Hamroxon Mamatraimova — respublikamizning bibliografiya ishi nazariyasi va amaliyoti sohasida ish olib borayotgan bibliograf olimlardan biri. 1952- yil Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tavallud topgan. Shu yerning Yangichek mahallasida yashab o‘rta maktabni tugatgan. Avval Namangan madaniyat texnikumida kutubxonachilik bo‘limini keyin 1977- yil, Òoshkent davlat madaniyat instituti kutubxonachilik fakultetini imtiyozli diðlom bilan tugatgan. Ilmga chanqoq Hamroxon Moskva davlat madaniyat
institutining kunduzgi aspiranturasini tugatib, 1987- yili shu institutda kutubxonachilik ishi sohasida o‘zbek ayollaridan ikkinchi bo‘lib „O‘lkashunoslik ma’lumotnoma-bibliografiya apparati mahalliy bibliografik resurslarning tarkibiy qismi sifatida. Ko‘p tillik sharoitda uning tuzilishi va foydalanish muammolari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi. Òadqiqot respublikamizning viloyat kutubxonalari negizida bajarildi va unda o‘lkashunoslik bibliografiyasida ma’lumotnoma-bibliografiya apparatining o‘rni, kutubxonachilik-bibliografik resurslarining ahamiyati, o‘lkashu- noslik katalogini tashkil etishdagi o‘rni, Rossiya kutubxonalarining shu sohadagi tajribasi o‘rganilgan. 1977- yildan „Bibliografiya“ kafedrasida bibliografiyaga oid barcha fanlardan dars berib keldi. Bir qator o‘quv qo‘llanmalari, dasturlari, uslubiy qo‘llanmalari nashrdan chiqqan. Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida nashrdan chiqayotgan ko‘plab dolzarb mavzudagi uslubiy-bibliografik qo‘llanmalar muallifi, tuzuvchisi va muharriri. O‘zbekiston ommaviy kutubxonalarida o‘lkashunoslik ishini tashkil etish masalasiga oid uslubiy-o‘quv qo‘llanmalarini nashr etgan. Ko‘plab xalqaro, respublika va institut ilmiy to‘plamlarida bibliografik kadrlar tayyorlash, bibliografiya ishi nazariyasi, tarixi va metodikasiga oid ilmiy maqolalar bilan ishtirok etgan.