Bibliografik axborotlashtirish iste’molchilarni bibliografik axborot bilan muntazam va ba’zan epizodik holda ta’minlash va axborot talabgorlarining doimiy axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishdir. Uning maqsadi — ma’lum bir vaqt mobaynida yoki muntazam ravishda kitobxonlarni qiziqtirgan mavzular, masalalar, muammolar bo‘yicha nashr etilayotgan eng yangi adabiyotlar, kutubxona fondiga kelib tushayotgan adabiyotlar, shuningdek, aynan shu kutubxonada yoki axborot-resurs markazlarida mavjud yangi hujjatlar bilan tanishtirib borish. Bu ish turli kutubxonalarda turlicha olib boriladi. Ayrimlarida, asosan, ommaviy ishlar olib borilsa, ayrimlarida guruhli axborotlashtirishga asosiy o‘rin beriladi. Bu shu kutubxona imkoniyatlaridan, xodimlarning malakasidan, kitobxonlar xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Quyida bibliografik axborotlashtirishning turlari bilan yaqindan tanishamiz.