Bibliografiya lat p65


Mariya Petrovna Avsharova



Yüklə 415,62 Kb.
səhifə91/135
tarix09.01.2022
ölçüsü415,62 Kb.
#51137
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   135
bibliografiya

Mariya Petrovna Avsharova — keksa bibliograf va o‘lkashu- noslaridan. 1896- yili Òoshkentda tavallud topadi. 1913- yili xotin- qizlar gimnaziyasining 7- sinfini bitiradi, 1915- yili Moskvadagi Oliy xotin-qizlar kursining tarix-filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi. 3 yildan so‘ng oilaviy sharoiti tufayli o‘qishni oxiriga yetkazmay qaytib keladi. Madaniyat va maorif sohasida faoliyat ko‘rsatadi, 1938- yildan Navoiy nomidagi Davlat xalq kutubxona- sida ma’lumot-bibliografiya bo‘limida kutubxonachi-kartochkachi, so‘ngra bibliograf bo‘lib ishlay boshlaydi. 1934- yili kutubxonada ma’lumot-bibliografiya bo‘limi tashkil etilgandan keyin O‘rta Osiyo kitob va jurnallari, „Òóðkåñòaíñkèå âåäîìîñòè“ gazetasi sahifa- laridagi maqolalarning bibliografik kartotekasi“ni tuzadi. Urush yillari Betger rahbarligidagi 2 ming tavsifdan iborat 2 jildlik

„Òojikiston haqida tarixiy-etnografik adabiyot“ nomli bibliografik ko‘rsatkichini tuzishda ishtirok etadi. „1918 — 1935- yillarda O‘rta Osiyoda rus tilida nashr qilingan gazetalar ro‘yxati“ni tayyorlaydi. Unda 126 nomdagi gazetaga aniq faktlar yordamida ta’rif beradi. 1940 — 50- yillarda Avsharova, asosan, tavsiya ko‘rsatkichlarini tuzish bilan band bo‘ladi. O‘lkashunoslik bibliografiyasiga qo‘shgan hissasi 1958- yili „O‘zbek xotin-qizlari kecha va bugun“ nomli ko‘rsatkichi sifatida yuzaga chiqdi. Unga 1919 — 1956- yillarda nashr etilgan hujjatlar kiritilib, annotatsiya bilan ta’minlangan.



M.P. Avsharova, Y. D. Svidina bilan birgalikda „O‘zbek adabiyoti“ ko‘rsatkichini nashr ettirdi, unda 1917- yilgacha va undan keyin yashab ijod etgan adabiyot namoyandalari asarlari va ular haqidgi asarlar kiritilgan. Har bir muallif haqida avval biografik material va ularning asarlarining ro‘yxati berilgan. M.P. Avsharovaning 1960- yilda nashr etilgan „Turkistonning rus vaqtli matbuoti. 1870 — 1917- yy.“ nomli ishi muhim ahamiyatga ega. Unda

Òurkiston o‘lkasiga va ayrim viloyatlarga oid ma’lumotlarni beruvchi 189 nomdagi gazeta va jurnallar, almanaxlar, ma’lumotnomalar, sharhlar, yilnomalar, taqvimlar aks etgan. Yirik ilmiy ish sifatida ham o‘lkamiz tarixini, boshqa xalqlar madaniyati tarixining ta’sirini o‘rganishga yordam beradi. Avsharovaning keyingi faoliyati

„O‘zbekiston“ yilnomasini tuzish bilan bog‘liq holda o‘tgan. Bu yilnoma 1917- yildan o‘lkamiz haqidagi kitoblarni, gazeta, jurnal, to‘plamlardagi maqolalarni va boshqa nashrlarni yig‘ib beruvchi bibliografik qo‘llanmadir. Muallif faqat O‘zbekistonda nashr etilgan asarlarni emas, balki undan tashqaridagi asarlarni ham kiritadi.

„O‘zbekison“ yilnomasining 1- soni 1903 — 1955 va 1956- yillarga oid bo‘lib, 1958 va 1960- yillari nashrdan chiqdi. Ko‘rsatkichning qadimgi davrlardan to 1917- yilgacha davrni o‘z ichiga olgan

„O‘zbekiston tarixi“ qismi tuzuvchining vafotidan so‘ng nashr etildi. Ko‘p yillar davomida Mariya Petrovna „O‘rta Osiyo“ kartotekasini tuzib boradi. 1953- yilda „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan kutubxonachi“ unvoniga sazovor bo‘lgan.




Yüklə 415,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin