Bino va inshootlar qurilishi tem iryo



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/187
tarix11.10.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#153482
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

2.2.1. Magmatik tog‘ jinslar
Magmatik jinslar magmaning vulqon harakatlari natijasida yer yuziga 
toshib chiqishidan yoki yeming yoriq va bo‘shliqlarida qotishidan hosil 
bo‘ladi. M agmaning sovush sharoitiga nisbatan chuqurlikda qotgan 
(intruziv) va toshib chiqqan (effuziv) turlarga bo‘linadi. Chuqurlikda 
qotgan magmatik tog‘ jinslarga granit, siyenit, diorit, gabbro va boshqalar 
kiradi. Bunday jinslar yuqori bosim va kislorodsiz muhitda asta-sekin 
sovigani uchun o ‘ta zich kristall strukturaga ega bo‘ladi.
18


Toshib chiqqan magmatik jinslar (bazalt, andezit, diabaz, porfir va 
shu kabilar) yer yuzida tezlik bilan sovishi natijasida tola kristallanmagan 
bo‘ladi. Sovlsh davrida gazsimon moddalarning ajrab chiqishi g ‘ovak 
toshlami (pemza, tuf) hosil qiladi.
Magmatik jiftslarni hosil qiluvchi asosiy minerallarga kvars, dala 
shpatlari, temir-m%nezialli silikatlar kiradi.
2.1-jadval
Tog‘ jinslarining genetik tasniflanishi
Mag­
matik
jinslar
Massiv
Chuquriikdagi
Granit, siyenit, diorit,
gabbro
Toshib chiqqan
Porfir, kvars, diabaz, traxit, 
porfirit, andezit
Bo‘laklan- 
gan (otilib 
chiqqan)
Sochiluvchan
Vulqon kuli, pemza
Sementlangan
Vulqon tufi
Cho‘kin- 
di jinslar
Mexanik
cho‘kindilar
Sochiluvchan
sementlangan
Giltuproq, qum, shag’al. 
qumtosh, konglomerat, 
brekchiya
Kimyoviy
cho‘kindilar
Gips, angidrit, magnezit, 
dolomit, ohaktufi, ohaktosh
Orgonogen
cho‘kindilar
Chig’anoqli ohaktosh, mel, 
diatomit, trepel
Meta-
morfik
jinslar
Gneyslar (granitsimonlar), gil, slaneslar, (gil- 
tuproqli), marmarlar (ohaktosh, dolomitlar), 
kvarsitlar (qumtoshlar)
Kvars 
- (S i0 2) kristall tuzilishga ega juda zich, mustahkam va 
agressiv muhitlarga chidamli. Kvarsning siqilishdagi mustahkamligi 2000 
MPa gacha, cho‘zilishdagi mustahkamligi esa 100 MPa gacha bo‘ladi. 
Qattiqligi jihatidan topaz, korund va olmosdan keyin to‘rtinchi o‘rinda 
turadi. Erish harorati 1700°S. Kvars qum sifatida cho‘kindi tog‘ jinsining 
asosini tashkil etadi.
Dala shpati -
magmatik jinslaming 60-70 foizini tashkil etadi. Dala 
shpatining Ortoklaz (K20 A l20 3-6Si02) va Plagioklaz (Na20 A l 20 3-6Si02
- albit, C a0 A l,03-2Si02- anortit) turlari mavjud. Uning mustahkamligi
19


(120 - 170MPa) va chidamliligi kvarsga nisbatan kamroq bo‘ladi. Dala 
shpati yemirilishidan gil kabi cho‘kindi jinslar hosil bo‘ladi.
Temir-magnezialli silikatlarga
- olivin, piroksenlar, amfibolalar, 
magnezialli silikatlarga serpentinlar, xrizotil asbest va shu kabilar kiradi.
Alyumosilikatlarga
muskavit, flogopit va biotit, gidroslyudalar gidro- 
muskovit, gidrobiotit kiradi. Temir magneziallami va alumosilikatlarni 
rangli m inerallar (yashil, to ‘q yashil, qoramtir va h.k.) deb yuritiladi. 
S lyudalardan tashqari, bu guruh m inerallar to g ‘ jinslariga yuqori 
mustahkamlik beradi.
Magmatik j ins larstrukturasi vateksturasi bilan farqlanadi. Magmaning 
chuqurlikda asta-sekin sovushidan to ‘la kristalli struktura hosil bo‘ladi. 
D onalar o ‘lchamiga qarab yirik donali (5 mm ko‘p), o ‘rtacha donali 
(1-5 m m .) va mayda donali (0,5-1 mm.) hamda notekis donador va tekis 
donador bo‘ladi (2.1-rasm).
M agm atik jinslar, asosan, massiv teksturaga, o ‘ta yuqori zichlikka 
ega mustahkam, sovuqqa chidamli, suv shimuvchanligi juda kam bo‘ladi. 
Ulaming siqilishga mustahkamligi 100-300 MPa, o ‘rtacha zichligi 2600- 
3000 kg/m 3, suv shimuvchanligi 1 foiz kam (hajmiga nisbatan), issiq 
o ‘tkazuvchanlik koeffltsiyenti 3 W/(m °C).

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin