezining mexanizmi ochib berildi, fotosintez sirlari ochildi. İrsiyagning moddiy asosi DNK va RNK strukturasi, funktsiyasi ayon bo’ladi, aminokislotalarning genetik kodi ochib berildi.
Olimlarning diqqat etibori hayot hodisalarining mohiyatini aniqlashga, moddalar almashinuvi, irsiyat va o’zgaruvchanlikni boshqarishning turli usullarini ishlab chiqarishga qaratilgan.
Hujayra va uning organoidlarida boradigan ko’p jarayonlarining fizik-kimyoviy va biologik mohiyatini ochib bergan fan yutuqlari hayotiy jarayonlari borishiga aktiv aralashishi imkoniyatlarini bermoqda. Biologiya fanining yutuqlari meditsina oldiga rak, virus, yurak, qon-tomir va boshqa kasalliklarni davolash kabi vazifalarini qo’ymoqda va bu xastaliklar asta-sekinlik bilan o’z davosini topmoqda.
Hozirgi vaqtda tirik organizmlarni tuzilishi va unda boradigan jarayonlarga asoslangan texnika fani - kibernetika asosida tabiiyot fanlarida yangi yo’nalish - botanika vujudga keldi, bu biologiyani fizika va texnika bilan bog’laydigan fandir.
Bionika organizmlarning morfologik va funktsional moslanishlarini muxandislik masalalarini echish doirasida aniqlaydi va tahliya qildi. Masalan, sezgi organlari juda kichik bo’lgan hashoratlar, tez va ko’p xarakatlanib energiyani kam sarflashi, tez tasirlanishi, tanlovchanligi va o’z-o’zini boshqara olishi kabilar olimlar fikrini jalb etadi va texnikaga Ko’llash usullari haqidagi fikrlarni tug’diradi. Hozirgi vaqtda juda ko’p qurilmalar hayvonot va o’simlik olamining tuzilishiga asoslangan holda ishlab chiqilgan.
Hayotiy jarayonlarni boshqarishda fiziologik faol moddalarni roli nihoyatda ortib bormoqda. Shuning uchun biologlar biologik faol moddalar gormonlar, vitaminlar, antibiotiklar, oqsillar hosil qiladigan mikroorganizm shtammlarini yaratib gen va hujayra muxandisligi usullarini qo’llab insoniyat uchun zarur bo’lgan moddalarni sintez qilib olmoqda. Bunga misol qilib hozirgi vaqtda ichak tayoqchasi bakteriyasi genotipiga insulin sintezin» boshqaruvchi gen kiritish orqali insulinni sintez qilish yo’lga qo’yilgan. Bu jarayonlar biotexnologiyada keng qo’llanilmokda.
Hozirgi vaqtda insoniyat, zamonaviy genetika va biotexnologiya yutuqlariga tayanib, xossalari oldindan malum bo’lgan mikroorganizmlarni shtammlarini yarata oladigan bo’ladi. Mikroorganizmlardan va hayvonlar uchun zarur bo’lgan vitaminlar, antibiotiklar va boshqa gormonlari ishlab chiqaradilar. Bu biopreparatlarni sanoat usulida ishlab chiqish yo’lga qo’yilib, hayvonlar ozuqasiga qo’shib berilmoqta. Mikroorganizmlar yordamida hayvonlar mahsuldorligini oshirish, o’simliklarni o’sish va rivojlanishini tezlashtirish, hosilni hamda o’simliklarni kasalliklarga chidamligini oshirish usullari yo’lga qo’yilgan. Gen injeneriyasi usullari qo’llanib qo’sak kurtiga chidamli g’o’za va kolarado qo’ng’iziga chidamli kartoshka navi etishtirilgan.
Biologiya fanining yangi sohasi-kosmik biologiya hozirgi vaqtda vujudga kelgan. Undan koinotdagi hayotning shakllari, tarqalishi va uning xususiyatlari qanday, o’zga sayyoralarda hayot nishonalari bor yoki yo’qliga haqidagi olamshumul savollarga javob qugilmoqda. Biologiya fani erishgan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilingan sari odamlar uchun biologik talim profetsional tayyorgarlik elementi bo’lib qoladi. Umumny texnika taraqqiyoti bilan birga ularning ixtisoslariga bo’lgan talablari ham oshmokda. Ular agronomiya va zootexnika bilimlarini egallash g’oyat zarurligini sezmoqdalar va egallamokdalar.
Shundan ko’rinib turibdiki, o’rta maktabda biologiya talimi politexnik xarakterga ega bo’lmog’i va u yosh avlodning ijtimoiy foydali hamda unumli mehnatdagi ishtiroqi bilan bog’lanishi lozim. Bu aloqa fermer xo’jaliqlarida, ko’kalamzorlashtirishda, yangi foydali qazilmalarni, o’simliklarni qidirib topishda, dorivor o’simliklar to’plashda va boshqa ijtimoiy foydali ishlarda amalga oshiriladi. Bu nazariy bilimlarni
