biotit, rogovaya obmanka, dala shpatlari kabi minerallar kiradi. Ular granit
kabi yuqori mustahkamlikka ega, lekin muzlaganda qatlamlanib buziladi.
Gneyslar poydevorlar, yo‘l qoplamalari barpo etishda ishlatiladi.
Kristalli slaneslar -
mayda donali kvars, biotit va m uskavit
minerallaridan iborat; gilli, kremniyli, sludali va boshqa turlari mavjud
bo‘lib, tombop plitalar tayyorlanadi. Slanes 2-8 mm. qalinlikda osongina
qatlam lanadi. Uning zichligi 2,7 -2 ,8 g/sm 3 g ‘ovakligi 0,3-3 foiz,
siqilishdagi mustahkamligi 50-240 MPa.
Kvarsitiar -
qumtoshlarning qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan
mayda donali to g‘ jinslari 95-99 foiz (SiO,) dan iborat, siqilishdagi
mustahkamligi 100^455 MPa, olovga bardoshliligi 1710-1770 °S.
Qurilishda kvarsitiar devor toshlari, bruschatka, yo‘l va ko‘prik
qoplamalarida kislotaga chidamli material sifatida ishlatiladi.
Marmar
- mayda, o ‘rtacha va yirik donador zich tog‘ jinsi bo‘lib,
ohaktosh va dolomitlami yuqori bosim va harorat ta’sirida metamorfizmga
uchrashidan hosil bo‘lgan. Sof marmar oq rangda, minerallar aralashsa,
yashil, qizil, kulrang, qora va qoramtir bo‘lishi mumkin. Aralashgan mine-
rallaming bir tekis tarqalmaganligi marmar teksturasi turli gulli bo‘lishiga
sababchidir. Marmar zichligi 2,8 g/sm3, suv shimuvchanligi 0,7 foizgacha,
siqilishdagi mustahkamligi esa 100-300 MPa, qattiqligi 3—4. Marmar oson
qayta ishlanadi va jilolanadi. Mannar qurilishda ichki va tashqi devorlami
bezashda, zinapoya, deraza tokchalari, chiqindilari esa koshinkorbeton
buyumlar, murakkab bezak qorishmalari tayvorlashda ishlatiladi. Marmar
bino va inshootlaming tashqi bezagi uchun ishlatilganda vaqt mobaynida
havodagi namlik va turli gazlar ta’sirida jilosini yo‘qotib boradi. Marmar
0 ‘zbekistonning Nurota, Qurama, Chotqol tog ‘ tizmalarida ko‘plab
uchraydi. Shulardan eng mashhuri Nurota mannar konlari tizimidir.
Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli teatr, «Istiqlol» saroyi binolari
mahalliy marmar toshlar bilan bezatilgan.
Dostları ilə paylaş: