admin, 98-102 O’ZBEKISTON SSRDA XOTIN-QIZLAR MAORIFINING O’RGANILISHI
Jild: 03 | Nashr: 04 | април 2022 “BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.org 100 xo‗jaligidagi mehnati ahamiyatini ilmiy o‗rganishga e‘tibor qaratildi. SHu maqsadda 1927
yil 24 fevral kuni VKP(b)MK O‗rta Osiyo byurosi tomonidan xotin-qizlar bo‗limi
mudirlarining yig‗ilishida ―Mahalliy tub aholi o‗rtasidagi eski turmush tarziga qarshi kurash
ishini ilmiy asoslash‖ haqidagi qarori tasdiqlandi. 1927 yil 14 martda O‗rta Osiyo byurosi
xotin-qizlar ―ozodligi‖ bilan bog‗liq muammolarni ilmiy o‗rganish haqida qaror qabul qildi.
Bu masalani ilmiy o‗rganishga mutaxassis kadrlarning etishmasligi bois, na faqat tarixchi,
iqtisodchilar balki o‗lkashunoslar va yozuvchilar ham jalb qilindi.Natijada O‗lka xotin-
qizlar bo‗limi qoshida 25 kishidan iborat matbuot sho‗‗basi tashkil qilindi. SHo‗‗baning
maqsadi – iqtidorli mutaxassislarni xotin-qizlar ahvolini o‗rganishga yo‗naltirishdan iborat
edi
2
.
Hujum harakati davrida (1927-1928) ayollar savodsizligini tugatish maqsadida 32 ta
savodsizlik kurslari tashkil etildi.Keyinchalik bu raqam faqat Quqonning uzida 75 taga,
Toshkentning ―eski shahar‖ qismida 35 taga etqazildi. Natijada Toshkentning uzida 1409
nafar ayol savodsizlik kurslariga qamrab olindi
3
. Keyinchalik ularning bilim va malakasini
oshirish maqsadida oily ta‘lim muassasalari ham tashkil etila boshlandi. 1919 yilda
Toshkentda ochilgan ―Xotin qizlar bilimyurti‖ fikrimiz dalilidir
4
.
Farg‘ona vodiysidagi ayollarga munosabat va ularning ma‘orifini yuksaltirish masalalri S.B.
Shadmanova tadqiqotlarida o‘z ifodasini topdi. Uning tadqiqotlarida Farg‘onada xotin –
qizlar ta‘limining yo‘lga qo‘yilishi va undan ko‘zlangan maqsadlar yoritib berilgan. Uning
yozishicha, xotin – qizlar savodsizligini tugatish kurslari, klublar, bilim yurtlar va turli
xarakterdagi madaniy- ma‘rifiy muassasalarning tashkil qilinishidan maqsad ular orasida
sovet hokimiyatini yoyish va urnatilayotgan tuzum asoslarini mustahkamlash edi. Xuddi
shunday ma‘rifiy muassasalar faoliyati Farg‘ona vodiysida ham keng targ‘ib qilingan. 1921
yilda Quqonning ―Eski shahar‖ qismida xotin qizlar klubi ochilgan va uning 50 nafar
musulmon xotin – qiz a‘zolari bo‘lgan
5
. Ushbu klub madaniy ma‘rifiy muassasadan tashqari
sovet hokimiyatini ayollar o‘rtasida targ‘ib qilishning qulay vositasi ham edi. Xuddi shu
holat T.R.Shadmanov tadqiqotlarida ham o‘z ifodasini topgan
6
.
Djurayeva N. fikriga ko‗ra, xotin-qizlarga nisbatan sovetlar siyosatini uch asosiy bosqichga
ajratish mumkin:
1.
1917—1930 yillar. Budavrda xotin-qizlar «ozodligi» hamda erkaklar bilan teng
huquqliligini ta‘minlash sovet davlatining rasmiy mafkuraviy vazifasi etib e‘lon
qilingani holda, ishlab chiqarish sohasida xotin- qizlar mehnati ulushini oshirish eng
muhim ahamiyat kasb etgan. Xotin- qizlarning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi ishtiroki
ularning ijtimoiy maqomini belgilovchi asosiy omil deb hisoblangan. Bundan tashqari,
o‗sha paytda sovet qonunlariga erkaklar bilan ayollarning oila- viy hayotdagi tengligi
prinsipining kiritilishi (1917 yil dekabrda «Fuqarolik nikohi tugrisida» va «Nikohni
bekor qilish to‗g‗risida» ikkita dekret) fuqarolik nikohini qonuniylashtirib, ajralish
to‗g‗risidagi masalalarni hal etishda er bilan xotinning huquqlarini ham tenglashtirgan.
Xotin- qizlarni ozod qilishga doir sovet dasturining keyingi muhim yo‗nalishi erkaklar
va ayollarning siyosiy teng huquqligini ta‘minlash bo‗lib, ayni shu davrdan xotin-
2
Джўраева Н. Совет даврида хотин – қизларнинг маорифга жалб этилиши. Ўтмишга назар.Тошкент.2020.9- сон,
4- жилд.-Б.14.
3
Усмонов Қ.,Содиқов М.,Бурхонова С., Ўзбекистон тарихи.Тошкент.2005.-Б.266.
4
Мирвалиев С.,Шокирова Р. Ўзбек адиблари.Тошкент.2007.-Б.56.
5
Фарғона водийси янги тадқиқотларда.Фарғона.2012.-Б.292.
6
Шу манба.-Б.293.