chuqurlashtirishga yordam qiladi va tabiat, qishloq xo’jaliga bilan bog’liq maktab o’quvchilariga kasb tanlashlariga imkon beradi.
Biologiyani o’rganish mehnatga muhabbat va hurmatni, mehnatni insoniyatning barcha moddiy va manaviy boyliklarining manbai sifatida etirof etishni tarbiyalshi uchun keng imkoniyatlar beradi. Maktabda biologiya kursini o’rganishni to’g’ri yo’lga qo’yilganda u maktabni tamomlab chiqqandan keyin ham mustaqil ravishda malumot olish yo’li bilan bilimlarni tinmay yangilab borish ehtiyojini tug’diradi va rivojlantiradi.
Hozirgi zamon kishisi hayotining tirik tabiat to’g’risidagi ilmiy bilimlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi, chunki uning hayoti o’simliklar va hayvonot olami bilan butkul bog’langan. Lekin o’simliklar - Erda organik xom ashyo va energiya olish manbaidir. Hayvonot dunyosi o’z navbatida turli xil oziq-ovqat va sanoat xom ashyosining manbai bo’lib xizmat qiladi. Tabiiy boyliklardan mohirona foydalanish va ularni ko’paytirish xalq va davlat farovonligini yuqoriga qo’tarish uchun xizmat qiladi.
To’g’ri yo’lga qo’yilgan biologik talim, ilmiy dunyoqarashni tarbiyalashga imkon beradi. O’quvchilar, biologik talim olaturib, tabiat faktlari va hodisalarini o’zaro boglanishda, harakat, o’zgarish va rivojlanish holatida tushunishga o’rganadilar.
Biologik talim ko’p jihatdan yosh avlodni estetik tarbiyalashga yordam beradi. Ajoyib manzara yosh ruhning rivojlanishiga shu qadar ulkan darajada tarbiyaviy tasir ko’rsatadiki, pedagogning tasiri u bilan tenglasha olmaydi. Biologiyani o’rganishda estetik tarbiyaga barcha o’quv tarbiya jarayonining uzviy qismi sifatida qaraladi. İlmiy idrok qilish estetik qabul qilish va xissiyotlarni o’z ichiga oladi.
Biologik talim insonning qalbi va aqliga ijobiy tasir qilish uchun xamma imkoniyatlarga egadir. Tabiatni idrok qilish u bilan yaqinroq ganishayotgan kishiga juda katta huzur baxsh etadi. Tabiat vositalari bilan estetik tarbiya berish yosh avlodning umumiy estetik tarbiyasiga ko’maklashadi.
Tabiatni sevish - katta va murakkab tuyg’udir. U yuksak qalb va aql doiralarini qamrab oladi va odamning ongli manaviy hayotining asosiy tomonini tashkil etadi. Bu tuyg’u ko’p jihatdan vatanparvarlik xislariga mos keladi. Jonajon tabiatga bo’lgan muhabbat bilan birga yosh avlodga jonajon o’lkaga, jonajon mamlakatga qo’yilgan mehr o’sadi. U bevosita bolalikda, maktab yillarida tug’iladi. Ulg’ayish va etuklik mehru muhabbatni xis etib olishga olib keladi va uni mustahkamlaydi. Biologik talim butun yosh avlodni tabiatga to’g’ri munosabatda bo’lishga olib keladi: unga nisbatan tasirchan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiatning chiroyini idrok etishdan tashqari uni muhofaza qilish, asrash, tabiat boyliklarini o’z qo’llari bilan yaratish va ko’paytirishga o’rgatadi. Bularning barchasiga biologik qonuniyatlarni chuqur va ongli ravishda o’zlashtirgandagina erishish mumkin.

Adabiyotlar:




1. Tolipova. J, A.T. G`ofurov. Biologiya o`qitish metodikasi. Toshkent. Bilim.2004.
2. Verzilin N.M, V.M. Korsunskaya. Biologiya o`qitishning umumiy metodikasi. Tosh. O`qit. 1983.
3. J.G`. Yo`ldoshev, S.A. Usmonov. Pedagogik texnoldogiya asoslari. Tosh. O`qit. 2004.
4.Maksimova, Kovaleva i dr. Sovremennыy urok biologii. M.Pros. 1985.
5.Tolipova J, G`ofurov , Biologiya ta`limi texnologiyalari.
6. N.N.Azizxo`jayeva. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat. Tosh. 2006.


Yüklə 26,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin