Bilim sohasi


Flipped classroom texnologiyasi (teskari sinfxona)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/25
tarix03.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#106895
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
1-bosqich namunaviy Oquv dasturi UMUMIY 2022 yil sirtqi

Flipped classroom texnologiyasi (teskari sinfxona); 
Bu o„qitish usulida aralash o„qitish (blended learning) usulining bir ko„rinishi bo„lib, an‟anaviy 
usuldan farqli ravishda talabalar ma‟ruzalarni uyda tinglashadi (video ma‟ruza orqali) va “uy 
vazifa”larini esa darsda bajarishadi. Bunday usulni joriy etishda oldindan beriladigan video 
ma‟ruzalarning (vodcast) o„rni juda muhim. Vodcastlarni mobil aloqa vositalarida ko„rish mumkin 
bo„ladi. Shuningdek, boshlang‟ich bilimlarni testlar orqali nazorat qilish ham mumkin bo„ladi. 
Oʻqitishning interaktiv metodlari 

«Klaster» grafik organayzeri
Bu usul fikrni erkin bayon qilish uchun qo„llaniladi. Masalan, talaba o„tilgan mavzu bo„yicha 
klaster tuzishi mumkin.
O„rtaga kalit so„z, tarmoqlarga unga bog„liq boshqa atamalar yoziladi. Ular ham o„z navbatida 
tarmoqlarga ajralishi mumkin. 

SINKVEYN – metodi 
Bu fransuz tilida “5 qator” ma‟nosini bildiradi. Sinkveyn - ma‟lumotlarni sintezlash (bir butunga 
keltirish) ga yordam beradigan qofiyalanmagan she‟r bo„lib, unda o„rganilayotgan tushuncha 
(hodisa, voqea, mavzu) to„g„risidagi axborot yig„ilgan holda, o„quvchi so„zi bilan turli variantlarda 
va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi. 

BBB jadvali
Barcha ma‟ruza darslarida qo„llaniladi. BBB usuli (“bilaman”, “bilishni xohlayman”, “bilib 
oldim”) orqali talaba o„zini kuzatishi, o„qituvchi esa darsga baho berishi mumkin. Talaba dars 
boshida mavzu bo„yicha nimani bilishini (B1) va yana nimalarni bilishni xohlashini (B2) daftariga 
yozib qo„yadi. Dars so„ngida nimalarni bilib olganligini (B3) qayd qilib qo„yadi. 

SWOT – tahlil metodi 
Bu organayzer talabalarda tizimli fikrlash, taqqoslash, baholash, tahlil qilish, fikrni davom ettirish 
ko„nikmalarini rivojlantiradi. SWOT atamasi inglizcha so„zlarning qisqartmasi hisoblanadi: 
Strengths – ob‟ektning kuchli jihatlari; Weakness – kuchsiz jihatlari; Opportunities – tashqi 
imkoniyatlari; Threats – tashqi xavf-xatarlari. Talaba yangi qatordan S, W, O, T harflarini yozib 
yoniga ob‟ektning mos sifatlarini yozib chiqadi. 


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin