Bino va inshootlar qurilishi tem iryo



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/187
tarix11.10.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#153482
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

a) notekis donador. 
b) tekis donador.
2.1-rasm. Struktura turlari (sxemasi).
2.2.2. Cho‘kindi tog‘ jinslari
C ho‘kindi jinslar magmatik va boshqajinslaming nurashi, yemirilishi
kim yoviy o ‘zgarishlari va o ‘simliklar chirishi natijasida hosil bo‘lgan. 
C ho‘kindi jinslar tarkibi va hosil boTishi xarakteriga ko‘ra mexanik, 
kimyoviy va orgonogen turlarga bo‘linadi.
M exanik cho‘kindilarga giltuproq, qum, shag‘al singari sochiluvchan 
jinslar, konglomeratlar, brekchiyalar va qumtosh singari sementlangan
20


jinslar kiradi. Bu cho‘kindilar suv, shamol, muz ko‘chkilari yordamida bir 
joydan ikkinchi joyga ko‘chishi mumkin. Kimyoviy cho‘kindilar (gips, 
dolomit, magnezit va boshqalar) tog‘ jinslarining kimyoviy o ‘zgarishlari 
natijasida hosil bo‘lib, suv vositasida eritma holda ko‘chgan bo‘ladi.
Orgonogen cho%indilar o ‘simliklar, suv o ‘tlari, hayvonot dunyosi 
chirishidan hosil bo‘i^fen. Ularga bo‘r, chig‘anoqli ohak-tosh, diatomit va 
shu kabilar kiradi. Cho‘kindi jinslar nisbatan g ‘ovak strukturali bo‘lishi 
sababli mustahkamligi kam, ba’zilari suvda eruvchan (gips, ohak) bo‘ladi.
Cho‘kindi jinslam i hosil qiluvchi minerallarga kvars, karbonatlar, 
giltuproqli minerallar, sulfatlar guruhlari kiradi.
Kvars guruhiga
opal, xalsedon va cho‘kindi kvars kiradi.
Opal (S i0 2 nH20 ) - amorf mineral bo‘lib, tarkibida 2-14 foiz (34 
foizgacha) suv bog‘langan. Zichligi 1,9-2,5 g/sm3, qattiqligi 5-6, rangi oq, 
sariq, havo rang yoki qora bo‘ladi. Xalsedon (S i0 2) tolasimon yoki yopiq 
kristalli kvarstan bo‘lib, oq, kulrang, och sariq, qo‘ng‘ir, yashil ranglidir. 
Zichligi 2,6 g/sm3, qattiqligi 6.
Karbonatlar guruhiga
kalsit, dolomit va magnezit kiradi.
Kalsit (C aC 03) rangsiz yoki oq, qo‘shimchalar bo‘lsa, kul rang, sariq, 
pushti yoki havo rang mineral bo‘lib, zichligi 2,7 g/sm3, qattiqligi 3.
Dolomit (C aC 03 M gC 03) rangsiz yoki oq, sarg‘ish va qo‘ng‘ir-rang 
mineral. Zichligi 2,8 g/sm3, qattiqligi 3-4. Dolomit magnezial va dolomitli 
bog‘lovchilar ishlab chiqarishda xomashyodir. U kesilib bloklar holida va 
maydalanib beton uchun yirik to‘ldiruvchi sifatida ishlatilishi mumkin.
Magnezit (M gC 03) rangsiz, oq, kulrang, sariq, jigarrang mineral 
bo'lib, zichligi 3,0 g/sm3, qattiqligi 3,5^1,5. M agnezit 1500-1650 °S 
kuydirilib, yuqori haroratga bardoshli materiallar va 750-800 °S kuydirilib, 
magnezial bog‘lovchi olinadi.
Giltuproq minerallar guruhiga
kaolinit, gidroslyudalar, mont- 
morillonitlar kiradi. Kaolinit (Al20 3-2Si02-2H20 ) oq, qo‘ng‘ir yoki yashil 
aralashgan rangli mineral bo‘lib, zichligi 2,6 g/sm3, qattiqligi 1. Kaolinit 
dala shpatlari, slyudalar va boshqa silikatlar nurashidan hosil bo‘ladi. U 
kaolinli giltuproqlar asosini tashkil qiladi. Gidrosludalar sluda va dala 
shpatlarining yemirilishidan hosil bo‘ladi. Gidrosluda harorat ta’sirida 
ko'pchitilganda hajmi 20 marta kattalashadi va hosil bo‘lgan vermikulit 
g'ovak jinsi yengil betonga to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Montmorillonit 
cho'kindi jinslaming, xususan, giltuproqlaming asosini tashkil qiladi.
21


Sulfatlar guruhiga
gips va angidrit kiradi. Gips (C aS04-2H20 ) oq, 
qo‘shimchalar bo‘lsa havorang, sariq, qizil ko‘rinishdagi mine-raldir. 
Zichligi 2,3 g/sm3, qattiqligi 2. Gips qurilish va quyma gips bog‘lovchisi 
ishlab chiqarishda xomashyodir. Angidrit (CaS04) oq, kulrang, pushti, och 
havorang yaltiroq mineral. Zichligi 3,0 g/sm3, qattiqlagi 3 - 3,5, mineral 
bog‘lovchi ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin