Zuhra Shukurovna Berdiyeva — kutubxonashunos, bibliograf. U 1956- yil Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tug‘ilgan. 1974 — 78- yillar Madaniyat instituti kutubxonachilik fakultetini imtiyozli diðlom bilan bitirgach, „Kutubxonashunoslik“ kafedrasida o‘qituvchi lavozimida qoldiriladi. 1992 — 2000- yillar Madaniyat vazirligida bosh mutaxassis, 2006- yildan O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Respublika axborot-kutubxona markazida bosh kutubxonachi lavozimlarida ishladi. Kutubxonachilik, kitob ishi, bibliografiya sohasiga oid qator muammolar bo‘yicha 70 dan ortiq maqolalari, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalari, yirik bibliografik ko‘rsatkichlari („Abdulla Qahhor“, „Muso Òoshmuhammad o‘g‘li Oybek“, „Alisher Navoiy“) nashr qilingan, madaniyat kollejlari uchun 3 jildlik „Kutubxonashunoslik“, „Bibliografiya“ darsligi 2013- yilda nashr etildi. Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari talabalari va o‘quvchilariga, malaka oshiruvchi axborot-kutubxona muassasalari xodimlariga kutubxonashunoslik va bibliografiya turkumidagi fanlardan saboq berib kelmoqda, 2011 yildan buyon O‘zbekiston Fanlar akademiyasi asosiy kutubxonasi direktori lavozimida faoliyat yuritib keladi, „Turon“ Fanlar akademiyasining akademigi. Institut talabalariga kutubxonashunoslik, bibliografiya, kitobshunoslik fanlaridan saboq berib keladi.