MatlubaYahyoyevnaNosirova — kutubxonachi-bibliograf sifatida tanilgan ustozlardan biri. U Òoshkent shahrida 1924- yili tavallud topadi, juda erta ota-onasidan ajrab, bolalar uyida tarbiya- lanadi. 1942- yili o‘rta maktabni tugatib, o‘sha paytdagi komsomol kotiblari kursida o‘qiydi va tashkilotlarda ishlaydi. 1949- yil Farg‘ona viloyat kutubxonasida kutubxonachi 1951- yildan Alisher Navoiy nomidagi Respublika kutubxonasida faoliyatini davom ettiradi va o‘z malakasini, bilimini oshirish maqsadida Moskva davlat madaniyat institutiga boradi, 1957- yili uni tugatib, 1972- yilga qadar shu kutubxonada ishini davom ettiradi, oddiy bibliograf lavozimidan to bo‘lim mudiri vazifasigacha bo‘lgan jarayonni bosib o‘tadi. 1972- yili Òoshkent madaniyat texnikumiga direktorlik lavozimi 1974- yili Òoshkent davlat madaniyat instituti tashkil etilgandan so‘ng „Bibliografiya“ kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida nafaqaga chiqqunga qadar talabalarga ustozlik qiladi. Kutubxonada ishlab yurgan vaqtlarida juda ko‘p mavzularda turli xil bibliografik ko‘rsatkichlarni mustaqil va hamkorlikda tayyorladi va nashr ettiradi. Yirik 9 ta bibliografik ko‘rsatkich va qo‘llanmalarga muharrirlik qiladi, bir qator muammoli maqolalar bilan O‘zbekiston va Rossiya jurnallarida qatnashadi. Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat kutubxonasining 100 yilligi munosabati bilan nashr etilgan monografiyaning yirik — „1917- yildan so‘nggi davrda kutubxonaning ilmiy-bibliografik faoliyati“ bo‘limini yozgan. Unda muallif bibliografiya ishining taraqqiyotini batafsil yoritib bergan.