Bino va inshootlar qurilishi tem iryo



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/187
tarix11.10.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#153482
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

2.2.3. Metamorfik tog‘ jinslar
Metamorfik jinslar tog1 jinslarini yeming chuqur qatlamlarida yuqori 
bosim va harorat ostida o ‘zgarishidan hosil bo‘lgan. Metamorfik jinslar 
strukturasi-teksturasi hosil b o iish id a bosimning yo‘nalishi katta rol 
o ‘ynaydi. Metamorfizm jarayoniga tog‘ jinslari tarkibidagi suv va karbon 
kislotalari katta ta’sir ko‘rsatadi.
Metamorfik jinslarni hosil qiluvchi minerallarga magmatik jinslarda 
uchraydigan dala shpatlari, kvars, sluda, rogovaya obmanka, cho‘kindi 
jinslarga xos b o‘lgan kalsit, dolomit minerallari, maxsus metamorfik 
jinslar kiradi.
2.3. Tabiiy tosh materiallari va buyumlari ishlab chiqarish
2.3.1. Qurilishda ishlatiladigan tog‘ jinslari
Magmatik tog‘ jinslar. 
Tog‘ jinslarining chuqurlikda hosil boMishi, 
ulaming zich, mustahkam, chiroyli teksturali bo‘lishini ta’minlaydi.
Granit 
- kvars (25-30 foiz), dala shpati (ortoklaz, 35—40 foiz) va 
sludadan (5-10 foiz) iborat. U och kulrang, kulrang, pushti, qoramtir- 
qizil, sariq ranglarda tjp’iadi. Granitning siqilishdagi mustahkamligi -
120-250 MPa. U mo‘rt material bo‘lgani uchun uni zarbiy ta’sirlardan 
saqlash kerak. Granitning g ‘ovakligi 1,5 foiz atrofida, suv shimuvchanligi 
juda kichik (0,5 foiz hajm bo‘yicha). Granit oq, sariq, kulrang. pushti, 
qizil rangli bolib, teksturasi juda chiroyli bo‘ladi. Uning mustahkamligi, 
sovuqqa chidamliligi va yedirilishdagi qarshiligi yuqori bo‘lgani uchun 
bino sokollarida, fontan va qirg‘oq qoplamlarida, kislotaga chidamlilik 
talab etilgan joyda hamda yuqori mustahkamlikdagi beton tayyorlashda 
yirik to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi.
Siyenit
kaliyli (50-70 foiz) va natriyli (10-30 foiz) dala shpatlari, 
rangli minerallardan (10-20 foiz) tashkil topgan. Siyenit tarkibida kvars
22


(10-15 foiz) bo‘lsa, siyenit kvarsli siyenit deb yuritiladi. Siyenit pushti, 
kulrang, ko‘kimtir ranglarda bo‘ladi.
Diorit
dala shpati (45-50 foiz), kvars (20-25 foiz), rangli minerallardan 
iborat. Rangli minerallardan soxta muguz (роговая обманка) ko‘proq 
bo‘ladi. Diorit mustahkam (150-300 MPa), sovuqqa chidamli, zarb 
va yedirilishga qarshitigi yuqori jinsdir. Shu sababli koshinlashda, y o ‘l 
qoplamalarida va h ayki^roshlikda ishlatiladi.
Gabbro
dala shpati (plagioklaz), kulrang va qoramtir (avgit, olivin) mi­
nerallardan iborat. Gabbro zichligi 2,9-3,0 g/sm3, siqilishdagi mustahkam­
ligi 200-300 MPa. Gabbro jilolanganda juda chiroyli ko‘ringani uchun u 
koshinlashda ishlatiladi.
Labrodorit
- asosan dala shpati va labrodor mineralidan iborat bo‘lib, 
gabbroning bir turi hisoblanadi. U ko‘k, yashil, sariq va boshqa ranglarda 
bo‘ladi va jilolanganda toblanadi. Labrodorit koshinlashda, haykaltarosh- 
likda ishlatiladi.
Porfirlar
- mayda kristalli strukturada nisbatan yirikroq kristallar 
mavjudligi bilan xarakterlidir. Ular kvarsli va kvarssiz (dala shpati) xillari 
mavjud. Kvarsli porfirlar mineral tarkibga ko‘ra granitga yaqin bo‘lgani 
uchun uning xossalari granitnikiga o ‘xshaydi. Kvarssiz porfirlar tarkibi 
jihatidan siyenitga o‘xshaydi, ammo xossalari siyenitning xossalari kabi 
bo‘lmaydi. Porfirlar qizil, qo‘ng‘ir, kulrangida toblanadi, zichligi 2,4-2,5 
g/sm3, siqilishdagi mustahkamligi 120-180 MPa. Ular bezak plitalari, yo‘l 
bordyurlarni tayyorlashda ishlatiladi.
Andezit
— plagioklaz, rogovaya obmanka, piroksenlar va biotitdan 
iborat, dioritning o‘xshashidir. Odatda, kulrang, sarg‘ish kulrang boMadi. 
Uning zichligi 2,7—3,1 g/sm3, siqilishdagi mustahkamligi
140-250 MPa. Andezit kislotaga chidamli plitalar, dispers to‘ldiruvchi- 
lar olishda ishlatiladi.
Bazalt
- zich, gohida porfirsimon strukturaga ega bo‘lib, gabbroning 
o ‘xshashidir. Uning zichligi 2,7-3,3 g/sm3 siqilishdagi mustahkamligi 
110-500 MPa. Bazalt xarsangtosh, maydalangan holatda beton uchun 
to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Bazaltni yuqori haroratda eritib, juda nozik 
tolalar va ulardan issiqlik izolyatsiyalovchi matolar olish mumkin.
Diabaz
- gabbroning o‘xshashi bo‘lib, mayda kristall strukturalidir. 
Tarkibi plagioklaz va rangli (qora) minerallardan iborat. Diabaz mustahkam 
(300-400 MPa), zich material.
23


Pemza
- g‘ovak vulkanik shisha, oq yoki kulrang bo‘ladi. G‘ovakligi 
60 foiz, zichligi 2-2,5 g/sm3, o ‘rtacha zichligi 0 ,3 - 0,9 g/sm3 siqilishdagi 
mustahkamligi 
2-4
MPa. Pemzadan issiqlik izolyatsiyalovchi, yengil 
betonlar uchun to‘ldiruvchi, sement va ohak ishlab chiqarishda gidravlik 
qo‘shimchalar olish mumkin.
Vulqon tufi
- vulqon kuli, pemza va boshqa jinslaming sementlashishi 
va zichlashishidan hosil boigan. Tuflar pushti, to‘q sariq, qizil, jigarrang 
bo‘ladi. Yetarli g‘ovakligi, mustahkamligi va chidamliligi ulardan issiqlik 
izolyatsiyasi materiallari olishga imkon beradi.

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin