Respublika ilmiy-amaliy konferensiya ISSN: 2181-1776 35 “BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri | http://bilig.academiascience.org http://bilig.academiascience.or ttp://bilig.academiascience.or STEАM – ta’limi oltita bosqichdan iborat: savol (vazifa), muhokama, dizayn,
qurish, sinovdan o‘tkazish va rivojlantirish. Bu bosqichlarr tizimli loyihalash
yondashuvining asosi hisoblanadi.
Ta’lim va karyera orasidagi ko‘prik
Тurli xil baholashlarga ko‘ra hozirgi kunda talabgor eng ko‘p bo‘lgan 10
mutaxassisdan 9 tasida aynan STEАM bilimlari zarur bo‘ladi. Bunday kasblarga:
muhanis-kimyogar, neft bo‘yicha muhandis, kompyuter tizimlari analitiklari, muhandis-
mexaniklar, muhandis-quruvchilar, robototexniklar, yadromeditsinasi kiradi.
STEАM
dasturlari
7-14
yoshdagi o‘quvchilarning muttasil ravishda
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga qiziqishlarini orttiradi. Masalan: tabiat darslarida
suvning 3 holatini o‘rgansalar, STEАM to‘garaklarida suvni ma’lum darajada
muzlatisni yoki ma’lum darajalarda uning holatlarining o‘zgarib borishini o‘zlari
bajarib bilimlarini mustahkamlaydilar.
STEАM mashg‘ulotlarida ular qiziqarli eksperimentlar o‘tkazganlarida
terminlarni ham osongina tushunib olishlari mumkin.
Boshlang‘ich
sinflarda
“Tabiatshunoslik”
fanini
o‘qitishda
STEAM
texnologiyasini qo‘llasak, bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va
shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish
qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini namoyon
qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi
darajasini ta’minlaydi.
«Oy yerning yo‘ldoshi» mavzusini STEAM texnologiyasi asosida ishlab
chiqamiz.
STEAM texnologiyasidagi S harfi fanni bildiradi. Bunda o‘quvchilar nazariy
ma’lumotlar bilan tanishtiriladi.Nazariy ma’lumot: Oy haqida ma’lumot berilib,oy
yuzasi yer yuzasi bilan taqqoslanadi.Oy dumaloq shakldagi juda katta sovuq va qattiq
osmon jismidir.U yerning yuldoshi,chunki u sayyoramiz atrofida aylanib turadi.Oy
yuzasi Yer yuzasidan 14 baravar kichikdir.
• T harfi texnologiyani bildiradi.Oy yuzasi,teleskop bilan qaralgandagi oyning
holati,oy nima bilan yerdan farq qilishi haqidagi ma’lumotlar umumlashtirilib quyidagi
savollarga javob topish topshiriladi:
• 1.Oy va Yer orasidagi masofa taxminan necha kilometrni tashkil etadi?
• 2.Oyda suv va havo bormi?
• 3. Oy nima bilan yerdan farq qiladi?
• 4. Oydagi tog‘lar va dengizlar aniq ravshan ko‘rinishining sababi nimada?
• E harfi muhandislikni bildiradi. O‘quvchilarga qog‘oz va loy, plastilindan
oyning modelini yasash topshiriladi.
• A harfi san’atni bildiradi. O‘quvchilar berilgan ma’lumotlar asosida she’r,
hikoya, esse yozadilar. Daftarlariga oyning rasmini chizish topshiriladi.
• M harfi matematikani bildiradi. Globusning aylanish o‘qini, shimoliy va
janubiy qutblarni hamda ekvatorni o‘lchamlarini matematik nuqtai nazardan hisob-kitob
qilishlari zarur bo‘ladi.