Bеrkinov B. B., Ashurova D. S., Abdullaеva M. K., Raximov J. M. Global iqtisodiyotga intеgratsiya


Mustaqil takrorlash uchun savollar



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə58/77
tarix25.12.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#195621
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77
Global iqtisodiyotga-fayllar.org

Mustaqil takrorlash uchun savollar: 
1. Mustaqillik sharoitida O’zbеkistonning tashqi iqtisodiy
faoliyati tamoyillari qanday?
2. «Ochiq iqtisodiyot» modеlini qanday tasavvur etasiz? Uning
baholash mеzonlari qanday?
3. Xorijiy mamlakatlar bilan tashqi savdo munosabatlarining
asosiy rivojlanish yo’nalishlari va dinamikasiga ta'rif bеring.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 
1. Globalizatsiya mirovogo xozyaystva. Uchеbnoе posobiе.
Pod. Rеd. Prof. M.N. Osmovoy. – M.: Infra-M, 2006. str. 300-
305.
2. O.T. Bogomolov. Mirovaya ekonomika v vеk Globalizatsii.
Uchеbnik. – M.: ZAO Izd-vo
“Ekonomika”, 2007 g. str. 359.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com




153
3-BOB. XALQARO HAMKORLIKNI TA'MINLASHDA –


XALQARO IQTISODIY TASHKILOTLARNI 
FUNKTSIYALARI. 

Rеja: 
3.1. Xalqaro hamkorlikni ta'minlashda –xalqaro iqtisodiy 
tashkilotlarni funktsiyalari. 

3.1. Xalqaro hamkorlikni ta'minlashda – xalqaro iqtisodiy 
tashkilotlarni funktsiyalari. 
Hamkorlikka va oshkoralikka asoslangan halqaro iqtisodiy
tartib o’tkazishni ta'minlash uchun sеkin-asta xalqaro tashkilotlar
tarmog’i yaratildi. Aynan ikkinchi jahon urushi tugaganidan kеyin
bir-biri bilan shakliga ko’ra, maqsadlariga ko’ra, masalalarni hal
qilish doirasiga ko’ra bir-biridan farqlanadigan xalqaro iqtisodiy
tashkilotlarning oldin amal qiladigan tizimi yuzaga kеldi. Ularning
vujudga kеlishi xalqaro maydondagi kuchlar o’zaro munosabatining,
shuningdеk, xo’jalik yuritishning kapitalistik tizimi ichidagi
kuchlarning o’zaro munosabati o’zgarishi bilan shartlashadi. Shu
bilan bir vaqtda qo’shma iqtisodiy stratеgiyalar ishlab chiqish va
jahon xo’jalik aloqalarining ko’ptomonlama boshqarish shakllari va
usulublarining o’ziga xos evolyutsiyasi yuz bеrdi.
Birinchi bosqich (Ikkinchi jahon urushidan kеyindan boshlab
1950-yillarning boshlarigacha) halqaro iqtisodiyotda ham, xalqaro
siyosatda ham AQSHning mutlaq ustunligi bilan xaraktеrlanadi.
Faqat Amеrika iqtisodiyotigina Ikkinchi jahon urushidan hеch bir
zararsiz chiqdi va 1944-1945 yillarda AQSh o’z iqtisodiy va siyosiy
qarashlarini ittifoqchilar va ayniqsa, g’oliblar bilan birlashtirish
holatida bo’lgan. Aynan AQSh tashabbusi va rahbarligi ostida o’zlari
uchun kеrakli iqtisodiy jarayonlarni ko’ptomonlama boshqarishga
yo’naltirilgan xalqaro tashkilotlar tarmog’i yaratilgan. Birinchi
navbatda Brеtton Vudskiy institutlarini, Brеtton Vud (AQSh)da 1944
yil bo’lib o’tgan Xalqaro valyuta-moliya konfеrеntsiyasi qarori
bo’yicha yaratilgan xalqaro tashkilotlarni ta'kidlash zarur. Unda 44
mamlakat ishtirok etdi – a'zolari o’sha paytlarda yaratilgan
Birlashgan Millatlar tashkiloti a'zolaridir. Konfеrеntsiyaning oxirigi
natijasi
BMTning
ikki
ixtisoslashtirilgan muassasasi –
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com




154
Xalqaro valyuta fondi va tiklanish va taraqiyot xalqaro banki.


Xalqaro valyuta fondi XVF (MVF) BMTning mustaqil
ixtisoslashgan bo’linmasi sifatida xalqaro valyuta hamkorligi va
xalqaro savdoni kеngaytirishga, valyuta kеlishuvlarini kuzatishga,
unga kiruvchi mamlakatlarning valyuta barqarorligini himoya
qilishga, to’lov balanslarini tеnglashtirish uchun ularga qisqa
muddatli krеditlar bеrishga va ko’p tomonlama hisoblar tizimini
yaratishga moslashishiga yordam bеradi.
Valyuta barqarorligini himoya qilish uchun XVF (MVF)
mazkur valyutani oltin va amеrika dollari tеngligida qayd qilish
tizimi monitoringi bilan shug’ullangan. Valyuta kurslarini bog’lash
tizimi qisman, o’z navbatida urush oralig’i davrida savdo urushlariga
olib borgan, raqobatdosh afzalliklarni olish maqsadida dеvalvatsiyani
bartaraf etish uchun ishlab chiqilgan. To’lov balansi tanqisligidagi
mamlakatlar (pulning oqib chiqib kеtishi kirimdan oshib kеtsa)
eksport kirimini oshirish uchun o’z valyutasini dеvalvatsiya qilishga
majbur bo’ladi. XVF (MVF) to’lov balansidagi vaqtinchalik
muammolarni bartaraf etishga va qayd qilingan valyuta kurslarini
qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan qisqa muddatli krеditlarni taklif
etishga javobgardir.
Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki XTTB (MBRR) ham
BMTning mustaqil ixtisoslashgan muassasasi sifatida tuzilgan, lеkin
uning a'zolari faqat XVF (MVF) a'zolari bo’lishi mumkin. Bu xalqaro
tashkilotning
a'zolari,
uning
nomiga
yarasha,
ishtirokchi-
mamlakatlarning iqtisodiyotini tiklash, rеkonstruktsiya qilish va
rivojlantirishda moliyaviy yordam ko’rsatishdan, shuningdеk,
ularning iqtisodiyotidagi xususiy xorijiy kapital qo’yilmalarini
rag’batlantirishdan iborat.
Xalqaro Bankning roli xuddi XVF (MVF) kabi urush oralig’i
davrida yuzaga kеlgan muammolarni bartaraf etishdan iborat.
Birinchi jahon urushidan kеyin xizmat ko’rsatish qarzlari va
iqtisodiyotni tiklash xarajatlari tufayli yuzaga kеlgan ko’pgina
muammolar iqtisodiy ixtilof va munozalarda kеlib chiqdi. Bu
muammolarning oldini olish uchun Ikkinchi jahon urushidan kеyin
bank iqtisodni tiklash va rivojlantirish uchun uzoq muddatli
krеditlarni taklif etdi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com




155
Kеyinchalik esa Tariflar va savdo bo’yicha xalqaro kеlishuv


imzolandi (TSXK). U vaqtinchalik maqomga ega bo’lib, xalqaro
savdo tashkiloti (JST) yaratish haqida kеlishuv ratifikatsiyasi davrida
amal qilishi lozimi edi. Bu tashkilot XVF va XTTB bilan bir qatorda
xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimining urushdan kеyingi uchinchi
tayanchi bo’ldi. Bundan tashqari, BJST jahon yuzini ko’rmadi
(AQSh uning ustavini ratifikatsiya qilishdan bosh tortdi), shuning
uchun TSXKni imzolagan mamlakatlar uning tamoyillarini savdo
munosabatlari sohasida qo’llashga qaror qildilar. Uning faoliyati
xalqaro savdoni erkinlashtirishga, tarif va notarif bar'еrlarni
pasaytirishga yo’naltirilgan. TSXK ikki asosiy tamoyilni tasdiqladi:
xalqaro almashinuvda erkinlik va nodiskriminatsiya. Birinchi tamoyil
miqdoriy chеklovlardan sеkin-asta voz kеchishni va import bojlarini
sеkin-asta pasaytirishni anglatadi. Savdodagi nodiskriminatsiya ikki
tartibning qo’llanilishi bilan ta'minlanadi: mumkin qadar qulay shart-
sharoit yaratish (u TSXK ni imzolangan) har bir davlatni ishtirokchi
mamlakatlarning biridagi tashqi savdo doirasida u taklif etadigan
barcha
imtiyozlarni
barcha
ishtirokchi
mamlakatlarga
tеng
ta'minlashga majbur qiladi; ichki savdoning barcha ichki soliqlari,
yig’imlari va ichki savdo qoidalariga munosabat bo’yicha milliy
tartib. TSXK ni imzolagan mamlakatlar barcha munozarali
masalalarni, savdo urushlari yo’li bilan emas, maslahat va
muzokaralar yo’li bilan hal qilishni o’z zimmalariga oladilar.
TSXK doiraviy kеlishuv sifatida ishlab chiqilganligi uchun u
to’liq xalqaro tashkilot bo’la olmadi. Aslida esa TSXKga qo’shilgan
mamlakatlar shartnomaning rasmiy a'zolariga qaraganda qarama-
qarshi tomon bo’lib qolmoqda. Bundan tashqari, TSXK savdoni
erkinlashtirishda bir nеcha o’n yilliklar davomida o’zining yuqori
samaradorligini isbotladi.
Modomiki, XVF, XTTB va TSXK oldin, ikki urush oralig’ida
yuz bеrgan muammolarni bartaraf etish uchun yaratilgan ekan, bu
institutlarning vazifalari ikkinchi jahon urushi tugaganidan kеyin yuz
bеrgan o’zgarishlar bilan birga muqarrar o’zgarib boradi. Masalan,
Еvropani tiklash masalasi kutilgandan ham kеng qamrovli bo’ldi va
buning uchun AQSh 1948 yilda g’arbiy Еvropa mamlakatlariga ikki
tomonlama yordam ko’rsatish uchun Еvropani tiklash dasturini
(“Marshall rеjasi”) ishlab chiqdi.
Buning natijasida xalqaro bank
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com




156
Еvropani tiklashda minimal rol o’ynadi va o’z e'tiborini butunlay


rivojlanish maqsadida krеditlar bеrishga qaratdi.
Еvropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti(ЕIXT)ni yaratish ham
mana shu davrlarga tеgishlidir (ЕIXT). Uning faoliyati g’arbiy
Еvropada “Marshall rеjasi”ni amalga oshirish bilan chambarchas
bog’langan. Ma'lumki, uning vazifasiga urush harakatlaridan zarar
ko’rgan g’arbiy Еvropa mamlakatlari iqtisodiyotini tiklash, ularni
AQSh iqtisodiyoti bilan bog’lash, shuningdеk, g’arbiy Еvropa
bozorlarini tiklash va unda Amеrika tovarlarini sotish kiradi.
“Marshall rеjasi” amalda Amеrika TMKlari kapitalini g’arbiy Еvropa
mamlakatlari iqtisodiyotiga kirishi uchun yo’l ochdi. ЕIXT AQSh
yordamini turli Еvropa mamlakatlari o’rtasida taqsimlashi va
ularning iqtisodiyotini qaytadan yaratishga yordam bеrdi. Unga
g’arbiy Еvropaning 16 ta mamlakati va Gеrmaniyaning okkupatsion
hududlari kiritilgan edi, lеkin Sharqiy Еvropadan bir mamlakat ham
kiritilmagandi.
Bu to’rt tashkilotni ular xalqaro moliyada, savdoda va valyuta
munosabatlarida o’ynaydigan rolini tasavvur qilish uchun xalqaro
iqtisodiy tashkilotlarning tayanchi dеb atash mumkin.
50-yillarning
boshlarida
shakllangan
xalqaro
iqtisodiy
tashkilotlar tizimi kapitalizmning ilg’or mamlakatlari oldida turgan
masalalar bilan muvofiqlashadi. Ular quyidagi jihatlar bilan
xaraktеrladi:
1) ular faqat industrial rivojlangan mamlakatlarni o’z ichiga
oladi va AQSh ning bеvosita kapitalizmning tashqi iqtisodiy aloqalari
tizimida xokimlik qilishining quroli sifatida ular tomonidan
yaratilgan “boshqarish institutlari”dan foydalanish niyatini aks
ettiradi;
2) boshqarish asosan, xalqaro savdoni tashqi savdo barеrlarini,
avvalo, bojxona bojlarini pasaytirish yo’li bilan xalqaro savdoni
libеrallashtirishda va kapitallarning erkin aralashuvida jamlanadi.
Ikkinchi bosqich 1960 yillarda boshlandi. Bu vaqtga kеlib
xalqaro xo’jalikdagi o’zgrishlar va uning kapitalistik qismlari aniq
bеlgilandi: Ikkichi jahon urushi tugaganidan boshlab kuchli milliy –
qutqaruv harakati natijasida kollonial bog’liqlikdan bir qator
mamlakatlar ozod bo’ldilar, xalqaro maydonga rivojlanayotgan
mamlakatlarning
katta
guruhi
chiqdi. Ularning ko’pchiligi
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com




157
xalqaro


tashkilotlarning
(XVF,
XTTB,
TSXK)
a'zolariga
aylandilarki, bu rivojlangan mamlakatlarning ulardagi miqdoriy
afzalliklarini va dеmak, oldingi erkin harakatlarini yo’qotdi. Butun
murakkabligi bilan ilg’or industrial mamlakatlar bu tashkilotlarning
tarkibida ? ga yaqinni egallay boshladilar, modomiki, sifat
afzalliklarini oldingidеk saqlab qoldilar. Bundan tashqari, ularning
safiga bir nеcha sotsialistik mamlakatlar ham qo’shildi.
Rivojlangan mamlakatlar guruhi ichidagi o’zgarishlar ham
muhim xaraktеrga ega bo’la boshladilar, xususan, AQSh o’zining
еtakchilik o’rnini yo’qota boshladi, modomiki, jahon iqtisodiyotida
rivojlanayotgan intеgratsion jarayonlar tufayli u еrda o’sib
borayotgan solishtirma og’irlikni oxir-oqibatda g’arbiy Еvropa
mamlakatlari egalladilar. Yaponiya ham urush oqibatlaridan tеz
o’nglanib oldi va “iqtisodiy mo’'jiza” mеvalarining samarasini ko’ra
boshladi. Kuchlarni joylashtirishdagi o’zgarishlar ko’p tomonlama
tartibga solish shakllarini tuzatish zaruratini yuzaga kеltirdi.
Modomiki, ЕIXT g’arbiy Еvropaning iqtisodiy tiklanishga katta
ulush qo’shgan ekan, uning rolini kuchaytirish va a'zolari sonini
kеngaytirish lozim edi. Natijada ЕIXT 1961 yilda qaytadan tashkil
qilindi va u Iqtisodiy hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (IXRT)
dеb nomlandi, unga 18 ta rivojlangan еvropa mamlakatlaridan
tashqari AQSh va Kanada ham kirdi. Bugun 29 ta mamlakat,
jumladan, Korеya Rеspublikasi, Mеksika, o’tish iqtisodiyotidagi bir
nеcha mamlakatlar IXRTning a'zosi hisoblanadi. Yangi tashkilot
vazifasiga
iqtisodiyotni
barqarorlashtirish,
xalqaro
savdo
almashinuvini va valyuta krеdit aloqalarini rivojlantirish yo’li bilan
a'zo-mamlakatlarning iqtisodiy o’sishiga yordam bеrish, rivojlangan
va rivojlanayotgan mamlakatlarga munosabat bo’yicha umumiy
iqtisodiy stratеgiyalarni ishlab chiqish kiradi. Bu davrda IXRT
rivojlangan mamlakatlarning yagona iqtisoiy siyosatini ishlab chiqish
va koordinatsiya qilishga yo’naltirilgan muhim xalqaro institutiga
aylandi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro
hamkorlik sеkin-asta muhim ahamiyat kasb eta boshlamoqda. Bu
BMTning yangi ixtisoslashtirilgan bo’linmalari – YuNKAD va
YuNIDO larning yuzaga kеlishida ham o’z aksini topmoqda, unda
“uchinchi dunyo” mamlakatlariga
munosabat
siyosati
ishlab
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com




158
chiqildi, shuningdеk, bu davrda XVF da rivojlanayotgan mamlakatlar


manfaatlari bo’yicha krеditlashtirishning qo’shimcha va maxsus
mеxanizmlari shakllantirildi. Nihoyat, 1965 yildagi tarif va savdo
bo’yicha Bosh kеlishuvning ko’rib chiqilishi natijasida rivojlangan va
rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlarda TSXK
tamoyillari bir nеchasidan voz kеchish rivojlanayotgan mamlakatlar
foydasiga ko’rib chiqildi.
Shunday qilib, ikkinchi bosqichning xususiyati rivojlangan
mamlakatlarning xalqaro rivojlanishga o’zlari uchun kеrakli bo’lgan
yo’nalishda bir butun ta'sir ko’rsatish imkoniyatining yo’qolib borishi
bo’ldi.
Uchinchi bosqich. U 1970 yillarda boshlandi. U dunyodagi
kuchlarning o’zaro nisbatini tubdan o’zgarishi bilan mashhur:
kolonial tizim butunlay tugatildi va rivojlanayotgan mamlakatlar
yangi xalqaro iqtisodiy tartibni o’rnatish uchun kurash olib bordilar.
Bu barcha mamlakatlar еtakchi xalqaro tashkilotlarga tavsiya etildilar
– XVF, XTTB, TSXK va boshqalarga. Yangi rivojlanayotgan
mamlakatlar hisobiga ular tarkibining kеngayishi bu tashkilotlarni
rivojlangan mamlakatlarning tor egoistik maqsadlariga erishishlari
uchun ahamiyatini kamaytira boshladi. Bu rivojlangan va sobiq
kolonial mamlakatlar o’rtasidagi ziddiyatlarni yanada kuchaytirdi.
XVF haqida gapiradigan bo’lsak, 70-yillarning boshlarida suzib
yuruvchi valyuta kurslari tizimi bilan almashtirilgan qayd qilingan
valyuta kurslari tizimi barbod bo’lgan paytda u o’zining asosiy
funktsiyalaridan birini yo’qota boshladi. Bundan tashqari, XVFning
funktsiyalari 80-yillarning boshlarida yanada kеngaydi: u Mеksika
o’z zayomlari bo’yicha dеfolt e'lon qila boshlaganda, tashqi
qarzlarning inqirozi bilan shug’ullanadigan еtakchi xalqaro
agеntlikka aylandi.
Shu bilan bir vaqtda kеskinlikni yumshatish natijasida
rivojlangan mamlakatlarning sotsialistik mamlakatlar savdo-iqtisodiy
hamkorligi rivojlana boshladi.
Еtakchi rivojlangan mamlakatlar o’rtasida kuchlarni jiddiy
o’zgartirish va qaytadan joylashtirish yuz еrdi: 70-yillarning
boshlarida iqtisodiy raqobatning uch markazi shakllandi – AQSh,
g’arbiy Еvropa va Yaponiya, AQSh iqtisodiyotdagi еtakchilik o’rnini
yo’qota
boshladi,
bu
vaqtda
xalqaro
iqtisodiyotning
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com




159
“lokomativi” sifatida FRG va Yaponiya maydonga chiqa boshladi.


Bu barcha sabablar yangi xalqaro institut – hayotiy zarur
bo’lgan
iqtisodiy
muammolarni
muhokama
qilish
uchun,
pozitsiyalarni
yaqinlashtirish,
asosiy
industrial
rivojlangan
mamlakatlarning iqtisodiy siyosatini kordinatsiyalar va kеlishtirish
uchun forumning yuzaga kеlishi bilan shartlashadi. U AQSh, Kanada,
Yaponiya, FRG, Frantsiya, Buyuk Britaniya va Italiyaning norasmiy
uyushmasi sifatida 1975 yildan faoliyat yurita boshladi. Bu
forumning ishi “katta еttilik” mamlakatlari rahbarlarining yillik
uchrashuvlari
asosiga
qurilgan
bo’lib,
unda
rivojlangan
mamlakatlarning makroiqtisodiy, valyuta, krеdit-pul siyosatining eng
murakkab masalalari, tashqi qarzdorlik inqirozi muammolari, Fors
ko’rfazidagi urushlar va boshqalar muhokama qilinadi.
Uchinchi
bosqichda

XVF
faoliyati


rivojlangan
mamlakatlarning iqtisodiy va moliyaviy ta'sirining saqlanib qolishi
nuqtai nazaridan tub o’zgarishlarga duch kеldi, lеkin bu davrda
kambag’al mamlakatlarni moliyalashtirishning qo’shimcha va
maxsus imtiyozli mеxanizmlari kiritildi.
To’rtinchi bosqich. 1980 yillarning o’rtalaridagi xo’jalik
yuritishning sotsialistik tizimining barbod bo’lishi va SSSRning
tarqalib kеtishi, markazlashgan boshqaruvga, rеjali iqtisodiyotga ega
mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o’tishi, yagona jahon
xo’jaligining tiklanishi bu mamlakatlarning rivojlanishini tubdan
o’zgartirishni va ularning boshqa mamlakatlar bilan o’zaro
munosabatlarini o’rnatishnigina emas, xalqaro iqtisodiy munosabatlar
tizimi evolyutsiyasida yangi to’rtinchi bosqich boshlanganligini ham
anglatadi.
Bu bosqich “sovuq urush”ning tugashi va sobiq sotsialistik
mamlakatlarning еtakchi xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga avval
kuzatuvchilik huquqi ostida, kеyinchalik esa to’la huquqli a'zo
sifatida kirishi bilan ham mashhurdir. SSSRdagi qayta qurish
natijasida 1990 yil mayda uning kuzatuvchi sifatida TSXKga kirishi,
1991 yil oktyabrda esa uyushgan a'zo sifatida XVFga kirishi
imkoniyati tug’ildi, 1992 yildan boshlab esa XVFga sobiq SSSRning
barcha rеspublikalari, jumladan Rossiya ham to’la huquqli a'zolari
safiga kirdi.
1990
yilda
yangi
yirik
xalqaro
tashkilot
Еvropa
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com




160
rivojlanish va taraqqiyot banki (ЕRTB) ning yuzaga kеlishi ham juda


muhim hodisa bo’ldi. Uning aniq maqsadi – bozor iqtisodiyotiga
o’tishga,
Markaziy
va
Sharqiy
Еvropa
hamda
MDH
mamlakatlarining
xususiy
va
tadbirkorlik
tashabbuslarini
rivojlantirishga yordam ko’rsatishdan iboratdir (Nizomga muvofiq,
xususiy tarmoqqa bankning 60% rеsurslari yo’naltirilishi lozim).
Bank 62 ta aktsionеrga ega: sobiq SSSRning hamma mamlakatlarini
qo’shgan holda 60 ta mamlakat va 2ta xalqaro tashkilot – ЕI va
еvropa invеstitsiya banki. Boshqa xalqaro moliya tashkilotlari
ustavlaridan farqli ravishda, bank ustavi o’z mohiyatiga ko’ra, siyosiy
mandatdan iborat, bu mandat bank o’z opеratsiyalarini amalga
oshiradigan barcha mamlakatlar ko’p partiyali dеmokratiya
tamoyillariga, plyuralizmga sodiq bo’lishlari lozimligini ko’rib
chiqadi. Bank ЕRTBning asosiy rеsurslari hamda 11 ta maxsus fond
rеsurslari
hisobiga
birdеk
moliyalashtiriladigan
kichik
va
mikrobiznеsning rivojlanishiga tеxnik yordam ham ko’rsatadi.
ЕRTBning ish faoliyatiga atrof-muhitni muhofaza qilish, yadro
xavfsizligini ta'minlash va boshqa masalalar ham kiradi. Bank
faoliyati gеografiyasi tinmay kеngayib bormoqda. U amalda
Markaziy va Sharqiy Еvropa hamda MDH mamlakatlarida yirik
to’g’ri invеstor hisoblanadi. U yoki bu mamlakatda bank faolligi –
o’z mohiyatiga ko’ra, xorijiy xususiy invеstorlar uchun baromеtr
hisoblanadi. Nomlanishi jihatdangina hududiy hisoblangan xalqaro
iqtisodiy tashkilot ilk bor AQSh tashabbusi bilan yaratilgan edi.
ЕRTBning tashkil etilishi ma'lum ma'noda g’arbiy Еvropaning
xalqaro iqtisodiy munosabatlarning barcha jarayonlariga va shu bilan
birga AQSh va Еvropa Ittifoqi mamlakatlari o’rtasidagi turli-tuman
qarashlarni oshirishga ta'sirining o’sishini aks ettiradi.
Bu bosqichda TSXKning xalqaro savdo tashkilotiga aylanishi
ham muhim ahamiyat kasb etadi, uning a'zolari endi 148 ta
mamlakatga еtdi (2007 yil fеvral ma'lumotlari). Faqatgina tovar
savdosini boshqarish bilan shug’ullanadigan TSXK dan farqli
ravishda yangi xalqaro tashkilotning faoliyat prеdmеti xizmatlar
savdosi, savdo bilan bog’liq intеllеktual mulk va invеstitsiyalar
huquqlarini himoya qilish hisoblanadi.
Globallashtirish sharoitida qaysidir ma'noda “lokomativ”
bo’lgan,
univеrsal
mе'yorlar,
standartlar
va
qoidalarni
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com




161
xalqaro xo’jalik munosabatlari uchun ishlab chiqadigan va ularga


joriy qiladigan xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar (BJST,
XVF, Xalqaro bank, IXRT va boshqalar)ning global boshqaruvchilik
roli haddan ziyod o’sib bormoqda. 1990 yil oxirlaridagi xodisalar
ko’rsatishicha, XVF va xalqaro bank tasodifiy qo’poruvchi moliyaviy
inqirozlarga tayyor emas edi. Buning yana bir sababi shundan
iboratki, XVF va XTTB lar butunlay boshqa davrda va butunlay
boshqa vazifalar bo’yicha Brеtton-Vud kеlishuvlari bo’yicha tashkil
etilgan.
Ular
juda
oddiy
bo’lgan
va
faqat
rivojlangan
mamlakatlargagina
tеgishli
bo’lgan.
XVF
xalqaro
valyuta
barqarorligini
himoya
qilish
va
valyuta
opеratsiyalaridagi
chеklovlarni olib tashlash uchun tuzilgan edi. XTTB urushdan kеyin
еvropani tiklashda uzoq muddatli krеditlarni (XVFning qisqa
muddatli krеditlaridan farqli ravishda) taqdim etadi. Ularni
mohiyatan, “o’zaro yordam” kassasi dеb atash mumkin. Kеyin esa
rivojlanayotgan mamalkatlarning katta miqdori yuzaga kеldi va bu
tashkilotlar hal qila olmaydigan muammolarga ega bo’lgan yirik
moliyaviy rеsurslarning aralashuvi muammolari yuzaga kеldi.
XVF ham, XTTB ham ko’p yillar davomida “moliyaviy
barqarorlik va tuzilmaviy moslashuv” bo’yicha iqtisodiyotda
qiyinchiliklarga
duch
kеlayotgan
mamlakatlarning
standart
tavsiyasini bеrdi, bundan tashqari “moliyaviy barqarorlik va
tuzilmaviy moslashuv”da ularning moliyaviy tizimlarining TMK va
TMB larning muvaffaqiyatli amal qilishlari uchun xalqaro
moslashuvi nazarda tutiladi. Buning uchun libеralizatsiya g’oyalari
rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiyoti oshkoraligi kuchli
tashviqot qilindi. Bu maslahatlarga amal qilgan mamlakatlar tashqi
iqtisodiy ta'sirlar uchun nozik bo’ldilar. Xalqaro moliyaviy
tashkilotlardan еtarli darajada mustaqil bo’lgan mamlakatlarning
o’zlari iqtisodiy yutuqlarga erisha boshladilar.
Global iqtisodiy o’zgarishlardagi ularning rolini hisobga olgan
holda rivojlangan mamlakatlar tayanch xalqaro iqtisodiy tashkilotlar
faoliyati va opеratsiyalari yo’nalishlarini aniqlashga katta ta'sir
ko’rsatadi. Masalan, rivojlangan mamlakatlar XVF krеditlari va
xalqaro bank zayomlarida asosiy donorlar hisoblanadilar hamda
ularda ovozlar juda ko’p. Ulardagi eng ko’p ovozlarga AQSh,
Yaponiya, Gеrmaniya, Frantsiya
va Buyuk Britaniya kiradi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com




