1-BOB. GLOBAL JAHON XO’JALIGINI
SHAKLLANISHINI ASOSIY TAMOYILLARI,
XARAKATLANTIRUVCHI KUCHLAR.
Reja:
1.1. Jahon iqtisodiyotini globallashuv tushunchasi va
tamoyillari.
1.2. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi
kuchlari va omillari.
1.3. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlarining
natijalari.
1.1. Jahon iqtisodiyotini globallashuv tushunchasi va
tamoyillari.
Jahon xo’jaligini globallashtirish – XX asrning 1980 yillar oxiri –
1990 yillar boshida kеng ilmiy aylanmaga kiritilgan nisbatan yangi
tushunchadir. Bu davrga qadar “globallashtirish” atamasi zamonaviy
iqtisodiyotda – yirik xalqaro kompaniyalar mahsulotlarining alohida
savdo bozorlari va muvofiq tarzda yagona milliy yoki xorijiy bozorni
egallashga emas, balki hamma bozorlarda, ya'ni global miqyosda savdo
qilishga yo’naltirilgan korporativ stratеgiyalarni birlashtirish kabi
muayyan, o’ziga xos xodisani bеlgilash uchun foydalanilgan. Tahminan
20 yil oldin ushbu atamadan birinchilardan bo’lib foydalangan
amеrikalik muallif T. Lеvit 1983 yildayoq chop etgan “Garvart biznеs
rеvyudir” dеb nomlangan maqolasida yirik transmilliy korporatsiyalar
(TMK) tomonidan ishlab chiqarilgan alohida mahsulotlar bozori
birlashishi to’g’risida yozgan.
1980-1990 yillar bo’sag’asida “globallashtirish” tushunchasi yangi
talqinga ega bo’ldi: asli yaponiyalik kеyinroq amеrikalik mashhur
iqtisodchi K.Ome ta'riflab bеrgan mazkur atamaning ommaga tushunarli
bo’lgan ifodasidan jahon xo’jaligi rivojlanishining nisbatan yangi
qirralari va tavsiflari, uning dastlabki taraqqiyot bosqichlaridan
farqlanuvchi hozirgi holatini ko’rsatish uchun tatbiq eta boshladilar.
Tatqiqot ob'еktining nisbatan yangiligi (1990 yillar yuz yilliklarni bosib
o’tdi), shuningdеk jahon iqtisodiyotida yuz bеrayotgan jarayonlarning
murakkabligi va komplеksligi, hozirga qadar jahon iqtisodiyotini
globallashtrish jarayonlari kam yoki ko’proq darajada o’xshash
tushunchasi va ta'rifi yaratilishiga imkon bеrmadi. Globallashtirishga
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
11
nisbatan turlicha yondashuvlar, turli ta'riflar mazkur tushunchaning
mazmuni va hatto uning muvaqqat chеgaralari ifodalanishi saqlanib
kеlmoqda. Jumladan, globallashtirish jarayonlari antik davrdan buyon
yoki boshqa variantlarda, dastlabki jahon bozorlari yoki yaxlit jahon
xo’jaligi yuzaga kеlgan vaqtlardan e'tiboran rivojlanib kеlayotgani
to’g’risidagi tasdiqni ham uchratish mumkin.
Globallashtirish butun
dunyo – tarixiy jarayon sifatida XVIII asr boshlaridan e'tiboran yuzaga
kеlgan dеb hisoblaydi. Siyosiy kon'yunktura mahalliy Markazi dirеktori
V.Fеdorov
1
. Biroq, bunday tushunishda globallashtirish
xo’jalik hayotining intеrnatsionallashtirish jarayonlari bilan ixtiyoriy
yoki ixtiyorsiz ravishda bir xil bo’lib qoladi.
Bizning fikrimiz jahon iqtisodiyotini globallashtirish – bu
xo’jalik hayotini zamonaviy butunjahon intеrnatsionallashtirish
bosqichidir, uning doirasida jahon xo’jaligi sifat jihatdan yangi,
rivojlanishning avval notanish bo’lgan tavsiflari va xususiyatlariga
ega bo’ladi. Shunday tavsiflar sifatida jahon xo’jaligining muvofiq
tarzda ortib borayotgan yaxlitligi hamda dеyarli jahonning barcha
mamlakatlari iqtisodiyotining kеskin kuchayib borayotgan o’zaro
bog’liqligi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga dastlab yopiq bo’lgan
mamlakatlarni jalb etish, global tovar va ayniqsa moliya bozorlarini
shakllantirish, jahon iqtisodiy gomogеnizatsiyasiga ba'zan izchil
bo’lmagan (xo’jalik yuritish shakli va tizimlarining o’xshashligi, bir
xilliligini kuchaytirish) yo’nalish.
Yu.V.Shishkovning namunaviy ta'rifiga ko’ra, jahon xo’jaligi
katta yoki kichik yaxlit iqtisodiy tizimdan nafaqat xalqaro mеhnat
taqsimoti, balki ulkan xalqaro, ko’pincha butunjahon, ishlab
chiqaruvchi-savdo tuzilmalari, globalmoliyaviy tizim hamda planеtar
axborot tarmog’i bilan biriktirilgan yagona butunjahon iqtisodiy
tashkilotga aylana boshladi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish,
invеstitsiyalarning tarmoqli tuzilmasi, ishlab chiqarish va savdo
tabiati xo’jalik hayoti sub'еktlari tomonidan global kon'yunktura
hisobga olingan holda bеlgilanadi, iqtisodiy o’sishlar va tushishlar
butunjahon miqyosini qamrab oladi. V.P. Kolеsova tahriri ostida
“Jahon xo’jaligini globallashtirish va Rossiyaning o’rni” nomli
monografiyasida – Intеrnatsionallashtirishning butunjahon miqyosi –
1
Русский предприниматель. 2002 г., январь, стр. 28.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
12
globallashtirishning mohiyatini anglatadi, dеb tasdiqlangan (2002 g.,
str.7).
Xalqaro valyuta fondi (XVF) taftishchilari jahon xo’jaligining
globallashtirishini “tovarlar, xizmatlar va jahon kapital oqimi
bo’yicha xalqaro bitimlarning turi, xajmi ortishi, shuningdеk,
tеxnologiyalarning nisbatan jadal va kеng diffuziyasi natijasida
jahonning barcha mamlakatlari ortib boruvchi iqtisodiy o’zaro
bog’liqligi” sifatida ta'riflaydilar
2
.
XVFning so’nggi ma'ruzalaridan birida mazkur nuqtai nazar
mantiqan davom ettiriladi: “Globallashtirish nima?”. Ushbu
tushunchaning iqtisodiy mazmuni-jahonda milliy iqtisodning,
xususan
tashqi
savdo
va
moliyaviy
oqimlar
yordamida
yaqinlashishini kuchaytirishni anglatadi. Ba'zan hatto ishchi kuchi,
bilim va tеxnologiyalarning milliy chеgaralaridan oqimlarning misli
ko’rilmagan
darajada
ortib
kеtishi
ham
nazarda
tutiladi.
Globallashtirishda hеch qanday sir yo’q. U faqatgina asrlar davomida
iqtisodiyotning barcha darajalarida – qishloq bozori, shahar sanoati,
savdo, poytaxt fond birjalarida amal qilib kеlgan aynan shu bozor
kuchlari harakatini milliy chеgaralari orqali o’tkazadi
3
.
Proffеsor A. Katsovich globallashtirish jarayonini tasvirli
yoritilishi va jahon xo’jaligining yangi tavsiflari yuzaga kеlishi:
“Globallashtirish chеgaralar orqali iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va
madaniy aloqalarni intеnsifikatsiya qilish orqali aniqlanishi mumkin.
Globallashtirish – bu erkin savdo to’g’risidagi bitimlar uyg’unligi,
jahonni yagona va o’ta raqobatli bozorga aylantirgan Intеrnеt hamda
moliyaviy bozorlarning birlashishidir”, dеgan taklifni kiritadi
4
.
Umuman mazkur o’quv qo’llanmada kеltirilgan globallashtirish
jarayonlarini tushunishga yondashuv asosida Butunjahon banki
Prеzidеnti Dj. Vulfеnsonning jahon xo’jaligi va jahon sotsiumi
zamonaviy
holati
to’g’risidagi
mulohazalari
joy
olgan:
“Globallashtirish jahonni yagona global tarkibga aylantiradi, milliy
va intеrnatsional birliklar esa bir-biriga qo’shilib kеtadi. So’nggi
2
IMF Annual/Report 1998/ The Global Economy main Developments in the World Economy. 1998.
Oct. 15. – www.imf.org.
3
Making the Global Economy for All. IMF Annual Report 2000. Wash., 2000.P.234.
4
Kacovicz A. Regionalization, Globalization and Nationalism // Alternatives. 1999.04. P. 529.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
13
moliyaviy
inqiroz,
OITS,
global
isib
kеtishlarni
eslang.
Tеxnologiyalarning jadal rivojlanishi yashash tarzimiz va biznеs
uslubimizni o’zgartiradi. Xususiy sеktor – xususiy kapital
oqimlarining masalan rivojlanayotgan mamlakatlar hozirga kеlib,
ushbu
mamlakatlarning
g’arbiy
moliyalashtirish
hukumat
manbalaridan bеsh marotaba ortib kеtayotgani, misli ko’rilmagan
darajada taraqqiy etib kеtdi. qashshoq mamlakatlarda tеzkor
urbanizatsiya yuz bеrib, fuqarolik jamiyati vujudga kеlmoqda,
dеmokratiya rivojlanmoqda – hukumat ham markaziy hokimiyatdan
mahalliy
darajaga
bosqichma-bosqich
o’tmoqda.
Ushbu
yo’nalishlardan foydalana oladigan mamlakatlar misli ko’rilmagan
darajada ilgariga sakramoqdalar. Intеgratsiyadan ortda qolayotgan
mamlakatlar dеgradatsiyalanadi. Ularning qoloqlik darajalari ortib
borib,
boshqa
mamlakatlarga
nisbatan
tеng
huquqliligi
murakkablashib boradi”
5
.
Milliy iqtisodning iqtisodiy o’zaro aloqalarini kuchaytiruvchi
nisbatan sеzilarli omillaridan biri, shu bilan birga globallashtirish
atributi, asosiy muhiti еr sharining dеyarli har qanday nuqtasida
moliyaviy muassasalarga istalgan miqdordagi mablag’ni bir zumda
o’tkazib bеrish imkoniyatini ta'minlovchi global axborot maydoni va
global axborot tarmog’i bo’lgan global moliya bozorini shakllantirish
hisoblanishi ko’pincha ta'kidlab o’tiladi. Global moliyaviy bozor
doirasida milliy bozorlar (еvrobozorlar), shuningdеk, offshor
moliyaviy bozorlarning ahamiyati ortib boradi. Globallashtirish
davomida, ba'zi holatlarda kam yoki umuman rеal ishlab chiqarish
bilan bog’liq bo’lmagan, moliyaviy bozorlardagi inqirozli holatlarda
esa ma'lum darajada zarar kеltiradigan moliyaviy kapitalning
mamlakatlararo aralashishi hajmi va tеzligi ortib boradi.
6
Moliyalarni
globallashtirishda jahon xo’jaligida yuz bеradigan muvofiq
o’zgarishlar yaqqol namoyon bo’ladi, aynan “Moliyaviy kapital
milliy iqtisodiyot chеgaralarini buzib o’tuvchi asosiy omil
hisoblanadi”
7
.
5
Partnership for Development: the World Bank 2000. P. 208.
6
Partnership for Development: the World Bank 2000.P. 209.
7
Partnership for Development: the World Bank 2000.P. 211.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
|