1.3. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi Maktabgacha oligofrenopedagogika fani ixtisoslik fani hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan umumiy pedagogika, psixologiya, oligofreniya klinikasi, nevropatologiya, psixopatologiya, oligofrenopsixologiya, oligofrenopedagogika, surdopedagogika, surdopsixologiya kabi qator fanlardan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.
1.4. Fanning hajmi
№
Mashg’ulot turi
Ajratilgan soat
Semestr
1
Ma’ruza
18
8
2
Amaliy
20
8
3
Mustaqil ta’lim
40
8
4
Kurs ishi (loyihasi)
-
8
Jami:
78
II. Asosiy qism 2.1. Nazariy mashg’ulotlarning mavzulari, maqsadi va ularga ajratilgan soat
№
Mashg‘ulotlar ma'ruzalari
Mashg’ulotlar maqsadi
Ajratilgan soat
1
Maktabgacha oligofrenopedagogika kursining predmeti, vazifalari, metodlari. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning rivojlanish xususiyatlari (psixologik–pedagogik tavsif).
Talabalarda maktabgacha oligofrenopedagogika kursining predmeti, vazifalari, metodlari haqida tushuncha hosil qilish hamda maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning rivojlanish xususiyatlari, pedagogik jihatlari haqida ma`lumot berish.
2
2
Maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida korrektsion pedagogik jarayonlarni tashkil etish
Talabalarni maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrektsion-pedagogik jarayonlar hamda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari o’quv dasturi (aqli zaif bolalar uchun) bilan tanishtirish.
2
3
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrektsion-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish tamoyillari, shakllari, metodlari
Talabalarga maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrektsion-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish tamoyillari, formalari, metodlari, ya'ni ularning ta'lim – tarbiya jarayonida guruhli va individual o’qitishning o’zaro bog’liqlik xususiyatlari haqida bilim, ko`nikma va malakalar berish