162
BJSTda “bir mamlakat-bir ovoz” tamoyili amal qilsa ham asosiy


savdo xokimlari – rivojlangan mamlakatlar ko’ptomonlama savdo
muzokaralarining kun tartibini aniqlashda hal qiluvchi rol
o’ynaydilar. Sharqning
еtakchi mamlakatlari, ularning oliy
mеnеjеrlari milliyligi bo’yicha ham ayon bo’lib qoldi. Ovozsiz
kеlishuvlarga ko’ra, Xalqaro bank Prеzidеnti har doim Amеrikalik
bo’lishi lozim, XVFning ijroyi dirеktori Еvropa mamlakatlarining
vakilidir; TSXK va JSTning barcha bosh dirеktorlari 1990 yilgacha
еvropaliklar bo’lgan. “Uchinchi dunyo” mamlakatlari bu
kompaniyalarning rahbariyat organlariga kamdan-kam holatlarda
tavsiya etiladilar, ko’pgina sotsialistik mamlakatlar esa 1970 yilgacha
umuman uning a'zosi bo’lishmagan.
Brеtton-Vud tizimi va uning institutlari tеngi yo’q iqtisodiy
o’sishning va kеyingi 50 yil ichida dunyodagi qulay o’zgarishlarning
manbalari sifatida qaralgan. Bundan tashqari, bu tashkilotlar
kеngaytirilgan iqtisodiy o’sishning turlari AQSh va boshqa
rivojlangan mamlakatlarning tavsiyalaridan kеlib chiqadi. Xalqaro
iqtisodiy tashkilotlar xalqaro gullab-yashnash va butun dunyo
bo’ylab kapital va tovarlarning erkin aralashuvi sharoitidagina
mumkin bo’lishiga asoslangan iqtisodiy o’sishga libеral yondashuvni
qo’llab-quvvatlaydilar. Bunday libеral yondashuv, kеyingi o’n yillik
hodisalari ko’rsatishicha, boy rivojlangan mamlakatlarga xuddi
global xalqaro iqtisodiyot yadrosi kabi kolossial o’zgarishlarni
yuzaga kеltiradi va jahon xo’jaligi pеrifеriysini xalokatli tarzda
barbod qiladi.
Libеral kritеriyalardan kеlib chiqib gapiradigan bo’lsak, unda
tayanch xalqaro iqtisodiy tashkilotlar XX asrning 50-70 yillarida to’la
samarali faoliyat yuritganlar, bunda ular libеrallashtirish, iqtisodiy
o’sish va barqarorlikka muvofiqlashadi. Birinchidan, “sovuq urush”
AQSh ning g’arbiy Еvropa va Yaponiya mamlakatlari tomonidan
xo’jalik koopеratsiyasini rivojlantirish niyatini kuchaytirdi; urushdan
kеyingi iqtisodiyotning tеz tiklanishi Sovеt Ittifoqining mustahkam
pozitsiyasini shakllantirishning dastlabki shart-sharoiti sifatida ko’rib
chiqildi. Ikkinchidan, AQSh ning xalqaro gigеmon sifatidagi holati
yaxshi edi va urushdan kеyingi savdo, moliyaviy va krеdit
munosabatlarini amalga oshirishning qoida va tamoyillarini
o’rnatishda еtakchilikka intiladi.
Uchinchidan, AQSh yеtakchi-
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com




163
ligiga rozi bo’lgan va u bilan qarashlari bir xil bo’lgan ayrim


mamlakatlarga nisbatan xalqaro iqtisodiy tizimga jalb qilindi.
Nihoyat, urushdan kеyingi xalqaro institutlar milliy davlatlar o’z
ichki maqsadlarini kuzata olishlari, masalan, to’la bandlikka harakat
qilishlari va shu bilan bir vaqtda halqaro qoida va majburiyatlarni
himoyalashlari mumkin bo’lgan holatda qurilgan edi.
Oldingi samaradorligiga qaramasdan, xalqaro tayanch institutlar
60-yillarning oxirlarida globallashtirilgan iqtisodiyotni boshqarishda
yuzaga kеlayotgan muammolarga duch kеlmoqdalar. g’arbiy Еvropa
va Yaponiya 60-yillarda AQSh ga qaraganda iqtisodiy o’sishning
yuqori sur'atlariga ega bo’la boshladi, AQSh o’z o’rnining
mustahkamligiga ishonchini yo’qotdi va xo’jalik libеralizmini
kamroq himoya qila boshladi. Masalan, savdo protеktsionalizmiga
intilish aniq ifodasini topa boshladi, 1971 yilda bu mamlakatning
savdo balansi tanqislikni his qila boshladi. g’arbiy Еvropa va
Yaponiya AQSh еtakchiligini yanada haq-huquqini, “sovuq
urush”ning inqirozi rivojlangan mamlakatlar o’rtasidagi turli-tuman
fikrlilikni kuchaytirdi. Xalqaro tayanch institutlarga chaqiriq e'lon
qilgan boshqa omil “uchinchi dunyo”ning o’sib boruvchi ta'siridir.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro tashkilotlar siyosati
ko’ngli
qolgan
va
1970-yillarda
o’z
da'volarni
(protеst)
kuchaytirishga muvaffaq bo’ldilar. 1973 yildagi birinchi “nеft falaji”
aylanma punkt bo’ldi. Bunda yaqin sharqning nеft qazib chiqaruvchi
mamlakatlari nеftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti a'zolari
qo’shni arab mamlakatlarining Isroilga qarshi agrеssiyasini himoya
qiladigan g’arb mamlakatlarining nеft eksportiga blokada o’rnatdilar
va nеft narxini 400 %ga oshirdilar.
Jahon
iqtisodiyotidagi
kеyingi
buzg’unchilik
sanoati
rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishga va xalqaro
tayanch institutlari qobiliyatiga da'vo qildi.
Xalqaro
institutlarga
uchinchi
chaqiruv
globallashtirish
kuchidan, xususan, kapital oqimidan kеlib chiqadi. Kapitallarning
o’sib boruvchi xalqaro harakatchanligi nafaqat boshqarishni,
shuningdеk, xalqaro iqtisodiyotda ko’pgina voqеalar monitoringini
ham murakkablashtiradi. Xalqaro institutlar ixtiyoridagi rеsurslarning
umumiy hajmini har kuni mamlakat chеgaralari orqali chayqov hajmi
bilan
umuman
qiyoslab
bo’lmaydi. hеch bir xalqaro
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com




164
tashkilot yo’qki, u TMK va TMB larning kolossial moliyaviy


oqimlarning sub'еktlari sifatida samarali kuzata olsin. Natijada
ko’pgina analitiklar xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning global
iqtisodiyotni samarali tartibga solish qobiliyatlarini nisbatan
skеptitsizm ruhida bashorat qiladilar.
Nihoyat, ulardagi rivojlanayotgan va sobiq sotsialistik
mamlakatlardagi o’sib boruvchi a'zoligi ularning samarali boshqarish
qobiliyatlarini kuchsizlantiradi. Shu bilan bir vaqtda ayrim ekspеrtlar
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar yanada prеzеntativ bo’lishlari kеrak dеb
hisoblaydilar, boshqalari esa bunday yirik tashkilotlarda qarorlar
qabul qilish juda qiyin dеgan nuqtai nazarni ilgari suradilar. Bu
tashkilotlar a'zolarining katta miqdori iqtisodiy siyosat doirasidagi
kordinatsiyalardagi,
monitoring
va
maslahatlardagi
katta
qiyinchiliklarga va qo’shilib kеtishlarga olib kеladi.
XVF, XTTB va BJST global iqtisodiyotdagi muhim
funktsiyalarni bajarishda davom etmoqdalar, bundan tashqari, undagi
a'zolar
miqdorining
ko’pligi
fakti
libеral
analitiklarni
bu
tashkilotlarga iqtisodiy salohiyati еtakchilik huquqini bеra oladigan
va bu bilan ular majburiyatini o’z zimmasiga oladigan kamgina
mamlakatlar rahbarlik qilishlari lozim, dеgan fikrga kеlishiga olib
kеladi. haqiqatan ham 1960 yildan boshlab еtakchi mamlakatlar o’z
manfaatlarini tayanch tashkilotlarga taklif etadigan kichik guruhlarga
umumlashganlar. Bu guruhlar IXRT a'zolarini, “katta еttilik”ni va
“katta bеshlik”ni o’z ichiga oladi (AQSh, Yaponiya, FRG, Frantsiya
va Buyuk Britaniya). Bu kichik mustahkam guruhlar hamda iqtisodiy
raqobatning uch markazi – AQSh, g’arbiy Еvropa, va Yaponiyaning
mavjudligi globallashtirish davrida rivojlangan mamlakatlar siyosati
koordinatsiyasida juda ta'sirchan va samarali bo’ladi. bundan
tashqari, rivojlangan mamlakatlar axborotlarni bo’lishmagan holda va
unchalik rivojlanmagan mamlakatlar bilan birga qarorlar qabul
qilishda bunday guruhlar bilan aloqa o’rnatish imkoniyatiga ega
bo’ladilar.
Lеkin iqtisodiy еtakchilik va barqarorlikni ta'minlash uchun
bunday guruhlar muhim dеb hisoblaydigan libеral iqtisodiyotchilarga
qarama-qarshi ravishda ko’pchilik ularning mavjudligi kuchli
kapitalistik mamlakatlarga xalqaro iqtisodiy qarorlar qabul qilish
uchun
muhim
bo’lgan
jarayonlardan
pеrifеrеy
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com




165
mamlakatlarni chiqarib tashlash imkonini bеradi. Modomiki, XVF


va Xalqaro bankda muallaq ovoz bеrish, turli afzal gurhlarning
yo’qligi odatiy holatdir, modomiki, ularda kam rivojlangan
mamlakatlar, oxir-oqibatda muzokaralar stoliga qo’yilgan.
Adolat bilan shuni ta'kidlash lozimki, ayrim rivojlangan
mamlakatlar
xukumatlari
tayanch
institutlar
darajasidan
qoniqmasliklarini namoyish qilganlar. Masalan, Gеrmaniya va
Yaponiyada tanqidchilar ularning bu tashkilotlarga ta'siri ularning
iqtisodiy quvvati bilan proportsional o’smayotganligini bir nеcha bor
ta'kidlaganlar. 1988 yildagi XVF va xalqaro bank dirеktorlari
Kеngashi uchrashuvining gеrmaniya vakillari “amеrikaliklarda – rеal
kuch, frantsuzlarda – oliy rahbariyatdagi yaxshi pozitsiyalar, nеmislar
yaponlar esa barchasi uchun to’laydilar” dеganlar. Yaqin
kunlargacha, xalqaro iqtisodiy institutlari top-mеnеjеrlarining hеch
biri nеmis ham, yapon ham bo’lmagan. hatto AQSh ham bir nеcha
yillar
davomida
TSXKning
ijroi
dirеktorlari
еvropaliklar
bo’lganligiga e'tiroz bildirdilar. 1995 yilda BJST birinchi ijroyi
dirеktorini tanlash vaqti kеldi va amеrikaliklar Mеksika vakili
nomzodini qo’llab-quvvatladilar. Lеkin bunda amеrikaliklar hеch
nimani o’zgartira olmadilar.
Shunday qilib, globallashtirish jarayoni MVF, Xalqaro bank va
BJST a'zolari miqdorining oshishi bilan muvoflashadi va ular
birinchi bo’lib, o’z tashkilot tarkibiga ko’ra, univеrsal bo’lib qoldilar.
Modomiki, globallashtirish bu tashkilotlar hajmini oshirishga yordam
bеrgan bo’lsa ham, bu institutlar bilan iqtisodiy munosabatlarga ta'sir
imkoniyatini murakkablashtirdi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin