Tayyorgarlik bosqichi. “Kim chaqqon” strategiyasi Guruxga bir xil javob kartochkalari tarqatiladi. O’qituvchi tomonidan esa savollar o’qib turiladi. Har bir savoldan so’ng guruh a`zolari tezlik bilan shu savolga tegishli javob kartochkasini ko’taradilar. Birinchi javob kartochkasini ko’targan guruhga rag`bat kartochkasi beriladi. O’yin yakunida rag`bat kartochkalari xisoblanib, guruxlarga o’rinlar belgilanadi.
4-ilova 5-ilova
Mustaqil vazifa
1.Maxsus maktabgacha tarbiya muassasasining turli yosh guruxlarida ahloqiy estetik tarbiyaning mazmuni va metodlarini yoritib bering.
2.Aqli zaif bolalarda kommunikativ malakalarni shakllanish xususiyatlarini yoritib bering.
3.Aqli zaif bolalarda ahloqiy-estetik tasavvurlarning kengligi va aniqligi (predmetlarning sifati, xususiyatlarini) qanday bo’lishi haqida ma`lumot bering.
4.Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda dastlabki o’quv malakalarining shakllanish xususiyatlarini yoritib bering.
1.8. Predmetli o’yin, tasviriy san`at, qurish-yasash va mehnat faoliyati aqli zaif bolalar shaxsini shakllantirish va barcha psixik jarayonlarni rivojlantirishning asosi mavzusidagi ma`lumotli ma'ruzasi ta'lim texnologiyasi modeli
Ma`ruzaga ajratilgan vaqt – 2 soat
Talabalar soni 60 nafar
O’quv mashg`ulotining shakli
Ma`lumotli ma`ruza
O’quv mashg`ulotining tuzilishi
1. O’quv kursi va mashg`ulot mavzusiga kirish.
2.Avval egallangan bilimlarni mustahkamlash.
3.Taqdimot texnologiyasi asosida ma`ruzani taqdim etish.
4.Ma`ruzani asosiy tushunchalarini aniqlashtirish.
5.Mavzuni yakunlash
O’quv mashg`ulotning maqsadi
Defektologiya yo’nalishi to’rtinchi kurs talabalarida : Predmetli o’yin, tasviriy san`at, qurish-yasash va mehnat faoliyati aqli zaif bolalar shaxsini shakllantirish va barcha psixik jarayonlarni rivojlantirishning asosi .
Pedagogik vazifalar:
1)Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning rivojlanish xususiyatlari o’rganish.
2) Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning psixologik-pedagogik tavsifi haqidagi tasavvurlarni shakllantirish .
O’quv faoliyati natijalari
1)Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning rivojlanish xususiyatlari o’rganadilar.
2) Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning psixologik-pedagogik tavsifi haqidagi tasavvurlari shakllantiriladi.
I bosqich o’quv mashg`ulotiga kirish – da`vat bosqichi (10 minut)
1.1 Talabalarga mavzuning nomi, rejasi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati e`lon kilinadi, xamda maqsad va kutilayotgan natijalar bayon etiladi . (1-ilova )
1.2 Ba`zi talabalarning bajargan ishlari eshitiladi.
1.1 Talabalar mavzuning nomi, rejasi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bilan tanishadilar.
1.2 Ba`zi talabalarning bajargan ishlari namoyish etadilar.
II bosqich Asosiy – anglash bosqichi (50 minut)
2.1 Mavzu bo’yicha ma`ruza matnini tarqatiladi, uning rejasi va asosiy tushunchalari bilan tanishtirishni taklif etiladi.
2.2 Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy nazariy ma`lumotlarni bayon etiladi. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat qilinadi. Mavzuning asosiy tushunchalarini ajratib ko’rsatiladi, har bir o’quv birligi bo’yicha hulosalar qilinadi.
2.1Tinglaydilar, savol – javoblarda ishtirok etadilar.
2.2Taqdim etilayotgan slaydlar asosida muhim chizma va jadvallarni o’z daftarlariga qayd etib boradilar.
III bosqich yakuniy – fikrlash bosqichi (20 minut)
3.1 Mahsus maktabgacha tarbiya muassasalarida korrektsion –pedagogik jarayonlarni tashkil etish haqidagi bilimlarni boyitish maqsadida “Venn diagrammasi” strategiyasini taqdim etiladi.
(2-ilova)
3.2 “Sxemalashtirish” orqali talabalarning mavzu yuzasidan umumiy tasavvurlari aniqlanadi.
(3-ilova)
3.3 Mavzu yuzasidan mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uni baxolash mezonlari bilan tanishtiradi.
(4-ilova)
3.1 “Venn” topshiriqlarini to’ldirishadi.
3.2 “Sxemalashtirish” orqali talabalar mavzu yuzasidan umumiy tasavvurlarini boyitadilar.
(3-ilova)
3.3Mustaqil ish topshirig`ini yozib olishadi.