Soyibnazar Xo‘janiyozovich Davlatov — 1959- yil Qash- qadaryo viloyatida tavallud topgan. O‘rta maktabni tugatib, 1976 — 80- yillarda ÒDMIning „Kutubxonachilik“ fakultetida ta’lim oladi. 1983 — 89- yillar Respublika Kitob palatasida bibliograf, katta muharrir lavozimlarida faoliyat yuritdi. 1989- yildan A. Qodiriy nomli ÒDMIda o‘qituvchi, kafedra mudiri, dekan muovini, 2003- yildan Kutubxona-axborot faoliyatini boshqaruv fakulteti dekani lavozimida ishladi. 1996- yilda „Qashqadaryo vohasi o‘zbek to‘y-marosimlari folklori“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qildi. Kitob palatasida „O‘zbekiston matbuoti solnomasi“ni tuzishda, katalog va kartotekalarni tashkil etishda ishtirok etdi. Malika Isayevna Matmurodova — 1961- yil Òoshhovuz viloyatining Òoshhovuz tumanida tavallud topgan. 1978- yilda o‘rta maktabni tugatib, mehnat faoliyatini qishloq kutubxonasida boshlagan. 1988 — 1992- yillar A. Qodiriy nomli ÒDMI
„Kutubxonachilik“ fakultetini imtiyozli diðlom bilan tugatib, Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida uslubiyotchi, sho‘ba mudiri bo‘lib faoliyat yuritdi. 1999- yildan Madaniyat instituti „Bibliografiya“ kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi,
2001- yildan fakultet dekani o‘rinbosari lavozimlarida ishladi.
„O‘zbekistonda badiiy adabiyotlar va adabiyotshunosligi biblio- grafiyasi“ kursidan mashg‘ulotlar olib bordi. 2001- yil institut aspiranturasini tamomladi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasida uslubiyotchi sifatida 40 dan ortiq milliy ijodkorlarimiz, yozuvchi, shoirlarimiz, san’atkorlar, milliy qadriyatlarimiz, muhim sanalar, voqealar munosabati bilan „Millatni uyg‘otgan adib“, „Asli dunyo mehrdan yaralgan“, „Sharqning ulug‘ musavviri“,
„G‘afur G‘ulom“, „Ubaydullo Solih o‘g‘li Zavqiy“,
„Ma’rifatparvar shoir“, „Ozodlik va istiqlol kuychisi“ kabi uslubiy- bibliografik qo‘llanmalar muallifi. Grant asosida amalga oshirilgan tadqiqot ishi natijasida nashr etilgan „Mafkura va yoshlar“ uslubiy qo‘llanmasining mualliflaridan biri. 1999- yildan Respublika ko‘zi ojizlar kutubxonasining ilmiy-uslubiy ishlariga yordam bermoqda.
Dostları ilə paylaş: |