Bilan fizika darslarining samaradorligini oshirish mavzusida yozgan


 Fizika kursini o’qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix09.02.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#52272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
M. FO\'M Tayyor pdf

2.2. Fizika kursini o’qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish 

Keyingi  yillarda  kompyuter  texnologiyalarining  rivojlanishi  bilan  bog‘liq 

holda  dars  mashg‘ulotlarni  tashkil  etishning  yangi  shakllari  shakllanmoqda. 

Ulardan,  keng  foydalanayotgan  amaliy  ishlardan  biri  kompyuterda  maxsus 

dasturlar yordamida kuzatilishi qiyin bo‘lgan fizik jarayonlarni elektron darsliklar, 

animatsiyalar,  vertual  tajribalar  va  taqdimotlar  vositasida  ko‘rgazmali 

tushuntirishdir. 

Chunki,  ushbu  elektron  vositalarni  ta’lim  muassasalarida  fanni  o‘qitishda 

fizik  jarayonlarni,  elektron  darsliklar,  animatsiyalar,  virtual  laboratoriya  va 

tajribalarni tinglovchilarga dars davomida ko‘rsatib borilmoqda. Jumladan, ta’lim 

jarayonida  mavjud  barcha  fanlarning,  ma’ruza  laboratoriya  va  amaliy 

mashg‘ulotlarida  yangi  zamonaviy  tehnologiyalar  va  asbob-uskunalar  ya’ni, 

raqamli  o‘lchash  asboblari,  vertual  laboratoriyalar,  animatsiyalar,  elektron 

darsliklar, hamda ular asosidagi multimediya vositalardan foydalanish keng yo‘lga 

qo‘yilgan  va  undan  tashqari  veb-saytlarning  samarali  tashkil  qilinishi,  ta’lim-

tarbiya  samaradorligini  oshirishda  ham  maktabda  o‘tkazilayotgan  turli  xil  ilmiy-

amaliy, ma’naviy-ma’rifiy anjumanlarning ahamiyati katta bo‘lmoqda. 

Bir  so‘z  bilan  aytganda,  har  jabhada  qilinayotgan  ilmiy  va  amaliy  ishlar 

zamirida  esa  yetuk,  intelektual  mutaxassis  kadrlar  ta’minlash  asosiy 

maqsadimizdir.  Fizika  fanini  o‘qitishga  kompyuter  texnologiyalarini  qo‘llash  va 

ular  asosidagi  multimediya  vositalardan  foydalanish  pedagogik  va  psixologik 

nuqtai  nazardan  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  quyidagi  muhim  natijalarga  olib 

kelishi  ma’lum:  O‘quv-tarbiya  jarayoni  faollashib,  dars  samaradorligi  oshadi; 

O‘quv  materiallarining  turli  shaklda  uzatilishi  tinglovchilarning  diqqatini  o‘ziga 

tortadi;  Yuqori  darajadagi  ko‘rgazmalilik,  tinglovchida  o‘rganilayotgan  fanga 

nisbatan katta qiziqish uyg‘otadi; O‘rganilgan o‘quv materialining uzoq muddatga 

xotirada  saqlanishini  ta’minlaydi;  Tinglovchilarning  mustaqil  ta’lim  olish 

imkoniyatlari ko‘payadi va vaqt tanqisligi muammosi kamayadi; Ta’lim jarayonida 

zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tashkillashtirish 

uchun  ma’lum  bir  shart-sharoitlar  va  texnik  vositalar  mavjud  bo‘lish  kerak. 



19 

 

Birinchidan,  axborot  resurslariga:  Shaxsiy  kompyuter,  proyektor,  multimediya 



vositalar,  skaner,  videokamera,  printer,  nusxa  ko‘chirish  qurilmasi  va  boshqa 

anjomlar.  Ikkinchidan,  maxsus  dasturiy  ta’minotlar  hisoblanadi.  Ta’lim  tizimida 

multimediali elektron o‘quv adabiyotlar, ma’ruzalar virtual laboratoriya ishlari, har 

hil  animatsion  dasturlar  slaydlar  yaratishda  kerak  bo‘ladigan  maxsus  dasturlar 

hisoblanadi.  Ta’lim  tizimida  yuqorida  keltirilgan  dasturlarda  tayyor  modellar 

mavjud  bo‘lib  bunda  foydalanuvchi  boshlang‘ich  parametrlarni  kiritib  bir  necha 

turkum  ishlarni  (laboratoriya,  yong‘in  xavfsizligi  masalalarini  tahlil  qilishda, 

taqdimot  ma’ruzalarida  animatsiyalar)  dan  keng  foydalanishi  mumkin.  Fizik 

jarayonlarni  modellashtirish  imkoniyatini  beradigan  dasturlariga:  MatCad, 

MatLab,  Maple,  Crocodile,  Physics,  Electronics  Workbench  va  boshqa  dastur 

paketlarini  misol  keltirish  mumkin.  Axborot  texnologiyalarning  imkoniyatidan 

foydalangan  holda  kompyuter  modellarini  o‘quv  jarayonlarida  foydalanish 

o‘zining  samarasini  beradi.  Kompyuter  modellarini  o‘quv  jarayonlarida  qo‘llash 

tamoyillari quyidagilar: kompyuter dasturi tajribani o‘tkazish mumkin  bo‘lmagan 

yoki  tajriba  kuzatib  bo‘lmas  darajada  harakatlangan  paytda  qo‘llanilishi  lozim; 

kompyuter  dasturi  o‘rganilayotgan  detalni  aniqlashda  yoki  yechilayotgan 

masalaning  illyustratsiyasida  yordam  beradi;  ish  natijasida  tinglovchi  model 

yordamida 

hodisalarni 

tavsiflovchi 

kattliklarning 

ham 


sifat, 

miqdor 


bog‘lanishlarini  bilishlari  kerak;  Fizik  jarayonlarni  kompyuterda  modellashtirish 

uchun axborot texnologi-yada fizik bilimlardan keng foydalaniladi. Shuningdek, 

modellashtirishning  o‘ziga  xos  muhim  tomonlari  shundaki,  turli  xil  asboblar 

tayyorlash shart emas, hodisalarni jonli va tabiiy ko‘rinishda tasvirlash, tajribani oz 

fursat  ichida  istal-gan  paytda  takrorlash,  kuzatish  qiyin  bo‘lgan  va  umuman 

kuzatilishi mumkin bo‘lmagan jarayonlarni ham namoyish eta olish imkoniyatiga 

ega  bo‘ladi.  Kompyuter  dasturini  qo‘llash  orqali  o‘tilgan  mashg‘ulotlar  oddiy 

mashg‘ulotlardan  ko‘ra  yaxshiroq  samara  beradi.  Fizika  fanini  o‘qitishda 

kompyuter dasturlaridan foydalangan holda, animatsiyali mashg‘ulotlar olib borish 

o‘qituvchi  va  tinglovchiga  qulaylik  yaratib,  fizik  jarayonlarning  yuz  berish 

mexanizmlari va bosqichlarini tushunib yetishda yaxshi samara beradi. 



20 

 

Fizik jarayonlar mexanizmlarini, ularni ma’ruza, amaliy va ayniqsa tajriba 



mashg‘ulotlarida namoyish etish va bu holatlarni kompyuter texnologiyalariga 

tayangan holda olib borish o‘qitish jarayonida tinglovchilarga bilim berish va fan 

asoslariga doir ko‘nikmalar hosil qilish samaradorligini oshiruvchi omillari bo‘lib 

hisoblanadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


21 

 

Xulosa 

Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  yuqorida  keltirilgan  dasturlardan 

ma’ruza  jarayonida  qo‘llash  natijasida  qisqa  vaqt  ichida  kerakli  axborotni  tin-

glovchi  va  o‘quvchilarga  ko‘rgazmali  o‘tkazish  imkoniyati  bor.  Bu  esa  o‘quv 

samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Albatta, zamonaviy 

texnologiyalardan  ilm-fan  rivoji  uchun  to’g’ri  qo’llash  bilan  katta  yutuqlarga 

erishish  mumkin.  Ko’rgazmali  material  sifatida  yasama  asboblardan  foydalanish 

katta samaradorlikga erishish uchun poydevor bo’lib hizmat qiladi. Kurs ishimda 

fizika  darslarini  o’qitilishi,  yasama  asboblardan  foydalanish  va  kompyuter 

texnologiyalari  yordamida  darslarni  noodatiy  o’tilishi  haqida  fikr  yuritildi.  Shu 

asnoda fan kelajagiga qo’shilajak hissani orttirishga intildim. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


22 

 


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin