ShuhratMurodovichShamsiyev — taniqli bibliograf olim, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. Ko‘p yillar Òoshkent davlat madaniyat instituti rektori o‘rinbosari, bibliografiya kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. 1940- yili Òoshkent shahrida xizmatchi oilasida tavallud topdi. 1960- yili o‘rta maktabni tugatib, kutubxonachilik fakultetiga o‘qishga kirdi. 1964- yili institutni tugatib kutubxonashunoslik-bibliografiya kafedrasiga mudir etib tayinlandi. 1965- yildan o‘qituvchilikka o‘tkazildi. 1970- yili Moskva davlat madaniyat instituti aspiranturasi kunduzgi bo‘limiga o‘qishga kirib, mashhur bibliograf va kutubxonashunoslardan A. N. Ve- revkina, akademik O. P. Korshunovlardan ta’lim oladi. 1973- yili aspiranturani tugatib, Òoshkentga qaytadi. 1974- yili madaniyat instituti ochilishi bilan institut sirtqi va kechki bo‘limiga rektor o‘rinbosari etib tayinlanadi. Birinchi bo‘lib ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bibliografiyasi kursini yozadi. 1977- yili Moskva davlat madaniyat institutida „Rossiyaning inqilobga qadar vaqtli matbuotining manbashunoslik va funksional tahlili (1702 — 1917- yy.)“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qiladi. 1984- yilda kafedra dotsenti 1995 — 2001- yillarda fakultet dekani lavozimida faoliyat yuritdi. „Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bibliografiyasi“, ham- mualliflikda „O‘zbekistonning kundalik davlat bibliografiyasi“,
„Inqilobgacha Òurkiston vaqtli matbuotining retrospektiv bib- liografiyasining ayrim masalalari“, „Inqilobgacha Òurkiston vaqtli matbuotini o‘rganishning muammolari“, I. Dolgopolova bilan
„O‘rta asrlarda bibliografiya tarixi (kitob bosish ixtiro qilingunga qadar)“ nomli o‘quv qo‘llanmasini nashr ettirdi.