“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-32, Issue-1, April - 2023
67
BIG DATA TEXNALOGIYALARI
Xurshid Ko'charov Xurram o'g'li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Samarqand filiali magistranti
Tel: 919002369
Annotatsiya:
Big data(katta ma'lumotlar) - juda
katta hajmdagi bir jinsli
bo'lmagan va tez tushadigan raqamli ma'lumotlar bo'lib, ularni odatiy usullar bilan
qayta ishlab bo'lmaydi. Ba'zi hollarda, katta ma'lumotlar tushunchasi bilan birga shu
ma'lumotlarni qayta ishlash ham tushuniladi. Asosan, analiz obyekti katta ma'lumotlar
deb ataladi.
Kalit so'zlar:
Big data texnologiyalari,sun'iy
intellekt, axborot texnologiyalari,
Blockchain texnologiyasi, dastur, loyiha, algoritmlar.
Big data atamasi 2008-yilda dunyoga kelgan. Nature jurnali muharriri Klifford
Linch dunyo ma'lumotlar hajmining juda tez sur'atda o'sishiga bag'ishlangan maxsus
sonida big data atamasini qo'llagan. Biroq, katta ma'lumotlar avval ham bo'lgan.
Mutaxassislarning fikricha, kuniga 100 gb dan ko'p ma'lumot tushadigan oqimlarga big
data deb aytilar ekan.Katta ma'lumotlarni analiz qilish, inson his etish imkoniyatidan
tashqarida bo'lgan qonuniylatlarni aniqlashda yordam beradi.
Bu esa kundalik
hayotimizdagi barcha sohalar, hukumatni boshqarish,
tibbiyot, telekommunikatsiya,
moliya, transport, ishlab chiqarish va boshqa
sohalarni yanada yaxshilash, ularning
imkoniyatlarini oshirish, muommolarga muqobil yechimlar
izlab topish imkonini
yaratadi.Data lake(ma'lumotlar ko'li) - qayta ishlanmagan katta ma'lumotlar
ombori."Ko'l" har xil manbalardan kelgan, har xil formatda bo'lgan ma'lumotlarni
saqlaydi. Bu esa odatiy relatsion ma'lumotlar omborida ma'lumotlarni aniq struktura
asosida saqlashdan ko'ra arzonroqqa tushadi. Ma'lumotlar ko'li, ma'lumotlarni
boshlang'ich holatida analiz qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, "ko'l"lardan bir
vaqtni o'zida bir nechta ishchilar foydalanishlari mumkin.Data science(ma'lumotlar
haqidagi fan) - analiz
muommolarini , ma'lumotlarni qayta ishlash va ularni raqamli
ko'rinishda taqdim etishni o'rganadigan fan.Bu atama dunyoga kelgan vaqt 1974-yil
hisoblanadi. O'sha yili Daniyalik informatik, Peter Naur "A
Basic Principle of Data
Science" nomli kitobini chop ettirgan.2010-yillar boshida katta ma'lumotlarni
tarqalishi natijasida bu yo'nalish juda foydali va kelajagi bor biznesga aylandi. Va
o'shandi katta ma'lumotlar bilan ishlaydigan mutaxassislarga talab juda oshib
ketdi.Data science tushunchasiga ma'lumotlar omborini loyihalash va raqamlangan
ma'lumotlarni qayta ishlashning barcha metodlari kiradi. Ko'plab
mutaxassislar
fikricha, aynan data science big dataning biznes nuqtai nazaridan hozirgi zamonoviy