Bilig ilmiy faoliyat



Yüklə 312,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix15.06.2023
ölçüsü312,72 Kb.
#130666
1   2   3   4
admin, Ergasheva G.

Gulshoda Ergasheva

Dilshoda Boltayeva

 
1
Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 
hududiy markazi o‘qituvchisi 
2
Tayloq tuman 3-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
STEAM YONDASHUV ORQALI O‘QUVCHILARDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI 
SHAKLLANTIRISH 
 


FTAI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya 
ISSN: 2181-1776
34 
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri |
http://bilig.academiascience.org
 
http://bilig.academiascience.or
 
ttp://bilig.academiascience.or
Tanqidiy fikrlash 
Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash
Dizayn asoslarini tushunish 
• 
STEAM – ta’limi texnologiyasi loyihalash metodiga tayangan holda 
uning asosida bilish va badiiy izlanish yotadi.
• 
STEAM – ta’limi bolaning rivojlanishini tashqi olam bilan bevosita
• 
bog‘laydi.
• 
STEAM – yondashuv bolalarga dunyoni tizimli ravishda o‘rganishga, 
atrofda ro‘y berayotgan jarayonlarni mantiqiy mushohada qilishga, ulardagi o‘zaro 
aloqani anglab yetishga, o‘zi uchun yangi, noodatiy va qiziqarli narsalarni ochishga 
imkon beradi. 
STEАM – ta’limida fanlararo aloqa va loyihalash metodi birlashtirilgan bo‘lib, 
uning asosida tabiiy fanlarni texnologiyaga, muhandislik ijodiyotiga va matematikaga 
integratsiya qilish yotadi. Bunda muhandislik bilan bog‘liq kasblarga bo‘lgan 
tayyorgarlik amalga oshiriladi.
Ilmiy-texnik biimlarni real hayotda qo‘llash 
STEАM – ta’limida amaliy mashg‘ulotlar yordamida bolalarga ilmiy-texnik 
bilimlaridan real hayotda foydalanish namoyon qilinadi. Har bir darsda o‘quvchilar 
zamonaviy industriya modellarini ishlab chiqadi, quradi va modelni rivojlantiradi.
Tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirish va muammolarni yechish 
STEАM – dasturi bolalar kundalik hayotlarida duch keladigan qiyinchiliklarni 
yengishda zarur bo‘ladigan tanqidiy tafakkur va muammolarni yechish ko‘nikmalarini 
rivojlantiradi.
Masalan: bolalar tez yuradigan mashina modelini yig‘adilar, so‘ngra uni 
sinovdan o‘tkazadilar. Birinchi sinovdan so‘ng kutilgan natijaga erishilmasa uning 
sabablari haqida o‘ylaydilar va topadilar. Balkim, g‘ildiraklarining kattaligi yoki 
aerodinamikasi to‘g‘ri kelmagandir. Har bir sinovdan so‘ng ular kamchiliklarini 
bartaraf etib boradilar.
O‘z kuchiga ishonish hissining ortishi 
Bolalar ko‘prik qurish, mashina va samolyot modelini ishga tushirishda har safar 
maqsadga yaqinlasha boradilar. Har bir sinovdan so‘ng modelni takomillashtiradilar. 
Oxirida barcha muammolarni o‘z kuchlari bilan yengib maqsadiga erishadilar. Bu 
bolalar uchun ruhlanish, g‘alaba va quvonch demakdir. Har bir g‘alabadan so‘ng ular 
o‘z kuchlariga yanada ishonadilar.
Faol kommunikatsiya va komandada ishlash 
STEАM – dasturi faol kommunikatsiya va komandada ishlash bilan farqlanadi. 
Muloqot davrida o‘z fikrini bayon qilish va bahs-munozara olib borish uchun erkin 
muhit vujudga keltiriladi. Ular gapirishga va taqdimot qilishga o‘rganadilar. Bolalar 
doimo o‘qituvchi va sinfdoshlari bilan qatnashsalar, mashg‘ulotni yaxshi eslab 
qoladilar.
Texnik fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantiradi 
STEАM – mashg‘ulotlari juda dinamik va qiziqarli bo‘lganidan bolalar 
mashg‘ulot paytida zerikmaydilar va vaqtning qanday o‘tganligini sezmay qoladilar.
Loyihalarga kreativ va innovatsion yondashuv loyihalarga kreativ va innovatsion 
yondashuv


FTAI

Yüklə 312,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin